Fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti


II-BOB Inventarizatsiyani o‘tkazish bosqichlari va inventarizatsiya



Yüklə 126,4 Kb.
səhifə5/8
tarix25.12.2023
ölçüsü126,4 Kb.
#194685
1   2   3   4   5   6   7   8
inventarizatsiya kurs ishi

II-BOB Inventarizatsiyani o‘tkazish bosqichlari va inventarizatsiya
komissiyasining faoliyatini tashkil etish

2.1 Inventarizatsiyani o‘tkazish bosqichlari
Tekshiruv obyektlari bo‘yicha inventarizatsiya quyidagilarga bo‘linishi mumkin:
 asosiy vositalar;  pul mablag‘lari;  hisob-kitoblar;  tovar-moddiy qiymatliklar;  tugallanmagan ishlab chiqarish.
Bulardan tashqari, korxonalarda permanent inventarizatsiya ham o‘tkaziladi. Bunda doimiy faoliyat ko‘rsatadigan inventarizatsiya komissiyasi tomonidan tovar-moddiy boyliklarning qoldiqlari eng kam miqdorda qolgan vaqtlarda inventarizatsiya qilinadi. Bunday inventarizatsiya o‘tkazishda mehnat xarajatlari kam sarflanadi va tovar moddiy boyliklarning kamomadi (yoki oshiqchaligi) zudlik bilan aniqlanadi.
Butun inventarizatsiya jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

Korxonada har yilgi inventarizatsiya yillik moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin tayinlangan maxsus inventarizatsiya komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga ma’muriyat vakillari va inventarizatsiya qilinadigan obyektlarni biladigan mutaxassislar (iqtisodchilar, muhandislar, texniklar va boshqalar) kiritiladi. Komissiya faoliyatida a’zolar to‘liq ishtirok etishlari shart. Chunki, №19 BHMSga muvofiq inventarizatsiya o‘tkazishda komissiya a’zolaridan birining ishtirok etmasligi inventarizatsiya yakunlarini haqiqiy emas, deb hisoblashga asos bo‘ladi.
Komissiya a’zolari inventarizatsiya boshlanishidan oldin inventarizatsiya qilinadigan hisob obyektlari bo‘yicha barcha hujjatlar ishlov berilib, guruhlanib buxgalteriya schotlarida aks ettirilganligi; buxgalteriya hisobi registrlarida esa inventarizatsiya qilinadigan zarur qoldiqlar chiqarilganligiga ishonch hosil qilishlari lozim.
Inventarizatsiya komissiyasi a’zolari inventarizatsiya ro‘yxatlariga kamomad yoki ortiqcha tovar - moddiy boyliklarni yashirib qolish maqsadida boyliklarning ko‘rinib turgan amaldagi qoldiqlari haqida ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan bo‘lsa, inventarizatsiya komissiyasining a’zolari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
ldagi inventarizatsiya ro‘yxatlari, dalolatnomalar, vedomostlar va boshqa tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Taqqoslash vedomostlari korxona mulki(asosiy vositalar, Tovar moddiy boyliklar, pul mablag‘lari)ni inventarizatsiyadan o‘tkazish
natijalarini aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Moddiy boyliklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish javobgar shaxslar huzurida; shuningdek, bu boyliklar saqlanayotgan joylarda amalga oshiriladi. Asosiy vositalar bo‘yicha yiliga kamida bir marta inventarizatsiya o‘tkaziladi, biroq u inventarizatsiya ma’lumotlaridan yillik hisobotni tuzishda foydalanishga imkon yaratish uchun 1-oktabrdan keyin o‘tkazilishi lozim. Binolar, inshootlar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini har yili emas, balki 2-3 yilda bir marta inventarizatsiyadan o‘tkazish mumkin.
Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilishni korxona buxgalteriyasi xodimlarining majburiy ishtirokida ichki komissiyasi amalga oshiradi. Asosiy vositalarning ayrim obyektlarini inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibiga noto‘g‘ri kiritilganligi aniqlangan hollarda, ular asosiy vositalar qatoriga qaytariladi. Aksincha, asosiy vositalar tarkibida hisobda turgan mulk inventar va xo‘jalik jihozlari qatoriga o‘tib qolgan holatlarda ham tuzatish yozuvlari qayd etiladi.
Xususiy asosiy vositalar inventarizatsiyasi bilan bir paytda ijaraga olinganlari ham tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ijaraga olingan obyektlar yuzasidan inventarizatsiya ro‘yxatlari har bir ijaraga beruvchi bo‘yicha alohida tuziladi. Ularda umumiy ma’lumotlardan tashqari, ijaraga beruvchi va ijara muddati ham ko‘rsatiladi. Ro‘yxatning bir nusxasi ijaraga beruvchiga yuboriladi.


Yüklə 126,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin