9
MEZONI
Talabalar fandan yakuniy nazoratni test topshiriqlari yoki “Yozma ish” usulida
topshiradilar va ularni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 2 (qoniqarsiz), 3 (qoniqarli), 4
(yaxshi), 5 (a’lo) baholanadi. Agar yakuniy nazorat “Yozma ish”
usulida amalga
oshirilsa, sinov ko‘p variantli usulda o‘tkaziladi. Har bir variant 3 ta nazariy savol va
1 ta amaliy topshiriqdan iborat.
Har bir nazariy va amaliy savolga yozilgan javoblar bo’yicha o’zlashtirish
ko’rsatkichi 2 (qoniqarsiz), 3 (qoniqarli), 4 (yaxshi), 5 (a’lo) oralig‘ida baholanadi.
Berilgan har
bir savolga javob yozilmasa, noto‘g‘ri javob yozilsa yoki o‘quv
adabiyotidan so‘zma-so‘z ko‘chirib yozilsa, amaliy topshiriq
shartida belgilangan
amallar
bajarilmasa, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ta’sir
etuvchi omillar
aniqlanmasa, xulosa yozilmasa o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 2 baho bilan baholanadi.
Yozma sinov bo’yicha umumiy o’zlashtirish ko’rsatkichini aniqlash uchun variantda
berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga quyilgan o’zlashtirish
baholari qo’shiladi va yigindi talabaning yakuniy nazorat bo’yicha o’zlashtirish
bahosi hisoblanadi va o‘zlashtirish umumiy ko‘rsatkichi 2 (qoniqarsiz), 3 (qoniqarli),
4 (yaxshi), 5 (a’lo) bilan baholanadi.
Yakuniy nazoratni “Test topshiriqlari” asosida o‘tkazish
MEZONI
Agar yakuniy nazorat “Test topshiriqlari” asosida amalga oshirilsa, sinov ko‘p
variantli usulda kompyuter sinflarida o‘tkaziladi. Har bir variantda 30
tadan test
topshirig‘i bo‘lib, talabaga savollarning javobini belgilash uchun 30
daqiqa vaqt
beriladi. Har 30 ta testdan 18-20 ta to’g’ri javob uchun 3 (qoniqarli) baho, 21--26 ta
to’g’ri javob uchun 4 (yaxshi)baho, 27-30 ta to’g’ri javob uchun 5 (a’lo) baho bilan
baholanad,i.
Joriy, oraliq va yakuniy nazorat ballari quyidagicha taqsimlanadi:
Dostları ilə paylaş: