2.3 Inventarizatsiyadagi farqlarni tartibga solish Inventarizatsiya va boshqa tekshirishlarda aniqlangan qiymatliklarning haqiqatda mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan farqlari quyidagicha tartibga solinadi: ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk kirim qilinishi va tegishlicha xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga yoki budjet tashkilotini moliyalashtirishni (fondlarni) ko‘paytirishga qayd etilishi, keyinchalik ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar aniqlanishi kerak;
o‘rnatilgan me’yorlar doirasida qiymatliklarning yo‘qolishi xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining farmoyishiga ko‘ra ishlab chiqarish va davr xarajatlariga yoki budjet tashkilotlarini moliyalashtirishni (fondlarni) kamaytirishga hisobdan chiqariladi. Yo‘qotish me’yorlari haqiqatda kamomad aniqlangan hollardagina qo‘llanishi mumkin.
Bunda o‘rnatilgan me’yorlar doirasida qiymatliklarning yo‘qolishi qiymatliklar kamomadi qayta navlarga ajratishdagi ortiqchalar bilan hisobga olgach belgilanishiga e’tibor beriladi. Agar belgilangan tartibda o‘tkazilgan qayta navlarga ajratish bo‘yicha hisobga olingandan keyin ham qiymatliklar kamomadi mavjud bo‘lsa, tabiiy yo‘qolish me’yorlari kamomad aniqlangan qiymatliklar nomi bo‘yichagina qo‘llanishi mumkin.
Tasdiqlangan me’yorlar bo‘lmagan taqdirda yo‘qolish me’yorlardan ortiqcha kamomad sifatida qaraladi.
yo‘qolish me’yorlaridan ortiqcha qiymatliklar kamomadi, shuningdek, qiymatliklar buzilishidan ko‘rilgan yo‘qotishlar aybdor shaxslardan undirib olishga qaratiladi.
Suiiste’molliklar oqibati bo‘lgan kamomad va yo‘qotishlar aniqlanganda tegishli materiallar kamomad va yo‘qotishlar aniqlangandan so‘ng 5 kun davomida tergov organlariga berilishi kerak, aniqlangan kamomad va yo‘qotishlar summasiga esa fuqarolik da’vosi taqdim etiladi.
kamomad va buzilishlarning aniq aybdorlari aniqlanmagan hollarda, qiymatliklarning yo‘qotish me’yorlaridan ortiqcha kamomadi va qiymatliklar buzilishidan yo‘qotishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999-yil 5-fevralda 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarish va davr xarajatlariga hisobdan chiqarilishi yoki budjet tashkilotida moliyalashtirishni (fondlarni) kamaytirishga aks ettirilishi mumkin.
Bunda qiymatliklar yo‘qotish me’yorlaridan ortiqcha kamomadini va qiymatliklarni buzilishidan yo‘qotishlarni hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarda shunday kamomad va yo‘qotishlarning oldini olish bo‘yicha qabul qilingan choralar ko‘rsatilishi kerak.
Qiymatliklar buzilishi holati to‘g‘risidagi xulosalar texnik nazorat bo‘limi yoki sifat bo‘yicha tegishli inspeksiyalardan olinishi kerak.
Tabiiy yo‘qolish me’yorlaridan ortiqcha qiymatliklar kamomadi va buzilishini hisobdan chiqarilishini rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tergov yoki sud organlarining aybdor shaxslar yo‘qligini tasdiqlaydigan yoki aybdor shaxslardan zarar undirilishi rad etilgan qarorlari yoki texnik nazorat bo‘limi yoki tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlardan (sifat bo‘yicha inspeksiyalar va hokazolardan) olingan qiymatliklar buzilishi holati to‘g‘risida xulosa bo‘lishi kerak.
Qayta navlarga ajratish orqali o‘zaro qoplash natijasida ortiqcha chiqish va kamomadlarning o‘zaro hisobga olinishiga birgina tekshirilayotgan davr uchun, birgina tekshirilayotgan shaxsda, birgina nomdagi tovar-moddiy qiymatliklarga nisbatan va ishonchli shaxs ruxsatiga ko‘ra aynan bir xil miqdorlarda istisno tarzida yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Yo‘l qo‘yilgan qayta navlarga ajratish to‘g‘risida moddiy javobgar shaxslar ishonchli shaxsga batafsil tushuntirish taqdim etadilar.
Moddiy javobgar shaxslar aybi bo‘lmagan holda qayta navlarga ajratishda hosil bo‘lgan qiymatdagi kamomad farqiga inventarizatsiya bayonnomalarida bunday farq aybdor shaxslarga kiritilmasligi xususida uzil kesil tushuntirish berilishi kerak.
5.71. Inventarizatsiya natijalari inventarizatsiya tugagan oydagi hisob va hisobotda, yillik inventarizatsiyada esa yillik moliyaviy hisobotda aks ettirilishi kerak.
5.72. Hisobot yilida o‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari ma’lumotlari inventarizatsiyada aniqlangan natijalar qaydnomasida (5-ilova*) umumlashtiriladi.
5.73. Inventarizatsiya vaqtida aniqlangan qiymatliklar haqiqatda mavjudligi bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o‘rtasidagi tafovutlarni tartibga solish to‘g‘risidagi takliflar ko‘rib chiqish uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga taqdim etiladi.
Kuchga kirish sanasi
6.74. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
XULOSA Mustaqillik boshlarida boshlangan iqtisodiyotni, shu jumladan sanoat korxonalarini texnik qayta qurollantirish, modernizatsiya qilish va uning investitsion faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bugunga kunda o’z samarasini bermoqda. Buning natijasida sanoat tarmog’i iqtisodiyotimizni yetakchi tarmog’iga aylandi.
O’zbekistonda amalga oshirilga iqtisodiy islohotlar natijasida qulay investitsiya muhiti shakllantirildi, ya`ni qulay investitsiya muhitini shakllanishida iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur`atlariga erishilayotganligi va bozor institutlarining mavjudligi hamda eng avvalo, mustahkam qonunchilik bazasi, rivojlangan bankkredit va investitsiyalashni davlat tomonidan qo’llab quvvatlash kabi chora-tadbirlar tizimlari yaratilganligi sabab bo’lmoqda.
Turli iqtisodchi – olimlarning investitsiyalar va investitsiya faoliyati atamlariga bergan ta’riflari hamda qarashlari tahlil qilindi.
Mamlakat iqtisodiy qudrati va xalq farovonligi bilan bog’liq tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirishda muhim o’rin egallaydi. Shu bois, 93 sanoat tarmog’iga investitsiyalar jalb etishni kengaytirish, uni rivojlantirish strategik ahamiyatga ega bo’lgan yo’nalishlar qatoriga kiradi. Sanoat tarmog’i korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi ham yildan-yilga oshib bormoqda. Bunga sabab, korxonalarning texnik bazasi yangilanayotganini, ishlab chiqarish quvvatlarini oshayotganini ko’rsatish mumkin. O’zbekistonda sanoat korxonalari investitsiya loyihalarini moliyalash uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishga muhim qo’shimcha manba sifatida qaralishi lozim. Xorijiy investitsiyalar mahalliy investitsiyalarni to’ldirishi mumkin, biroq, ularning o’rnini bosolmaydi. Shu jihatlarni inobatga olganda, investitsiyalashning tashqi manbalarini kengaytirish tarmoq korxonalarining investitsiya faoliyatini yuksaltirishda ustuvor vazifa hisoblanadi.
Mahalliy investitsiyalarni jalb qilish orqali sanoat tarmog’i korxonalari investitsion faoliyatini rivojlantirish yo’llari, muammolarini o’rganish yuzasidan quyidagilarni ta`kidlash mumkin: sanoatdagi korxonalarida aksiya va obligatsiyalarni muomalaga chiqarish orqali ularni investitsion faoliyatni moliyalashtirishda qo’shimcha mablag’lar tarkibini kengaytirish lozim. Ma`lumki, investitsion faoliyatdagi kapital qurilish va texnik qayta jihozlash tadbirlari uchun kreditlar kerak. Bu jarayonda respublikada investitsion faoliyatni jadallashtirishda tijorat banklari alohida o’rin tutadi. Shu nuqtai-nazardan, sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirish uchun tijorat banklari kreditlaridan ham foydalanish kerak. Sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirishda investitsiya va investitsiya faoliyatini o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqish zarur. Ichki va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni sanoat korxonalariga jalb etish va ularni investitsion faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish orqali kelgusida ushbu tarmoqni modernizatsiya qilish hamda rivojlantirish strategiyasini asoslash va eksportga mahsulotlar ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirishda foydalanish mumkin. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni amalga oshirishda asosiy kuch bu elektr-energiya hisoblandi. Ayrim chekka joylarda elektr-energiya quvvati past bo’lib, bu masalaning yechimi sifatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko’rsatish mumkin. Shuning uchun quyosh batareyalari yoki shamol parraklaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sanoat korxonalarini barpo etish va ishlab chiqarishini tashkil etish uchun qishloq joylarda barcha shartsharoitlar (yer, suv va xom-ashyo) yetarli. Shuning uchun sanoat korxonalarini qishloq joylarda barpo etish va u yerda qayta ishlab chiqarishni rivojlantirish zarur. Buning uchun investitsiyalarni qishloq joylarga jalb etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq, korxonalar o’z aktivlari va majburiyatlarini inventarizatsiya qilishlari lozim.
Inventarizatsiyaning maqsadi korxona asosiy vositalarining haqiqatda borligini va sifat holatini aniqlash, texnik hujjatlar (transport, tavsifnoma, loyihalar)ni tekshirish va buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini oydinlashtirishdan iborat.
Korxona, tashkilot va muassasalarda asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli 19-son BHMS va «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSga asoslanadi.
«Buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq, asosiy vositalar inventarizatsiyasi bir yilda kamida bir marta yillik hisobot tuzishdan oldin o’tkaziladi.