1. Suyultirilgan sulfat kislota ta'siridan xloratlar beqaror xlorit kislota hosil qiladi, xlorit kislota esa xlor va kislorodga parchalanadi. Agar kislotali xlorat eritmasiga bir necha tomchi KJ eritmasi tomizilsa, yod ajraladi:
CIO3- + 6J- + 6H+ → 3J2 + Cl- + 3H2O
2. Konsentrlangan sulfat kislota ta'siridan xloratlar parchalanib, sarg`ish-yashil rangli ClO2 gazini hosil qiladi:
3C1O3- + 3H2SO4 → 3HSO4- + HCIO4 + 2ClO2 ↑ + H2O
2ClO2 → Cl2 ↑ + 2O2 ↑
Yuqori haroratda qizdirganda reaksiya portlash bilan kechganligi uchun ehtiyot choralari ko`rib qo`yilgan bo`lishi kerak.
3. Qaytaruvchilar (Fe2+. H2SO3, Zn, Al) ta'siridan xloratlar xloridlargacha qaytariladi:
ClO3-+6Fe2++6H+ →Cl-+6Fe3++3H2O
CIO3- + 3H2SO3 → Cl- + 3SO42- + 6H+
C1O3- + 2A1 + 2OH- → Cl- + 2A1O2- + H2O
Oxirgi eritmadan xlorid ionini topish orqali ClO3- ioni to`g`risida xulosa qilish mumkin.
4. Marganets (II) sulfat fosfat kislotali (p = 1,7 g/sm3) muhilda xiorat ioni bilan qizdirilganda eritma qizil-binafsha rangga bo`yaladi:
CIO3- + 6Mn2+ + 12PO43- + 6H+ → C1- + 6[Mn(PO4)2]3- + 3H2O
Eritmaga difenilkarbazidning 1 % li spirtdagi eritmasidan bir tomchi qo`shish reaksiyaning sezuvchanligini oshiradi. C1O4- ioni bunday reaksiyaga kirishmaydi, biroq BrO3-, JO3-, JO4-, S2O82-, NO2- singari ionlar esa reaksiyaga xalaqit beradi.
Bromat anionining reaksiyalari
Bromat kislota kuchli kislota bo`lganligi uchun ishqoriy melallar bromatlarining suvli eritmalari neytral muhitga ega. Bromat kislota oson parchalanib, kislorod va vodorod bromidga aylanadi, bromid ioni esa bromgacha oksidlanadi. Qattiq bromid tuzlari va ularning suvli eritmalari barqaror. Bromat ioni kislotali muhitda kuchli oksidlovchilik xossasini namoyon etadi. Ko`pgina organik moddalar bromat ionining bromidlar ta'siridan hosil bo`ladigan brom bilan bromlanishi mumkin, masalan, X-oksixinolinning bromlanishi natijasida dibromoksixinolin hosil bo`ladi:
BrO3- + 5Br- + 6H+ → 3Br2 + 3H2O
C9H6N(OH)+ 2Br2 → C9H4Br2N(OH) + 2HBr
Dostları ilə paylaş: |