Umumta’lim maktablarida musiqa darslarini o’tishning ahamiyati
Musiqa madaniy hayotimizda keng o`rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san`at turidir. Yosh avlodni kamolot sari yetaklashda tarbiyaning ko`plab omillari qatori musiqa tarbiyasi alohida o`rin tutadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo`lib, insonni atrofdagi go`zal narsalarni to`g`ri idrok etishga va qadrlashga o`rgatadi. Umumiy o`rta ta`lim maktablarida musiqa fanini o`qitishning asosiy maqsadi o`quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish ularni zamon talabiga javob bera oladigan barkamol inson qilib voyaga yetkazishdir. Maktabda musiqa darslarini o`qitishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- O`quvchilarning musiqa san`atiga bo`lgan qiziqishi va mehrmuhabbatini oshirish; - musiqiy faoliyatlar jarayonida o`quvchilarni musiqiy qobiliyatlari musiqiy uquvi, ovozi, diqqat-e`tibori va ijodkorlik his-tuyg`ularini o`stirish; -musiqiy asarlarning badiiy g`oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik ruhda tarbiyalash; -musiqa darslarida o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish, mehnatga muhabbat, vatanga muhabbat, kattalarga hurmat tuyg`ularini shakllantirish. Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirish o`qituvchining kasbiy va pedagogik mahoratlariga bog`liq.
Har qanday san`atkor ham, maktabda musiqa madaniyati darslarini olib borolmaydi. Buning uchun musiqa o`qituvchisi avvalo bolalarni sevishi, pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, musiqa o`qitish metodikasi hamda o`z musiqiy kasbiy fanlarini puxta o`zlashtirgan bo`lishi kerak. Musiqa o`qituvchisi o`z kasbiga va bolalarga mehr qo`ygan, yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashga ega bo`lgan, zamon bilan hamnafas inson bo`lishi lozim. Donishmand xalqimiz azaldan kuy va qo`shiqni bola qalbiga tez yo`l topa olishi, uning ruhiyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatishi, yaxshi xulq va odob, mehr oqibat, sabr-toqat, kattalarga hurmat fazilatlarini musiqa orqali tarkib topishini azaldan anglab yetgan. Oilada farzandni qo`shiq aytishga, soz chalishga o`rgatish ota-onaning orzusi bo`lgan. Bola musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, musiqadan umrbod ozuqa oladi. Chunki bola hali yurishni, so`zlashni bilmay turib, musiqani eshitib, turli qo`l harakatlari bilan musiqaga munosabatini bildiradi. Shuning uchun azaldan har bir oilada musiqa cholg`u asboblaridan dutor, doira, rubob saqlash urf-odat bo`lib qolgan. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson sof qalb egasi, yuksak ma`naviyatli, go`zallikni his eta oladigan inson bo`lishi kerak.,
,Har qanday jamiyatning kelajagi yoshlar ekan, kelajagi buyuk davlatning barpo etilishi, ularni qanday tarbiya olishiga bog`liq. Chunki ma`naviy jihatdan qudratli davlat, ijtimoiy jihatdan kuchli bo`ladi.” deb ta`kidlaydi o`z asarlarida yurtboshimiz I.A.Karimov. O`qituvchilik kasbi sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. O`qituvchi musiqa nazariyasini egallashi bilan birga, bolalarni sevishi, pedagogik amaliyotni ham o`tgan bo`lishi kerak. Chunki maktab hayotidagi pedagogik jarayon juda xilma-xildir. Bu esa musiqa o`qituvchisidan puxta bilim, amaliy tayyorgarlikni talab etadi. ,,Biz sog`lom avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishimiz kerak” deb ta`kidlagan edi yurtboshimiz I.A.Karimov. Sog`lom kishi deganda, faqat jismoniy sog`lomlikni emas, balki sog`lom ruhiy hislatlarni, sharqona axloq odob va umumbashariy g`oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz. Buyuk pedagog A.Avloniy shunday degan edi:,,Tarbiya qiluvchilar tabib kabidirlar, tabib hastani badanidagi kasallikka davo qilgani kabi, O`qituvchi ham bolani musiqa orqali, aqliy rivojiga diqqat markaziga ta`sir etib, ularda poklik, vijdon, sadoqat, mehr, kattalarga hurmat, Vatanga muhabbat kabi tuyg`ularni tarbiyalaydi”.,,Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat -yo falokat masalasidir” deb yozgan edi.
Buyuk mutafakkir shoir A.Navoiy o`z asarlarida musiqa tarbiyasining qirralarini chuqur o`rganib shunday dedi:,,Musiqa jamiyat hayotining muhim negizidir. Faqat musiqagina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o`zo`zidan qanoat tuyg`usini olib kiradi va uni baxtiyor qiladi”. Al Farobiy fikricha:,,Musiqa-nodir san`at, ezgulikka yetaklovchi kuchdir”. -,,Kimki ilm hikmat o`rganmoqchi bo`lsa, avvalo o`zi ma`naviy barkamollikka erishmog`i lozim” -deydi -Abu Rayhon Beruniy.
Shunday ekan, hozirgi davrda musiqa o`qituvchisidan mas`uliyat, fanga yangicha yondoshuv uning metodologiyasini chuqur o`rganish talab etadi. O`qituvchi darslarda o`quvchilarga bo`lgan talabchanlikni bolalarga hurmat, ziyraklik, pedagogik mavqe, obro`sini saqlagan holda yondoshishni namoyon etish bilan muvofiqlashtirgan holda olib borishi lozim. Musiqa madaniyati darslarining yutug`i va natijalari nafaqat o`qituvchining tayyorgarligiga, balki o`quvchilarning tayyorgarliklariga ham bog`liq bo`ladi.
Afsuski, bu masalaga ko`pgina yosh o`qituvchilar o`zlarining amaliy ishlarida yetarli darajada e`tibor bermayaptilar. Yetti yillik o`qish davrida musiqa sohasida muntazam sur`atda ish olib borilishi natijasida o`quvchilar musiqa savodiga ega bo`lib, musiqani sevadigan, yirik musiqa asarlarini, shuningdek, konsertlarni, radio va televideniye orqali beriladigan musiqali eshttirishlarni mehr qo`yib tinglaydigan, badiiy havaskorlik to`garaklarida yetarli tayyorgarlik bilan faol qatnashadigan kishilar bo`lib voyaga yetishlari kerak. Bu tadbirlarni amalga oshirishda sinf rahbarlari va otaonalar musiqa o`qituvchisiga yaqindan yordam berishlari lozim, ya`ni ular bu borada ham hamkorlik qilishlari zarur. Bolalarda musiqaga mehr va havas uyg`otish, maktab o`quvchilarining musiqiy saviyasini oshirish uchun ashula va musiqa sohasida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni har tomonlama kuchaytirish lozim. Boshlang`ich va 9 yillik maktablarning har birida xor to`garaklari, sharoiti bor bo`lgan maktablarda cholg`u asboblari bo`lishi kerak.
Ayni vaqtda o`quvchilarga yakka tartibda musiqa o`rgatish ishini uyushtirishga e`tibor berish, bu ishga ota-onalar jamoatchiligini jalb etish yaxshi samara beradi, degan fikrlar mavjud. Musiqa madaniyati darsining har bir faoliyat turida shaqildoqlar, uchburchaklar, metallofon, doirachalar kabi turli bolalar musiqa asboblarida chalish, kuy va qo`shiqlarga mos raqs elementlarini bajarish, musiqa asboblarini chalishni qo`l harakati bilan imitatsiya qilish, chapak chalish va dirijorlik qilish kabi elementardan keng foydalanish darslarni yanada qiziqarli va jozibali bo`lishini ta`minlaydi. Musiqa darsi boshqa darslardan o`zining badiiyligi, qiziqarliligi, va bolalarga ko`proq ijodiy zavq, emotsional tuyg`ular va obrazli kechinmalar uyg`otishi bilan ajralib turadi.
Ma`lumki,,Musiqa madaniyati” darslari quyidagi o`ziga hos jihatlar bilan boshqa darslardan farq qilib turadi: 1.Masalan, musiqa san`ati boshqa san`at turlaridan idrok etilishiga ko`ra farq qiladi, ya`ni u boshqa san`at turlaridan o`zining ifoda vositalari, ya`ni,,tili” bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so`z bilan, tasviriy san`at ranglar bilan, raqs san`ati harakat bilan ifodalansa, musiqa esa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi.Yuqoridagi san`at turlarini ko`rish va eshitish orqali idrok qilsak, musiqani faqatgina diqqat bilan tinglabgina ifoda etamiz. Shuning uchun, ko`zi ojiz kishilardan ham yetuk musiqachilar yetishib chiqqanligi bizga tarixdan ma`lum bo`ladi. 2.Musiqa san`ati aniq vaqt o`lchovi bilan bog`langan san`atdir. Shuning uchun, ijro etilayotgan musiqa tempiga sozlanib, uning har bir elementini diqqat bilan tinglamasak, asarni mukammal idrok eta olmaymiz.
.Musiqa madaniyati darslari musiqa nazariyasi va ijrochiligiga doir turli faoliyatlardan: vokal-xor mashg`ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, bolalar cholg`u asbobida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlaridan iborat. 4.Musiqa darsi o`zining aralash-integral dars tipi bilan boshqa fanlardan farq qiladi. 5.Musiqa san`ati bolalarga aktiv emotsional ta`sir ko`rsatadi, quvontiradi hamda ijodiy kechinmalar uyg`otadi. Yaxshi, mazmunli, qiziqarli musiqa darsidan bolalar xordiq chiqarib, badiiy ozuqa oladilar, quvnoq, xursand bo`lib chiqadilar. Barcha fikrlarimizni umumlashtiradigan bo`lsak, musiqa darsi o`zining aktiv psixologik ta`siri bilan boshqa fanlardan farq qiladi. Shuningdek, musiqa darsi boshqa fanlar bilan chambarchas bog`liqdir. Tasviriy san`at, adabiyot, ona tili, matematika, tarix, pedagogika, psixologiya, vokal, ritmika va boshqalar musiqa darsini hayot bilan bog`lashga, mazmunli, qiziqarli qilib darsni olib borishga yordam beradi.
Hozirgi zamon musiqa muallimi yuksak madaniyatli, oʻz kasbiga cheksiz sadoqat, ilgʻor pedagogik tafakkur egasi boʻlmogʻi lozim. U oʻzining uzluksiz kasbiy madaniy rivojlantirish qobiliyatiga ega boʻlishi shart. U musiqa, nafosat, pedagogika va psixologiya-fiziologiya fanlaridan, xususan, musiqa oʻqitish uslubiyotidan kompleks tarzda chuqur bilim va malakalar egasi boʻlmogʻi darkor. Ayniqsa, musiqa oʻqituvchisi ixtisosida zarur meʼyorda cholgʻuchilik, xonandalik, xor dirijerligi va musiqa nazariyotchiligi sifatlari mujassam boʻlmogʻi lozim. U milliy musiqa hamda oʻzbek adabiy tilini mukammal bilmogʻi, umumbashariy musiqa madaniyatidan, kundalik musiqiy-madaniy hayotdan voqif boʻlishi shart. Musiqa muallimi pedagogik muloqot ustasi boʻlishi, har qanday vaziyatda ham pedagogik taʼsir usullaridan unumli foydalanish qobiliyatiga ega boʻlmogʻi lozim.
Musiqa muallimi ilmiy tafakkur egasi, ilgʻor tajribalar shaydosi, izlanuvchan va ijodkor boʻlib, musiqa oʻqitishning yangi shakl va usullarini kashf etishga intilmogʻi lozim. U musiqa taʼlim-tarbiyasi mazmunini boshqa fanlar mazmuni va kundalik hayot bilan bogʻlab, boyitib olib borishi darkor. Izlanuvchan va ijodkor muallimning ilgʻor tajribasi va kashf etgan yangi usullari maktabdagi musiqa taʼlim-tarbiyasini doimiy ravishda takomillashtirib rivojlantirishning asosiy tayanchi va ilhom manbaidir. Bilimdon va tajribali musiqa muallimi sanʼat ziyolisi sifatida maktabda musiqiymaʼrifiy ishlarning sarkoridir.
Boshlangʻich maktabda oʻquvchi musiqa madaniyatining asosiy poydevori shakllanadi. Ammo maktabgacha tarbiya inson shaxsi shakllanishining muhim, masʼuliyatli davri sifatida mustaqil ahamiyat kasb etadi, chunki u boshlangʻich taʼlimning tayyorgarlik bosqichidir. Boshlangʻich maktab musiqa darslarida bolalarning aqliy rivojlanishlari meʼyoriga mos oddiy musiqiy bilim, tushuncha va malakalar tarkib toptiriladi. Musiqani tinglash, qoʻshiq aytish, raqs tushish, oddiy cholgʻularda chalish orqali badiiy idrok etish, musiqadan olgan taassurotlari va bilganlari haqida gapirib berish, asarni badiiy baholash, musiqa ijodkorligi malaka koʻnikmalarini rivojlantirish amaliyotlari vositasida oʻquvchilarda musiqaga havas va badiiy ehtiyoj uygʻotadi. Taʼlim jarayonida oʻquvchilar quyidagilar haqida bilim, malakalarga ega boʻladilar:
Bolalar kuy-qoʻshiqlari, musiqali oʻyinlar, raqs va qoʻshiqlar, xushnavoz milliy cholgʻularimiz (1-sinf); Yakkanavozlik; cholgʻu dastasi; kuy nima? Kuyning ifoda tili (2-sinf); Cholgʻu turlari (cholgʻular bazmi); kuy va usul, tempning, kuyning takrorlanishi, uning oʻzgarmas va oʻzgaruvchan qaytarilishi, band va naqarot (3-sinf); Oʻzbek xalq musiqasi; ommaviy xalq qoʻshiqlari (alla, yalla, lapar, terma, qoʻshiq aytim) va ommaviy kuylar; oʻzbek kasbiy musiqasi (ashula, katta ashula); kompozitorlik musiqa ijodi haqida tushuncha; xalq musiqasi kompozitorlar ijodida (4- sinf). Mavzu mazmunidagi amaliy mashgʻulotlar jarayonida nota yozuvi, oddiy kuylar tuzilishi misolida oʻrganiladi, notaga qarab kuylashning dastlabki malakalari hosil etiladi. Xullas, musiqaning madaniy hayotda tutgan oʻrni muhim boʻlib, musiqiy taʼlimtarbiyani amalga oshirishda uning bosh maqsad va vazifalarini toʻliq anglab mashgʻulotlarni samarali tashkil etish, oʻqituvchining dolzarb vazifalaridandir.
Musiqa pedagogikasi, uslubiy va moddiy taʼminot, musiqa folklori, iqtidori cheklangan bolalar, vorislik qilish, spetsifik xususiyatlar, aralash dars, faol, emotsional taʼsir, ruhiy taʼsir, taʼlim-tarbiya kontseptsiyasi, pedagogik tafakkur egasi, badiiy ehtiyoj, badiiy baholash, kuyning oʻzgarmas va oʻzgaruvchan qaytarilishi, notaga qarab kuylash. Musiqa madaniyati oʻquv predmeti oʻquvchilarning maʼnaviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy gʻurur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga mahorat, nafosat, badiiy didni oʻstirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa madaniyati oʻquv fani umumiy taʼlim maktablarida oʻqitiladigan barcha oʻquv fanlari, jumladan adabiyot, tasviriy sanʼat, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bogʻlanadi.
Dostları ilə paylaş: |