III. Yangi mavzu bayoni: Metallni qirqish. Metallarni bo„laklarga bo„lishda arralash polotnosi, qaychi va boshqa
kesuvchi asboblardan foydalaniladi. Metallni qirqish uchun asbob: qalin bo„lgan listli,
polosali kesimi doira shaklida bo„lgan profilli metallarni qirqish uchun qo„l temir arrasi
ishlatiladi. U paz, shlis, aylana bo„ylab belgi qo„yish uchun ham ishlatiladi.
Temir arra polotnosi tishlarini shunday o„rnatish kerakki, uning egilgan tishlarining
uchlari ushlagichga teskari bo„lsin. Salt tortilgan polotnining tishlari arralangan paytda
sinib ketishi mumkin, aksincha agar polotno juda qattiq tortib o„rnatilsa, polotno tez sinib
ketadi. Polotno tishlarining qayrilish burchagi 60
0
ni tashkil etadi. Polotno to„lqinsimon qilib
ishlagani uchun uning qirqish eni 0.25-0.6 mm ko„proq bo„ladi. Temir arra polotnosining
uzunligi odatda 250-350 mm ni, eni 12-15 mm, qalinligi 0.6-0.8 mm bo„lib tishlar qadami
0.6-1.2 mm ni tashkil qiladi.
Metallni qirqish usullari: -
Ishga tushishdan oldin qirqiladigan metallarni tiskida mahkam qilib olish kerak;
-
Arralanadigan joy tiskiga yaqin bo„lishi shart;
-
Agar u tiskidan uzoqroqda bo„lsa, kesish vaqtida polotno tebranib sinib ketadi.
Qirqish vaqtida shunga ahamiyat berish kerak.
-
Ishlash vaqtida temir arrani gorizontal holatda ushlash lozim;
-
Uni keskin tortmay asta-sekin harakatlantirib tortish, oldinga qarab surilganda
sekin egish kerak;
-
Temir arraning harakat tezligi tahminan ikki tomonga bir minutda 35-50 marta
bo„lishi lozim.
-
Qirqishni zagatovkaning uchidan boshlamaslik kerak;
Polotno bilan qirqilayotganda detallning devoir orasidagi ishqalanish kuchini
kamaytirish uchun unga tinmay yog„ surtish lozim. Agar polotnoning tishi sinib qolsa, unda
qirqishni to„xtatib, singan tishni olib tashlash, o„rniga charx yordamida yoysimon shakl
berib, yana qirqishni davom ettirish mumkin.
Ingichka metal listlarni qirqish uchun uni ikkita yog„och brusoklar orasiga mahkamlab
qirqish mumkin. Quvurlarni qirqish uchun ularni tiskida gorizontal holatda o„rnatiladi.
Devoir ingichka bo„lgan quvurlarni qirqish uchun yog„och brusoklar yoki bo„lmasa, ingichka
metal listlardan foydalaniladi.