ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda
ON qayta
o‘tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan monitoring va ichki nazorat
bo‘limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida
YAN ni o‘tkazish jarayoni
muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda
YAN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda
YAN qayta o‘tkaziladi.
Baholash turlari hamda mezonlari haqidagi ma’lumotlar talabalarga professor–
o‘qituvchilar tomonidan fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda e’lon qilinadi.
Talabalarning fan bo‘yicha o’zlashtirishini aniqlash uchun quyidagi baholash
turlari o’tkaziladi:
oraliq baholash – semestr davomida talabaning fan o‘quv dasturini tegishli
tugallangan bo’lim(lar)ini o’zlashtirishini baholash usuli. ON soni (bir semestrda 2
tadan oshmasligi lozim) va shakli (suhbat, yozma ish, og‘zaki so’rov, test o’tkazish,
kollokvium, nazorat ishi va hokazo) fan xususiyati va unga ajratilgan umumiy
soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
yakuniy baholash – semestr yakunida talabaning muayyan fan bo‘yicha nazariy
bilim va amaliy ko‘nikmalarni o’zlashtirishini baholash usuli. U asosan tayanch
tushuncha va iboralarga asoslangan yozma ish, og‘zaki so’rov, test o’tkazish
shakllarda o’tkaziladi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning
bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi
tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi
yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim
muassasalarining tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchilari jalb qilinishi mumkin.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish shakli tegishli fan bo‘yicha kafedra
tomonidan belgilanadi.
Yakuniy nazorat turi oliy ta’lim muassasasining tegishli fakultet dekani yoki
o‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o‘quv ishlari bo‘yicha
prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga
muvofiq o‘tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ta’lim sifatini nazorat qilish
bo’limi yoki o’quv uslubiy boshqarma boshlig’i rahbarligida tuzilgan komissiya
ishtirokida yakuniy nazoratni o’tkazish jarayoni davriy ravishda o’rganib boriladi va
uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi
hamda yakuniy nazorat qayta o’tkaziladi.
Oraliq nazorat
1.
1-NAZORAT.
5
Semestrning 9–haftasi
2.
2-NAZORAT.
5
Semestrning 11–17 haftalar oralig‘ida
Yakuniy nazorat
5
Semestrning oxirgi ikki haftasida