Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar) Tartib raqam Sinf Sana O‘tibdo‘ (Imzo) 1



Yüklə 95,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix18.12.2023
ölçüsü95,07 Kb.
#183998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6-sinf Texnologiya yillik konspekt

Metallning qattiqligi 
uning boshqa narsalar ya‟ni 
qattiqroq jismlar ta‟siriga qarshilik qobliyati bilan belgilanadi. Agar po„lat plastinka 
ustiga qo„yilgan kernerga bolg„a bilan urilsa plastinkada kichkinagina chuqurcha hosil 
bo„ladi. Bordiyu bu ish mis plastinka bilan qilinsa, chuqurcha kattaroq bo„ladi. Bundan 
po„lat misga nisbatan qattiqroq ekanini bilib olasiz. 
Metallning plastikligi
deganda agar 
metal tashqi kuch ta‟sirida o„z shaklini o„zgartirsayu, lekin sinmasa u plastic metal 
deyiladi. Metallning manashu hossalaridan uni tekislashda, bukishda, yoyishda va 
shtampofkalashda keng foydalaniladi. 
Metallning elastikligi
deganda metallning kuch 
ta‟siridan keyin yana o„z holatiga qaytishiga aytiladi. Po„latdan va misdan tayyorlangan 
purjinalarni bir paytda tortib va qo„yib yuborib ko„ring, bunda po„lat purjina yana o„z 
holiga kelishini mis purjina esa cho„zilgancha qolishini ko„rishingiz mumkin. Demak, 
po„lat misga nisbatan bukiluvchan ekan. 
Metalning mo‘rtligi
metallning ortib 
boradigan kuchlar ta‟siriga qarshilik ko„rsata olish qobliyatidir. Masalan cho„yan plitaga 
urilsa plita sinadi. Cho„yan mo„rt material.
Qora metal qotishmalaridan tayyorlanadigan buyumlar; 
Cho„yan mo„rt va qattiq qotishma bo„lganligi uchun undan kuchli zarb tushmaydigan 
buyumlar tayyorlashda foydalaniladi; isitish radiatorlari, stanok staninalari, korpusli 



detallar va boshqalar. Cho„yanni marten pechkalarida, konvertorlarda va elektr 
pechkalarda po„lat lomlari bilan aralashtirib po„lat hosil qilinadi. Po„lat ham cho„yan 
singari kremniy fosfor, oltingugurt va boshqa elementlarning aralashmasiga ega. Ammo 
bular cho„yan tarkibiga qaraganda kamroq bo„ladi. Shuning uchun unga mexanik ishlov 
berish qulay. Po„latning yumshoq va qattiq hillari mavjud. Sizlar tunukani ya‟ni yumshoq 
po„lat listlarni bilasiz. Qattiqroq po„latdan similar, mixlar, burama mixlar, parchin mixlar 
va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Juda qattiq po„latdan metal konstruksiyalari, 
asbobsozlik po„latidan kesuvchi asboblar tayyorlashda foydalaniladi. Asbobsozlik 
po„latining tarkibida uglerod va boshqa aralashmalarning ko„pligi sababli u konstruksion 
po„latga nisbatan qattiqroq va mustahkamroqdir.

Yüklə 95,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin