Allomalarimizning musiqa madaniyatiga qo’shgan hissalari
O’rta Osiyo musiqasining rivojlanish manbalari va xarakterli belgilari yaxshi izohlanadi. «Cholg’u musiqasi ashula jo’r bo’ladi yoki ovozga taqlid qiladi, uni boyitadi hamda ashulaning boshlang’ich musiqasini va uning oralaridagi cholg’u qismini hosil qiladi. Bu esa ashulachiga deb beradi. Ayni vaqtda ular ashulaning ovozi yetmaydigan joylarni bo’rtirb, vokal musiqani boyitadi», - deyiladi asarda. Farobiyning inson tarbiyasida musiqaning ahamiyati borasidagi fikrlari ham maqtovga loyiq. Buyuk Sharq mutaffakirlari yozishicha, inson jamiyatida yashab kamol topadi. Uning baxt-saodati, xulq-atvori, ma’naviy qiyofasi shu jamiyat quchog’ida shakllanadi. Shuning uchun oiladagi ijobiy muhit ijtimoiy hayot oqimidagi bir yo’nalish deb qarashi lozim. Bu yo’nalish jamiyatda
Yangi kishi tarbiyalashning fundamental asosidir. Musiqiy madaniyatdan bahramand bo’lish inson tarbiyasining ajralmas qismidir. Chunki musiqaviy tarbiya odamni qalban pok va go’zal, sog’lom fikrli, badiiy didli hamda fikrlash qobiliyati o’tkir qilib o’stiradi, shu bilan nafosat va go’zallik olamiga chorlaydi. Ulkan tarbiyaviy imkoniyatga ega bo’lgan o’zbek xalq musiqa merosining zarchashmalari tarixan olis zamonlardan bog’lanib, ijtimoiy hayot bilan uzviy aloqada rivojlanadi. Ilk musiqa namunalari esa inson ongining rivojlanishi natijasida tabiat go’zalliklardan ilhomlangan qadimgi odam tomonidan mehnat vujudga kelgan. Musiqa darsi o’z tabiatiga ko’ra san’at darsidir. Uni rang-barang, sermazmun va qiziqarli tashkil qilish har bir o’qituvchidan katta pedagogik va professional mahorat talab etadi. “Bolalarni san’atga o’rgatish nihoyatda murakkab,-deb takidlaydi taniqli kompozitor D.B.Kabalevskiy, - hamma murakkablik shundaki, ularni emosional tarzda qiziqtirmay turib chinakam san’atga o’rgatish mutlaqo mumkin emas”. Bu o’rinda musiqiy mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarning ijodiy faolligini taminlash alohida ahamiyatga molik. Musiqani tushunish, uning orombahsh ta’siridan bahramand bo’lish bilim, malaka va ko’nikmalar qatori emosional his-tuyg’ularning ishtirokiga ham bog’liq. Asarni ijro va idrok etishda his-tuyg’ular qanchalik faol va chuqur bo’lsa, ularni tushunish va o’zlashtirish, to’yinish va zavq olish ham shunchalik ongli va chuqur bo’ladi. Bu holatlar esa o’z o’rnida ijodiy faollik natijasida sodir bo’ladigan jarayondir. Zero zerikarli va sokinlik holati sinfda jonli hissiyot holatini tashkil eta olmaydi.
O’quvchilarni darsga qiziqtirish birinchi navbatda tinglash va ijro etish uchun tanlanadigan asarlar repertuari bilan bog’liq. Boshlang’ich sinflar uchun tanlanadigan asarlar repertuarining asosiy mezoni o’quvchilarning yoshlarga, qiziqishlari, bilim va ko’nikmalar darajasiga mos bo’lish, tematikaning rang-barangligi, g’oyaviy-badiiy sifati hamda pedagogik qimmati bilan belgilanadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, maktabda o’quvchilarning yoshlari va idrok etish qobiliyatlari mos keladigan o’tmish va hozirgi zamonning eng yuksak g’oya va obrazlarini aks ettiradigan, o’zining forma va mazmuni bilan go’zal va hayotbahsh, nafis va xushohang asarlar yangrashi lozim.
Zero faqat mana shunday asarlargina o’quvchilarda darsga nisbatan qiziqish va havas uyg’ota oladi, axloqiyestetik hissiyotlarini, zarur bo’lgan qobiliyatlarini o’stirib boradi. Bu o’rinda zamonaviy qo’shiqlar qatori xalq qo’shiqlaridan keng va oqilona foydalanish darsni yanada qiziqarli va sermazmun bo’lishini taminlaydi, yosh ijrochilarda xalqimiz ijodiga, uning musiqa va qo’shiq san’atiga bo’lgan mehr va muhabbat tuyg’ularini shakllantirib boradi. Har bir darsda ijodiy faollik yuzaga keladi. «Avisenna» nomi bilan butun Dunyoga mashhur bo’lgan Abu Ali ibn Sino shifokor bo’lib qolmasdan, taniqli musiqashunos ham edi. Hatto g’ijjakning yaratilishi bilan bog’liq rivoyat ham Ibn Sinoga bag’ishlangan: go’yoki bu cholg’u asbobini ixtiro qilgan va unda kuy chalgan odam ulug’ xakim emas. «Kito bash - Shifo» asarida yozilishicha, musiqa kishi ruhini davolovchi, inson qalbiga kuchli ta’sir etuvchi estetik vositalaridan biridir. Musiqa va kuyning paydo bo’lishini olim shunday izohlaydi: «Tabiatning o’zi odamlarga nutq ato qilgan. U shartli xarakterga ega bo’lib, xushomad qilganda, o’z tobeligini bildirganda yoki yalinganda tovush, mayinlashib, natijada sud ta’sirli chiqadi va o’z maqsadiga erishadi. Keyin taqlid qilish, ayniqsa odamlarga katta orom big’ishlaydi». Ibn Sinoning ta’lim va tarbiya haqidagi dunyoqarashi va ilg’or g’oyalari faqatgina tabiy fanlarga oid asarlariga emas, balki adabiy badiiy janrlardagi risolalarni ham o’z aksini topdi. Uning bu asarlarida musiqa san’atining insonparvarlik, rosgo’ylik, mehr – muhabbat, xursat hamda do’stlikka ta’siri masalalari o’rtaga tashlandi.
Alisher Navoiy nozik ta’b, yuksak zakovat egasi sifatida musiqani sevib, tinglar, dildan zavqlanardi. Shoir tantanali san’atkorlarga hamisha g’amxo’rlik qildi, yoshlarning kamoloti uchun tinmay qayg’urdi. Insonning kamolotga yetishuvida asosiy rol o’ynovchi vositalardan biri musiqa san’atidan bahramand bo’lish deb bildi. Musiqani sevmagan shoir qalbi xuvillagan chorbog’, xazon bo’lgan bahordir. «Musiqani idrok etmagan shoir nim shoirdir», - deydi Navoiy. Bu kalima shoir estetik qarashlarning moxiyatini yaqqol ko’rsatadi. Musiqa ilmi va san’ati haqida shoirning «Majolis un - Nafois» asarida atroflicha yoritilgan. Asarning 118 saxifasida Paxlavon Muxammad G’ushtig’ir haqida baxs ketganda, uni zamonasining shirinkamol va xushsuxbatlaridan biri ekanligi ta’kidlandi. Shundan keyin Navoiy «Musiqiy va advor ilmida davrning benazirdir» Deya qo’shib qo’yadi. To’rtinchi majlisda mashhur sozanda va hofiz. Hofiz Muxammad Sultonshox hamda dilrabo kuylari ila dillarni maftun qilgan mashshoq Ustod Qulmuxammad nomlar hurmat bilan qadamga olinadi. «Ustod Qulmuxammad – shibirgonliklar, deb yozadi Navoiy, - kichik yoshida g’ijjak cholar edi. Qobiliyat asari ul fanda andin ko’p zoxir erdi. Tarbiyatiga mashg’ul bo’lurdi… Ammo ud va g’ijjak va qubuzni asrida oncha kishi chol olmas». «Majolis un-nafois, Nafoiy asarlari, 12 tom, 139 bet. Navoiy tarbiyalangan oilaviy maxit adabiyot va san’at ixlosmandlaridan iborit edi. Bo’lajak shoirning qarindosh – urug’lari hamda ustozlari orasida mashhur xonanda va sozandalar, musiqa ilmining «benazar» bo’lgan. Shoirning o’zi e’tirof etishicha, «G’aribiy taxallusibilan g’azal bitgan Muxammad Ali ko’proqsozlarni yaxshi chalar erdi. Uni va usuli xub erdi.
Musiqiy ilmidan ham xabardor erdi. Ma’lumki, G’aribiy Alisherning tog’asi bo’lgan va yosh shoir ko’p vao’tni u bilan birga o’tkazar, «ul xazratning iltifoti inoyati aning bila o’zlaridin ko’proq erdi». 12 tom, 66 – bet. Hozirgi yoshlar madaniyatga, hayotga yengil qarashga o’rganib, tijoratga berilib ketmoqdalar. Chet el ansambllariga taqlid qilish, tushunib-tushunmay xorijiy qo’shiqlarni aytish, milliy madaniyatimizga yengil yoki befarq qarashlar odat tusiga kirib qolishi bu sog’ada ishlovchilarga katta vazifa yuklaydi. Musiqiy boyliklarimiz xazinasi (kuy, qo’shiqlar, musiqa sozlari, ijro yo’llari, usullar, milliy bezaklar), durdona merosimiz ko’p yillar qarovsiz qolgani, hozirda alohida etibor berishni talab etmoqda. Bu sohada ko’plab ilmiy ishlar qilinishi, merosimiz yetuk xonandalar ijrosida qaytadan tiklanib targ’ibot qilinishi lozim.
Dunyoda 4 nafar yirik olim bo‘lgan. Ulardan 2 nafari islomgacha bo‘lgan davrda ijod qilganlar. Ular Aristotel va buyuk Aleksandr (Afrodiziskiy), 2 nafari islom davrida yashagan Abu Nasr Al Farobiy va Abu Ali Ibn Sino. Abu Ali Ibn Sino Al Farobiyning asarlaridan juda ko‘p foydalangan. Ilk o‘rta asrning buyuk olimi o‘z davrining ilg‘or falsafiy fikrining asosiy prinsiplarini o‘z ijodida aks ettirgan mutafakkir Abu Nasr Al Farobiydir. Abu Nasr Muhammad, Ibn Muhammad Ibn Uzlug‘, Ibn Tarxon Farobiy 872-873 yillarda Ariz suvi Sirdaryoga quyiladigan yerdagi Farob degan joyda tug‘ilgan. XIII-XIV asr tarixchilarining guvohlik berishicha Farob Shoshning (Toshkentning) shimolrog‘ida joylashgan nuqta. Turk manbalaridan birida yerning nomidir. Farobiyni «Abu Nasr» deb ham atashgan. Farobiyning yerli turkiy qabiladan kelib chiqqanligini ta’kidlash uchun uning nomiga ko‘pincha «at Turkiy» deb ham qo‘shib aytilgan. U Turkistonli qadimgi o‘zbeklar ichidan chiqqan harbiy xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Abu Nasr boshlang‘ich ma’lumotni o‘z yurtida oldi.
Ma’lumki Farobiy Bag‘dodga kelgunga qadar arab tilini bilmagan. Qadimgi bir manbada yozilishicha Mavorounnahrda bolalarni 5 yoshidan boshlaboq turli hunar va ilmga o‘rgata boshlaganlar. Farobiy O‘rta Osiyodan chiqib ketgunga qadar Shosh va Samarqandda bo‘lganligi, markaz Buxoroda o‘qib ishlaganligi haqida adabiyotlarda ma’lumotlar uchraydi. Bag‘dodga bora turib Eronning ko‘pgina shaharlarida ‒ Isfahon, Xamadon, Rey (Fexron) va boshqa shaharlarda bo‘lgan. Bag‘dod musulmon dunyosining turli o‘lkalaridan, xususan Eron va O‘rta Osiyodan kelgan ko‘plab adabiyotchi va olimlarni o‘ziga jalb qilgan. 762-yilda asos solingan Bag‘dod hokimiyati savdo yo‘llari va boyliklarning markazi bo‘libgina qolmay, balki butun halifalikning madaniy hayoti va ilmiy tafakkurining muhim markazlaridan biriga aylangan edi. Halifalikda madaniyat va fanning rivojlanishida Eron va O‘rta Osiyodan kelgan olimlar faol ishtirok etadilar.
Bag‘dodda Al Xorazmiy, Farg‘oniy, At Turkiy, Battoniy, As Sufiy, Abu Mashar, Al Nazzam, Ar Ravandiy, Husayin Ibn Ashoq va boshqa ko‘plab tarixchilar, geograflar, filologlar va shoirlar mehnat qilganlar, ular o‘zlarining ilmiy tadqiqotlari bilan shuhrat qozonganlar. Farobiy ko‘proq nazariy fanlar matematika, mantiq, nazariy tibbiyot, musiqa nazariyasi va boshqalar bilan qiziqdi. Ayni vaqtda tabiatshunoslikni, huquqshunoslik asoslarini, filologiya, poetika va boshqa fanlarni ham muvaffaqiyatli o‘zlashtirdi. U o‘z ona tili ‒ turk tilidan tashqari fors, yunon, arab, yana juda ko‘p tillarni bilgan. Farobiyning musiqashunoslikka qo‘shgan hissasi beqiyosdir. U yangi musiqa asbobi yaratgan mohir sozanda, bastakor, yirik musiqa nazariyotchisi bo‘lgan. Farobiy ixtiro qilgan musiqa cholg‘usining nomi manbalarda turlicha - «qonun», «g‘ichchak», «ud» deb ataladi.
Farobiyning bastakorlik faoliyatiga kelganda uning ba’zi musiqa asarlari Eronda va Sharqning boshqa mamlakatlarida hozirga qadar ham ijro etilib kelinayotganligi haqida ma’lumotlar bor. Farobiy musiqa nazariyasi sohasida bir qator asarlar qoldirgan. Ular orasida «Musiqa haqida katta kitob»i keng tarqalgandir. Farobiy bu kitobida musiqaning keng ta’rifini beradi, uning asosiy tushunchalarini hamda musiqa asarlari tarkib topadigan elementlarini ochib beradi. «Musiqa haqida katta kitob»ning mazmuniga to‘xtashdan oldin ayrim mutaxassislarning jahon musiqa san’ati taraqqiyotida Farobiy musiqa merosining roli haqida aytgan ba’zi fikrlarini keltirib o‘tamiz. Farobiy yashagan davrda qadimgi yunon mualliflarining musiqa haqidagi ba’zi g‘oyalari ma’lum edi. Farobiyga qadar musiqa nazariyasini o‘rganish bilan Al Kindiy shug‘ullangan. Fan tarixchisi K.Sarton «Al Kindiy ilk musulmon musiqashunosi bo‘lgan», - deb ko‘rsatadi. Farobiyning asari unga qadar yaratilgan asarlardan ustun bo‘libgina qolmay, balki Sharq va G‘arbda musiqa nazariyasi taraqqiyotini bir necha asrga belgilab berdi. G‘arb olimlari Farobiyning musiqashunoslikka oid merosini Yevropada musiqa ilmining rivojlanishida katta ta’sir ko‘rsatilganligini ta’kidlaydi. K.Sarton Farobiy musiqashunoslik sohasida ham «o‘z davrining Yevropa nazariyalaridan ancha oldinda edi» deb ko‘rsatadi.
Fransuz arabshunos olimi Karra de Voo Farobiyni musiqa san’atidagi xizmatlarini ta’kidlab, «Farobiy yana buyuk musiqachi ham edi. Biz uning sharq musiqasi nazariyasi bo‘yicha eng muhim asarlari uchun undan minnatdormiz» - deb yozgan edi. Yana u, - «U ayni vaqtda ham ijrochi-musiqachi, ham bastakor edi. Uning qobiliyatiga Sayfutdavlat qoyil qolgan edi. Darvish Mavlonlar hozirga qadar ham muallifii Farobiy deb hisoblanadigan qadimgi qo‘shiqlarni kuylab yuradilar», - degan edi. Farobiyning musiqa merosiga bag‘ishlangan asarlarida ta’kidlanishicha, «Kitob al musiqiy al kabir» asarining qiymati uning umumiy va chuqur g‘oyalaridagina emas, balki Farobiy davrida o‘rta asr musulmon Sharqi madaniyatining gullab yashnagan davrida musiqa san’atining holati haqida ham keng ma’lumot berilgan.
Jomiyning aruz bilan bir qatorda musiqa nazariyasi haqida «Risolayi musiqiy» asarini yozishi shu davr madaniy hayotida katta voqea bo‘ldi. Jomiy o‘z risolasida Abu Nasr Farobiyning ko‘p jildlik «Musiqa haqida katta kitob» asaridagi g‘oyalarni yanada rivojlantirdi, musiqani tovushlarning o‘zaro ohangdoshlik (ta’lif) va noohangdoshlik (manofarat) nuqtai nazaridan o‘rganuvchi, yangi kuy yaratish uchun ular orasidagi oraliq(ozmina)larni tekshiruvchi fan deb xarakterladi. Musiqa, uning fikricha, insonga eng yuqori ma’naviy oziq beradigan mukammal go‘zal tovushlar haqidagi fandir. Bu fan insonlarga xizmat qilishi, ularning hayotini bezashi zarur.
Abdulqodir Marog‘iy (XV asr I yarmi). Xoja Abdulqodir ibn G‘anbiy Marog‘iy 1353 yili hozirgi Ozarbayjon hududida tug‘ilgan. Musiqadan ta’lim olgach, Samarqandda Amir Temur (XIV asr) saroyida va umrining oxiri – 1435 yilga qadar Hirotda Amir Temurning o‘g‘li Shohruh Mirzo (XV asr I yarmi) saroyida xizmat qilgan. U mashhur bastakor, musiqashunos va mohir sozanda (ud) bo‘lgan. Xoja Abdulqodir Marog‘iy musiqa nazariyasi sohasida boy mеros qoldirgan: «Kanz ulalhon» («Kuylar xazinasi»), «Jomе ulalhon» («Kuylar majmuasi»), «Maqosid ul alhon» («Kuylar hosil qilish o‘rni»), «Sharhaladvor» (Safiuddin al Urmaviyning «Kitob ul advor»iga sharh) va b. Shuningdеk, u «Kitob ul advor»ni turk tiliga tarjima qilgan.
Xoja Abdulqodir Marog‘iy asarlarida Farobiy, Safiuddin al Urmaviy, Mahmud ash Shеroziylarning musiqaga oid nazariy fikrlarini rivojlantirib, qator masalalarga aniqdiklar kiritgan (masalan, advor ilmida jamlar doiralarining 103 xilini kеltirgan). U o‘z davrida qo‘llanilgan 45 cholg‘u (ud, rubob, chang, yotug‘on, ruhafzo, egri, qo‘biz va b.) ni tavsiflagan. Xoja Abdulqodir Marog‘iy udi murassa’ dеb atalgan torli soz ixtiro qilgan. Bastakor sifatida Sharq xalqlari musiqasida mashhur tasnif, pеshrav, amal, savt shakllarida («Tasnifi Xoja Abdulqodir», «Amali Bo‘ston» kabi) kuy va ashula yo‘llari, yangi (Zarbul fath, Chohor zarb singari) doira usullarini yaratgan, ularning ba’zilari hozir ham ijro etiladi (masalan, turklarda «Qiyor» kuyi va b.). U fors va turk tillarida g‘azallar ham yozgan; g‘azallari ravonligi va musiqiyligi bilan ajralib turadi. Xoja Abdulqodir Marog‘iyning mеrosi Eron, Ozarbayjon, Xuroson, Iroq, Turkiya, O‘rta Osiyo (xususan, O‘zbеkiston) xalqlari musiqa tarixini o‘rganishda muhim manbalardandir.
XULOSA
Xulosa qilib aytsak, maktab o’quvchilarida musiqa savodxonligini amalga oshirishning ahamiyati katta. Bola birinchi sinfda harflarni o’rganib, ular orqali oddiy so’zlardan boshlab kitobga qarab o’qishni o’rganishi qanchalik zarur bo’lsa, musiqadan bahramand bo’lish uchun notalarni o’rganishi ham shunchalik zarur. Ammo, ayrim maktablarda o’quvchilar 4-sinfni tugatib ham notalarni ularning shaklini bilmaydilar. Buning sababi ko’p. Asosiy sabablardan biri – boshlang’ich sinflar musiqa madaniyati darslarining mutaxassis o’qituvchiga bermasdan sinf o’qituvchilarining o’zlariga berishdadir. Maxsus musiqiy ma’lumotga ega bo’lmagan boshlang’ich sinf o’qituvchilari asosan qo’shiqlarning matnini yozdirib, yodlatib, to’g’ri kelgan ohang bilan ayttirib yuradilar. Darsliklarda berilgan mavzularni yozdirib, takrorlatib, so’rab darsni o’tkazadilar. Ayrimlari magnitafondan foydalanib to’g’ri, noto’g’ri musiqa tinglashni ham tashkil etishlari mumkin.
Ammo o’quvchilarga qo’shiqni aniq yozilgan ohangi bilan o’rgatish, o’z ijrolarida kuy va qo’shiq tinglatishni bir foiz o’qituvchilar amalga oshirishi mumkin. Musiqa savodi ya’ni nota belgilarini o’rgatishning ahvoli bundan ham yomon bo’lishi mumkin. Chnuik, aksariyat boshlang’ich sinf o’qituvchilarining o’zlari nota yozuvini bilishmaydi. Bu masala mutaxassis musiqa o’qituvchilari darslarida ancha yaxshi bo’lishi mumkin. Lekin hamma mutaxassis musiqa o’qituvchilari ham nota savodini yaxshi biladi, xususan boshlang’ich sinf o’quvchilariga notalarni o’rgatish metodikasiga amal qiladi deb bo’lmaydi. Biz ishimizda asosan hozirgi sharoitlarni hisobga olib, ulardan kelib chiqib, o’quv DTSlari, dasturlar va darsliklarni imkon darajasida tahlil qildik. Ayrim darsliklarda berilgan musiqa savodi materiallari to’g’ri tasniflangan. Ammo ularni o’rgatish masalalarida bir muncha qiyinchiliklar bor.
Masalan, birinchi sinfda notalarni o’rganishdan oldin bu ishga etarli tayyorgarlik ko’rilishi kerak. O’quvchilar tovushlarning baland, o’rta va past bo’lishini rasmlar vositasida bilishlari kerak. Masalan ayiq katta, u karnay yoki kontrabas kabi o’ziga xos asbob chalayapti, qushcha kichik u surnay yoki skripka chalayapti kabi tushunchalar hosil qilish orqali past va baland, har bir tovushdan keyin zinapoyalar kabi keyingi undan balandroq pog’onaga chiqish singari notalarning balandga chiqishi va pastga tushishini o’rgatish mumkin.
Bolalar o’qishni bilganidan keyin, ularga she’rlar o’qish orqali notalarni qiziqib bilib olishlari, keyinchalik rebuslar orqali bo’g’in va nota chiziqlarida joylashgan nota nomini qo’shib so’z tashkil etish, hatto rebus orqali oddiy ertak o’qish ham mumkin. Hozirgi kunda testlardan keng foydalanish orqali musiqa yozuvini ( notalarni) aniqlab olish ham nazarda tutilgan. Agar aytilgan barcha vositalardan foydalanib, bolalaoni qiziqtiruvchi o’yinlarga asoslangan metodikadan foydalanilsa, notalarning vazifalarini ochib beruvchi she’rlar va rasmlarni o’rinli qo’llasa o’quvchilar musiqa savodini tez o’rganadilar. Maktab o’quvchilarida musiqiy savodxonlikni shakllantirish faqat nota belgilarini quruq o’rganib olish emas balki ularni ijro jarayoni bilan bog’lab o’rganishdadir. Ularni puxta o’rganishning yana bir omili oddiydan – murakkabga tamoyili asosida o’rganib borishdir. Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratildi.Shu bilan birga, chet tillarni o‘rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg‘or axborot va mediatexnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to‘liq javob bermayapti. Ta’lim asosan an’anaviy uslublarda olib borilmoqda.
Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz o‘rganishni tashkil qilish, shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash yanada takomillashtirilishini taqozo etadi.Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida:respublikaning barcha hududida chet tillarni, asosan, ingliz tilini o‘rganish umumta’lim maktablarining birinchi sinflaridan o‘yin tarzidagi darslar va og‘zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, o‘qish va grammatikani o‘zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanadi; Ushbu qarornining tasdiqlanishi bu biz yoshlar uchun ochib berilayotgan katta yo`l hisoblanadi.Kelajak avlod uchun esa juda kattadan katta imkoniyatlar ochib berilishidan dalolatdir.
Dostları ilə paylaş: |