Reaksiyani bajarishuchun probirkaga 2-3 tomchi MnSO4 va2-3 tomchi 2 N NaOH eritmalarini tomizib, hosil bo`lgan Mn(OH)2 cho`kmaga darhol K3[Fe(CN)6]eritmasidan 3-4 tomchi quyilganda. MnO(OH)2 hosil bo`ladi. Natijada cho`kmaning rangi tolq qo`ng`irga o`zgaradi.
Bu reaksiya [Fe(CN)6]4- ionini [Fe(CN)6]3- ionidan farqlashga imkon beradi. Bunda Mn(OH )2 ning havo kislorodi bilan oksidlanishi uifayli cho`kma qo`ng`ir rangga kirishi niumkm. Analitik reaksiya natijasi xato bo`lmasligi uchun xolis tajriba o`tkazish tavsiya qilinadi. Buning uchun ikkinchi probirkadagi MnSO4 eritmasiga NaOH eritmasidan tomizing va hosil bo`lgan cho`kma rangini asosiy reaksiyada hosil bo`lgan cho`kma rangi bilan solishtiring.
5. o`yuvchi ishqorlar va ishqoriy metallarning karbonatlari qaynatganda suvda erimaydigan ferrisianidlarni eritadi:
Fe[Fe(CN)6]2+ 6OH-→ 3Fe(OH)3↓ + 2[Fe(CN)6]3-.
6.α -Naftilamin kuprat (II) kompleksi ferrisianid ioni bilan binafsha rangli chkma liosil qiladi.
Reaksiyani bajarishuchun α-naflilaminning.sirka kislotadagi 0,5 % li va Cu(CH3COO)2 ning suvdagi 0,05 M eritmalarining teng hajmlari aralashtiriladi. Hosil bo`lgan kompleks birikma eritmasining bir necha tomchisi ferrosianid eritmasining bir necha tomchisi bilan aralashtiriladi.
Xlorat anionining reaksiyalari Xlorat kislota kuchli kislota bo`lganligi uchun ishqoriy metallar xloratlarining suvli eritmalari neytral bo`ladi. Barcha xloratlar suvda yaxshi eriydi. Xlorat kislotadan farqli ravishda xloratlar qattiq bolda ham, eritmada ham barqaror. Qizdirganda ulardan kislorod ajralib chiqib, oson parchalanadi. Xlorat kislota va uning ioni kislotali muhitda kuchli oksidlovchilik xossasini namoyon etadi:
CIO3- + 6e- + 6H+ → 6C1- + 3H,O
Xlorat ioni metallar, sulfitlar, oksalatlar va boshqa qaytaruvchilarni oksidlaydi, masalan:
3Zn + CIO3- + 6H+ → 3Zn2+ + Cl- + 3H2O
Keltirilgan misollardan ko`rinishicha, xlorat qaytarilganda xlorid hosil bo`ladi.