Dars sanasi: Sinf: ___________ Fan nomi: Alifbo Dars mavzusi: B tovushi va Bb harflari bilan tanishtirish. Dars maqsadi: a)ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish, Bb harfi ishtirok etgan so’z va bo’g’inlarni o’qishga o’rgatish, tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishga o’rgatish
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning o’qishga va yozishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, nutqini o’stirish
Dars turi: aralash Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, bukletlar Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Shundan bilursankim ilm bepoyon. Dars jarayoni va texnologik xaritasi
Ishning nomi
Bajariladigan ishning mazmuni
Metod
Vaqt
1-bosqich Tashkiliy qism
Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi
Suhbat
2 minut
2-bosqich Ehtiyojlarni aniql
O’tilgan mavzuni mustahkamlash Tt harflari ishtirok etgan bo’g’in va so’zlarni o’qish
Savol-javob
3 minut
3-bosqich Yangi mavzu bayoni
Bb harfi bilan tanishtirish, rasm asosida matn yaratishga o’rgatish, Bb harfi ishtirok etgan so’zlarni o’qishga o’rgatish
Tushuntirish, izlanish savol-javob
30 minut
4-bosqich Mustahkamlash
Bb harfi bilan boshlanadigan so’zlarni aytish va rasm asosida tushuntirish b tovushini talaffuz qildirish, o’qitish
Muammoli izlanish
7 minut
5-bosqich rag’batlantirish
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi
3 minut
I Darsning borishi:
Darsni tashkil etish. O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylash. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish. II O’tgan mavzuni so’rash: -Qaysi tovush bilan tanishgan edik? - t tovushi bilan boshlanadigan so’zlarni bilasizmi? - t tovushini qanday talaffuz qilamiz? Unli tovushmi, yoki undosh? - Bo’ginlar jadvalidan so’zlar hosil qilamiz tom, it, tomon III. Yangi mavzu bayoni Rasm asosida yangi mavzuni boshlaymiz. Baliq qayerda yashaydi, u nimalar bilan oziqlanishini bilib olamiz. “ So’z top” o’yinini o’ynaymiz . O’quvchilarni rag’batlantirib boraman. Rasm asosida o’gzaki matn yaratamiz. Bb tovushini talaffuz qildiraman. Darslikdagi rasmlar orqali tushunchalar beraman va so’rayman. O`quvchilarning bilimini mustahkamlash uchun ularni o’qitib chiqaman. bil bino bo-la lab bi- lim bo-bo bol-ta ta-bib IV.Yangi mavzuni mustahkamlash Harflar kassasidan va bo’g’inlar jadvalidan yangi so’zlar hosil qilish va o’qish bo ba bi ob bol-ta ib B tovushi unlimi yoki undosh tovush? Bo’g’inlarni o’qitaman.
V. O’quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiraman.