5
a)
Salomlashish
b)
Davomatni aniqlash
c)
Darsga tayyorgarlik ko„rish
d)
O„quvchilar diqqatini darsga qaratish.
II. Uyga vazifani so„rash:
a)
Savol – javob o„tkazish
b)
Topshiriqlarni tekshirish
c)
Amaliy mashg„ulotda tugallanmagan ishning oxiriga
yetkazilganini tekshirish
III. Yangi mavzu bayoni: Tayyorlanayotgan detall shaklining berilgan chizmaga nisbatan to„g„riligini bilish
uchun uni tayyorlash jarayonida o„lchash asboblaridab foydalaniladi. Ular shkalali va
shkalasizlarga bo„linadi. Skalali asboblarga chizg„ich, mikrometr, nutromettr, shtangen sirkul
kabi o„lchash va rejalash asboblari kiradi.
Chizg„ich yordamida 1mm aniqligi bilan tashqi va ichki o„lchamlar o„lchanadi.
Shtangen sirkul yordamida tashqi va ichki diametr uzunlik, qalinli, chuqurlik va boshqlar
o„lchanadi. O„lchash aniqligi 0.5 mm. konus yordamida aniqligi 0.1 mm dan 0.05 mm
o„lchash mumkin. Mikrometrlar tashqi o„lchamlarni 0.01 mm aniqlikda o„lchash imkonini
beradi. Ular tokarlik ishlarida o„lchash uchun ishlatiladi.
Shkalasiz asboblarga go„niya, shayton, malka, nutrometr, sirkul kabi o„lchash va
rejalash asboblari kiradi. Go„niya va malka to„g„ri burchaklarni o„lchashda eng ko„p
ishlatiladigan asboblar turiga kiradi. Detallarni tayyorlash jarayonlarida uning o„lchamlarini
tekshirishda kosirkul va nutrometr ishlatiladi. Shablonlar detallarning murakkab profillarini
tekshirish uchun ishlatiladi.
Rejalashni andaza detalning tekis namunasi yordamida bajarish mumkin. Bunda
andazani zagatovkaning ustiga qo„yib bosib turiladi va andazaning atrofini chizg„ich bilan
aylantirib chizib chiqiladi. Chizma bo„yicha to„g„ri burchakli detallarni rejalash uchun avval
zagatovkaning baza cheti aniqlanadi va baza belgisi chiziladi. Undan boshlab rejalash
amalga oshiriladi. Chizg„ich yordamida baza belgisi ustidan chiziladi. Burchaklik bo„ylab
90
0
li ikkinchi baza chizig„I o„tkaziladi. Chizg„ich harakatlanayotgan tomonga biroz
o„girilib qattiq bosib chiziladi.
Sirkul yordamida rejalash uchun dastlab kernerning muhrasiga bolg„a bilan sekin-
sekin urib yoylar va aylanalar markazlari tushuriladi. Manashu markazlarga rejalash
sirkulining oyog„I o„rnatiladi. Rejalashda sirkulni harakatlanayotgan tomoniga biroz
og„diriladi, og„irlik esa aylana markazida turgan oyog„iga tushadi.
Rejalashdan oldin zagatovkaning changlari, iflos joylari, zanglari tozalanadi, rejalash
asboblarining sozligi tekshiriladi. Rejalash juda masuliyatli jarayon hisoblanadi. Yasaladigan
buyumning sifati rejalashning qanchalik aniq bajarilishiga bog„liqdir;
Tekislash va rejalashfda havfsiz ishlash uchun:
-
Zagatovka ushlanadigan qo„l jarahotlanmasligi uchun unga yenglik kiyib olish;
-
Soz holatdagi bolg„a va to„qmoqlardan foydalanish;
6
-
Chizg„ichni ehtiyotlik bilan ishlatish, ko„z va qo„lingizni jarohatlashdan saqlash;
-
Chizg„ichni halatning cho„ntagiga solmaslik, u bilan o„ynamaslik, ortiqcha
harakatlar qilmaslik lozim.