Fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti


Yurtimizda musiqa madaniyatiga bo’lgan e’tibor



Yüklə 101,9 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü101,9 Kb.
#208186
1   2   3   4   5
musiqa kurs ishi

Yurtimizda musiqa madaniyatiga bo’lgan e’tibor

O`zbek xalqining musiqa madaniyati juda uzoq tarixga ega. Taraqqiyot davomida xalq bastakorlik yo`llari, an’anaviy kasbiy musiqa, xalq mumtoz musiqasi, shuningdek, folklor – havaskorlik musiqiy merosi kabi shakli va uslubi bilan bir-biriga chambarchas bog’liq bo’lgan ijrochilik ko`rinishlari bir-birini to`ldirib keldi. Ana shu musiqiy merosimiz bugungi kunda ham ma’naviyatimiz ham madaniyatimizning bir jabhasi sifatida namoyon bo`lmoqda. Keyingi to`rt-besh yil ichida bilan milliy-ma’naviy qadriyatlarimizga, urfodatlarimizga, unutilayozgan qadrli an’analarimizga bo`lgan e’tibor va ularni yangidan isloh etish jarayoni ustivor yo`nalish kasb etdi. Davlat miqyosida urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy boyligimizga bo`lgan hurmat va e’tibor ko`tarildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, ajdodlarimizdan qolgan ma’naviy boyliklarni, xususan, musiqiy madaniyatni asrab avaylash, tiklash borasida, qolaversa, zamon bilan hamohang qadam tashlash borasida ko’pgina ishlar qilindi. Bu borada o`tgan ajdodlarimiz bizlarga meros qilib qoldirib ketgan ulkan ma’naviy boyligimiz asosiy omil bo`lib xizmat qilib kelmoqda.


Ashula, musiqa, raqs, folklor ijrochiligi san’ati milliy musiqa san’atining xalq hayoti va ijodi bilan chambarchas bog‘liq holda paydo bo`lgan va rivojlanib kelgan qadimiy san’at turlaridan hisoblanadi. Ayniqsa, xalqimizning an’anaviy ruhdagi qo`shiqlari o`lmas meros bo`lib, barcha davrlardagidek bugun ham «labbay» deb javob bermoqda. Lekin shu bilan bir qatorda faqat tarixga qarab qolmasdan, bugungi kunning ruhiga mos tarzda qo`shiqlar yaratish esa milliy mafkuramizni rivojlantirishda bosh omillardan bo`lmish musiqiy san’at bilan shug‘ullanayotgan barcha mutaxassis va san’atkorlarga muhim vazifa qilib qo`yilishi tabiiydir.
Mamlakatimiz tamomila yangi jamiyat, yangi turmush va yangi hayotni boshlab yubordi. Insonlar qalbi, tafakkuri va tasavvurida o`zgarishlar paydo bo‘ldi. Yangi O’zbekistonda yangicha qarashlar, yangicha islohotlar va yangicha musiqa madaniyati kirib keldi, desak mubolag`a bo’lmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, ma’naviy jabhalarning barcha yo`nalishlari o`zlarining maqsad va vazifalarini belgilab olishlari zarur bo`ladi. Qolaversa, bu jabhada musiqiy madaniyatning ma’naviy hayotdagi o`ziga xos o`rnini baholash, uning ta’sirchanlik kuchini Mustaqillik mafkurasi tomon yo`naltirish, uning bosh mezoni ekanligini anglash muhimdir. Madaniy hayotimizda bugungi kunda shu tamoyilga ko`ra siljishlar kuzatilmoqda. Ijodkorlarning fikri-zikri ana shu tamoyillar yo`liga yo`naltirilgan desak, xato qilmagan bo`lamiz.
Musiqiy madaniyat o`zining serqirraligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, o`zining chuqur ildizlari qadimgi davrlarga yetib boradigan o`zbek xalqining boy musiqa merosi hozirgi kundalik hayotimizdan ham ketgani yo`q. U xalq ijodining yuksak namunalari, kuy tuzilishi, folklor ijrochiligi, mazmunan rivojlangan cholg‘u va ashula asarlari, murakkab ijrochilik turkum atalmish maqom musiqasi hamda dostonlar ijrochiligini o`z ichiga oladi. Bundan tashqari, xalq musiqiy madaniyatida o`zlarining barcha davrlarda sezilarli hissalarini qo`shib kelayotgan xalq bastakorlarining ijodi ham salmoqli o`ringa ega.
2022/2023-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasini chala olish mahorati o‘rgatiladi va bu ularning shahodatnomasida qayd etiladi. 10130 ta maktab, 323 ta bolalar musiqa maktabi, 826 ta madaniyat markazi 7 turdagi milliy cholg‘ular bilan 3 to‘plamdan ta’minlanadi. Hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan bu kabi mazmundagi qarorlar yurt ertasi bo`lgan yoshlar istiqbolini ko`zlagan muhim qadamlardan yana biridir. Davlatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq kelajak avlod istiqboli yo`lida milliy madaniyatimiz va san’atimizni har tomonlama rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshlab bergan bu yo‘l bugungi kunda Shavkat Mirziyoyev tomonidan yangi pog‘onalarga olib chiqildi. Xususan, 1996-yil 31-dekabrdagi “Respublikada musiqiy ta’limni rivojlantirish, madaniyat va san’at o`quv muassasalarining ish samaradorligini oshirish haqida” gi hamda 2008-yil, 28- iyuldagi “Bolalar musiqa maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning ish faoliyatlari samaradorligini oshirish bo`yicha 2009-2014 yillarga mo’ljallangan Davlat dasturi haqida”gi farmonlariga asosan har yili musiqa maktablari, madaniyat va san’at muassasalari ko`plab musiqa asboblari hamda boshqa texnik vositalar bilan davlat tomonidan ta’minlanishg e`tibor qaratildi. 2015 yil 20 noyabrdagi PQ-2435-son «Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish» bo‘yicha 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risidagi, keyingi yillarda muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan 2018 yil 28 noyabrdagi PQ-4038-son «O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash xususida»gi qarori, 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-sonli Farmoni asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi” 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-sonli Qarori O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayoni musiqa san’ati sohasida ham o‘z aksini topayotganligi hususan o‘quvchilarda milliy musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishda «yoshlarni gumanizmning yuksak ideallari asosida tarbiyalash yo‘lida barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtirgan musiqa san’atining roli va ahamiyat» ini tabora ortirdi. Bu borada musiqiy meros namunalarida in’ikos etgan azaliy yuksak badiiy qiymatlarni ilg‘or ilmiy metodlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi mazmunidan kelib chiqib “...ta’lim tizimida innovatsiyalarni, shu jumladan o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini joriy etish orqali targ‘ib qilishga ko‘maklashish, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi innovatsion o‘quv dasturlarini ishlab chiqishni ta’minlash” qarori yuzasidan bugungi kunda milliy musiqani tinglash va o‘rganishda innovatsion didaktik o‘quv-uslubiy darslik va elektron dasturlar ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 2-fevral kungi PQ-112 “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan “Ta’lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va o‘quv dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirish” mezonlarini hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda o‘quvchilarda milliy musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishda mavjud muammolarni bartaraf etish milliy musiqa merosimizni asrab avaylagan holda kelajak avlodlarga yetkazish bilan bir qatorda jahon ta’limi taraqqiyotining yutuqlaridan ham maqsadli foydalana olish va ilg‘or tajribalarni milliy qadriyatlarimiz va qarashlarimizga moslashtirish orqali ta’limning yuqori pog‘onalariga ko‘tarishni maqsad qiladi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3920-son qarori. “Mahalliy madaniyat va san’at muassasalarining jahon madaniy makoniga puxta integratsiya qilinmaganligi mamlakatimizning ijobiy qiyofasini shakllantirishda va mintaqaning madaniy markazi sifatidagi maqomini mustahkamlashda mavjud boy madaniy-tarixiy merosdan hamda madaniyat va san’atning zamonaviy yo‘nalishlaridan to‘liq foydalanish” kabi muhim vazifalar belgilashda madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishni ta’minlash, madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, aholining ularga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish, mamlakatimizni jahon madaniy makoniga integratsiyalashuvini ta’minlash bilan birga milliy musiqamizni targ`ib etishga muhim qadam bo`ldi. Milliy musiqa madaniyatimizni yanada keng targ‘ib qilish va o‘rganish borasida nufuzli festivallar, turli ko‘rik-tanlovlar va konsertlar, gastrollar tashkil etildi. Mustaqillik davrida xalqro tanlovlarni o`tkazish keng rivoj topdi Oʻzbekistonning barcha hududlarida oʻtkaziladigan "Qoʻshiq bayrami" (1992- yildan), Yu. Rajabiy nomidagi maqom ijrochilari (1983-yildan, Toshkent), Maʼmurjon Uzoqov nomidagi (1997-yildan, Margʻilon shahri, 2001-yildan J. Sultonov va M. Uzoqov nomida), F. Mamadaliyev va O. Yusupov nomidagi (2001- yildan, Andijon), Hoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi (1997-yildan, Samarqand), Komiljon Otaniyozov nomidagi (1997-yildan, Xorazm) xonandalar tanlovlari va boshqa "Asrlar navosi" koʻhna milliy sozlar (tan-bursato, nay va dutor) ijrochilarining Respublika tanlovi (1998, Buxoro), "Oʻzbekiston — Vatanim manim" (1996, Toshkent), "Yangi taronalar" milliy estrada qoʻshiq va kuylari Respublika tanlovi (1998, Jizzax; 2002, Guliston); "Aziz ona yurtim navolari" milliy estrada qoʻshiklari Respublika tanlovi, "Boysun bahori" xalqaro folklor jamoalari ochiq festivali (2002-yildan, Boysun shahri) va boshqa Toshkentda 1995-yildan qar yili oʻtkazilayotgan "Ilhom-XX" Xalqaro zamonaviy musiqa, 1998-yildan har ikki yilda oʻtkazilayotgan Xalqaro simfonik musiqa festivallari, 1997-yildan har ikki yilda oʻtkazilayotgan "Sharq taronalari" (Samarqand) Xalqaro musiqa festivali doirasidagi ijrochilar tanlovi va musiqashunoslar anjumani ham jahon miqyosida tan olinmoqda. Yana bir milliy musiqa madaniyatimiz, xalqimizning boy madaniy merosiga berilayotgan e’tibor natijasida mamlakatimizda Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu festival 2019-yilda Termiz shahrida, 2021-yilda Nukus shahrida nufuzli xalqaro tashkilotlar va mehmonlar ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazildi. YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasi XVI sessiyasi (2021-yil, Parij shahri) doirasida Baxshichilik san’ati O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosi elementi sifatida Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi hamda u ro‘yxatga kiritilgan nomoddiy madaniy merosning oltinchi elementi bo‘ldi. Bunga qadar ushbu ro‘yxatdan «Boysun tumani madaniy makoni» (2008), «Katta ashula» (2009) va «Lazgi» (2019) o‘rin olgan edi. Bundan tashqari, O‘zbekiston boshqa davlatlar bilan hammualliflikda «Shoshmaqom» (2008), «Navro‘z» (2016) nominatsiyalarini ilgari surishda ishtirok etdi. Kelgusi yillarda «Rubob chalish» nominatsiyasini qo‘mita muhokamasiga kiritish rejalashtirilgan. Yuqorida o`rganilgan manbalar yurtimizda milliy va mumtoz musiqa san'atining eng yaxshi na'munalarini keng targ'ib qilish, milliy musiqa an'analarini saqlash va rivojlantirish, yosh avlodda san’atga muhabbat tuyg'usini uyg'otish hamda xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do'stlik, o'zaro hamjihatlik, madaniy-ma'naviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bilan birga yosh avlodni milliy musiqiy merosimizga vorislik qila oladigan, mumtoz musiqani idrok eta oladigan shaxs darajasida voyaga etkazishda bosh islohotchi ekanligini isbot etdi.
Hayot taraqqiyoti jarayonlarida, G‘arb madaniyatining о‘ziga xos kamol topganligini esa, hozirgi zamon musiqa san’ati kо‘lamidan ilg‘ab olish mushkul emas. Buning negizida musiqa san’ati va uning ichki unsurlarini professionallik darajada umumlashish bosqichlarini о‘tashi, bu jarayonda mutanosib tovush pardalarini о‘yg‘unlashtirish hamda barcha barobar qabul qilishlari kabi mezonlar, umumbashariyat musiqa san’atining gо‘zal uyg‘unlashishiga olib kelganligini e’tirof etish lozimdir.
Natijada, musiqa san’ati ijodiyotida G‘arb musiqa san’atiga intilish, о‘xshatish, madaniyatiga ergashish kabi munosabatlar yuzaga keldi. Buning natijasida 1920-yilda Toshkent rus opera va balet teatri, viloyat musiqali drama teatrlari, 1926-yilda M.Qoriyoqubov rahbarligida tashkil topgan "О‘zbek etnografik ansambli" asosida 1929-yilda bunyodga kelgan "О‘zbekiston davlat musiqali drama teatri", uning asosida 1939-yili "О‘zbek davlat opera va balet teatri" va "Muqimiy nomidagi О‘zbek davlat musiqali drama va komediya teatr"lari faoliyat kо‘rsata boshladi. Shuningdek, О‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibida "О‘zbekiston ashula va raqs ansambli", "Dutorchi qizlar ansambli", "Tamaraxonim ansambli", "Xorazm garmonchi qizlar ansambli", "Simfonik orkestr", "О‘zbek xalq cholg‘u asboblari orkestri", "Xor akapella jamoasi" kabi ijrochi jamoalar zamonaviy о‘zbek musiqa madaniyatini rivojlantirish jarayonida samarali xizmat qildilar3 . О‘zbek milliy musiqa san’ati uzoq tarixiy yo’lni bosib о‘tdi.
Xususan, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida kо‘lami, ijro yo’llari, shakllari, murakkabligiga qarab an’anaviy musiqa san’ati professional musiqa asarlari (maqom, katta ashula, dostonchilik) va xalq kuylariga (lapar, yalla, kо‘shiq, ashula) bо‘lingan. XX asr boshlarida о‘zbek musiqasi san’atiga alohida e’tibor bilan yondoshilgan. XX asrning ilk yillarida О‘zbekistonda siyosiy-ijtimoiy va madaniy muhitning о‘zi yangilanish sharoitlari bilan xarakterlanadi. Markaziy Osiyoda jadidchilik harakati, ulug‘ namoyandalari va ularning ijodiy faoliyati alohida ahamiyatlidir. Bunda, Yevropa uslubdagi milliy teatrlarning bunyodga kelishi ham о‘z ta’sirini kо‘rsatgan.
Bunda Mahmudxo’ja Behbudiy, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Tavallo, Abdulla Avloniy va Abdulla Shakuriy kabi namoyandalarining ijodiy faoliyatlari alohida ahamiyatlidir. Bundan kо‘rinadiki, bu davrda о‘zbek xalqi musiqa san’ati namoyandalari faoliyati ikki yо‘nalishda rivojlangan. Mumtoz musiqa namunalari asosan yetuk hofiz, sozanda va bastakorlar tomonidan yaratilib, о‘zining janrlari va ijro an’analari murakkabligi tufayli maqomchilik san’ati va dostonchilik ijro uslublari, maktablari bilan ajralib turadi.
О‘zbek xalq mumtoz musiqasi о‘zining mukammalligi va murakkabligi bilan boshqa xalqlar orasida alohida о‘ringa egadir. Mumtoz musiqaning eng yirik shakli maqomlardir. Maqomlar О‘zbekistonning uch vohasida mavjud bо‘lib, Buxoroda "Shashmaqom", Xorazmda "Xorazm maqomlari", Farg‘ona vodiysida "Farg‘onaToshkent maqom yо‘llari" deb yuritilgan. Bundan tashqari, maqomlar yо‘llarida yaratilgan, shaklan va ijroviy xususiyatlari doirasi maqomlarga xos bо‘lgan "Suvora"lar, katta ashula, surnay maqom yо‘llari, dutor maqomlari hamda cholg‘u yо‘llari mavjuddir.
Mumtoz musiqaning shaklan muhimligi, qonun-qoidalarga egaligi, talqin uslublarining mavjudligi uning murakkabligidan dalolat beradi. Maqomlar Sharq xalqlarining juda qadim zamonlardan mavjud bо‘lgan musiqa janrlaridan biri sifatida musiqa merosida juda muhim о‘rinni egallaydi. О‘z davrida Buxoro amiri saroyida maqomlarga juda katta qiziqish bilan qaralgan. Amir Said Olimxon maqom musiqasini yuksak darajada qadrlagan, о‘zi ham dutor chalishda mohir bо‘lgan. An’analarga kо‘ra, amirlikda xalq musiqachilari orasidan iqtidorli bolalar tanlab olinib, tajribali musiqachilar qо‘liga topshirilgan.
Masalan, Buxoroning mashhur maqom ustalari Usta Shodi Azizov, Boboqul Fayzullayev, Shohnazar Sohibov kabilar saroy musiqachilari qо‘lida ta’lim olganliklari fikrimizning dalilidir. Toshkent va Farg‘ona vodiysida ham mumtoz musiqaning ma’lum variantlari yuzaga keldi. Ushbu yо‘nalish asosan katta ashula yо‘llaridan iborat bо‘lgan. Ashurali Hofiz, Mirza Qosim Hofiz, Mо‘minjon Hofiz, Muydin Hoji, Berkinboy Fayziyev, Mulla Tо‘ychi Toshmuhammedov, G‘anijon Mirzayev, Jо‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Turg‘un Karimovlar mazkur yо‘nalishda mohir ijrochilari bо‘lganlar. Farg‘ona vodiysida mahalliy ijrochilik maktablari ham shakllangan bо‘lib, ular orasida ayniqsa, Qо‘qon, Marg‘ilon, Beshariq kabi ijrochilik maktablari о‘z davrida juda mashhur bо‘lgan.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xorazm vohasi о‘zbek musiqa san’atida о‘zining ijrochilik va xonandalik an’analari bilan ancha mashhur bо‘lgan4 . Vohada maqom ijrochiligi doston yо‘llari, xalq ommaviy qо‘shiqlari о‘z yо‘nalishlari doirasida rivojlangan. Bu davrda Xorazmda Komil Xorazmiy, Muhammad Rahimxon Feruz, Niyozjon Xо‘ja kabi mashhur bastakorlar ijod qilishgan. XX asr boshlarida Turkistonning deyarli barcha shaharlarida jadidlarning havaskorlik tо‘garaklari va milliy teatrlari tashkil topdi. 1911-1917 yillar davomida 20 ga yakin pyesalar yozildi. K.Nusratillayevning "To’y", Abdulla Qodiriyning "Baxtsiz kuyov", Xо‘ja Muinning "Eski va yangi maktab", A.Bodrining "Ahmoq" pyesalari shu davrda yaratilgan5 .
Xulosa qilib aytganda, XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Turkiston, Buxoro amirligi va Xiva xonligida musiqa san’atida jiddiy о‘zgarishlar va yangilanishlar yuz berdi. Yevropalik musiqa bilimdonlari Buxoro amirligi va Xiva xonligida mumtoz musiqa va xalq og‘zaki namunalarini о‘rganish va ularni notalashtirish, xalq musiqa cholg‘ularini tо‘plashga e’tibor qaratdi. Turkiston shaharlarida musiqiy jamiyatlar tuzilib, havaskorlar jalb etildi. Rus musiqa bilimdonlari tomonidan о‘zbek xalq qо‘shiqlarini о‘rganilishi, ularning notalashtirilishi, xorij matbuotida nashr ettirilishi kabi holatlar о‘z davrida musiqa san’atining rivojiga munosib hissa qо‘shdi. Ayni paytda, Buxoro va Xorazm hududida hamda Farg‘ona vodiysida о‘zbek musiqa san’ati an’analarini saqlab qolish uchun zaruriy chora-tadbirlarning olib borilishi о‘zbek mumtoz musiqasi an’analarining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Nomoddiy-madaniy meros bo‘yicha kim qanday faoliyat ko‘rsatmasin, har kimning professional ishi davom etishi, meros targ‘ibotiga bo‘lgan to‘siqlar olib tashlanishi kerak. Bizdagi eng katta to‘siq — litsenziyalash tartibi. Daromad keltirsa-ku, mayli, bir chorasi topilar, lekin bu tartib daromadi haminqadar milliy musiqa vakillarining ko‘zini ko‘r, qulog‘ini kar qilib, oyog‘ini kishanlab turibdi.
Qiziq tomoni, moddiy-madaniy merosimizga kiradigan hunarmandchilik sohasida litsenziyalash tartibi yo‘q. Hunarmandlar azaldan o‘lmas merosimizni targ‘ib etishayotgani uchun hatto soliqlardan ham ozod etilgan. Shunchaki “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badalini to‘lab, ishlayveradi. Nomoddiy-madaniy meros ham hunarmandchilikdek gap.




  1. Yüklə 101,9 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin