Talabalarni baholash Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi
PQ-3775-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini
ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 26 sentabrda
ro‘yxatdan o‘tkazilgan, (ro‘yxat raqami 3069) O’zbekiston Respublikasi Oliy va
O’rta Maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i asosida ishlab chiqildi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat
ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari
o‘tkaziladi:
Talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini
aniqlash va baholash usuli, fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda ma’ruza,
laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat
ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi
mumkin;
oraliq nazorat (ON) - semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanlarning
bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning
nazariy bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq
nazorat bir semestrda ikki marta o‘tkaziladi va shakli (yozma, og‘zaki, test va
hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda
belgilanadi;
Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida
olgan baholari inobatga olinadi.
yakuniy nazorat (YAN) - semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy
bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash
usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan "Yozma
ish"yoki “test” shaklida o‘tkaziladi.
8
ON o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya
ishtirokida muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan
hollarda