III. Yangi mavzuni tushuntirish O’quvchilar diqqati doskaga jalb etiladi. Yangi mavzu e’lon qilinadi. 165 – mashq. Qo’zichog’im so’zini harakatni bildirgan so’zlar bilan ko’chiring. Sezgir cho’pon Qo’zichog’im ma’raydi, Menga zimdan qaraydi. Bu qarashning ma’nosi- O’t bilan suv so’raydi 166-mashq. Ertakka sarlavha qo’ying. Chumoli bug’doyni iniga olib ketayotgan edi. Chumchuq pirillab uning yoniga tushdi va dedi:
Cumoli, bug’doyni menga ber.
Chumoli dedi:
Qanoting bor, ko’zing bor. O’zing topib ye.
Dam olish daqiqasi IV.Yangi mavzuni mustahkamlash - Sanqni bildirgan qaysi so’zlarda bir xil undoshlar ketma-ket keladi? - Sanoqni bildirgan so’zlar qaysi so’roqqa javob bo’ladi? - Sanoqni bildirgan so’zlarning tagiga qanday chiziladi? - Atab qo’yilgan nomlar qanday harf bilan yoziladi? V. O’quvchilar darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi. Uyga vazifa. 167– mashq.
Mavzu : Undalmali gaplarda tinish belgilari. Darsning maqsadi: Undalmali gaplar yozuvda kelganda tinish belgilarini to’g’ri ishlata bilishni o’rgatish.
Darsning ta’limiy maqsadi: Yozuvda undalmali gaplar kelganda tinish belgilarini to’g’ri qo’yish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tabiatni asrashda nafas oladigan havoning tozaligi haqida ko’nikmalarini rivojlantirib boorish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsad: Yozma nutqni va rasmlar asosida kichik matn tuzish malakasini rivojlantirish
Darsning jihozi: Kuzgi barglar, rangli rasmlar, test, tarqatma materiallar, darslik.