1. Mis metali konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida nitrat tuzi eritmasiga tushirilib qizdirilsa, qo`ng`ir NO2 gazi ajraladi:
2NO3-- + 8H+ + 3Cu → 3Cu2+ + 2NO ↑ + 4H2O
2NO+O2 → 2NO2 ↑
2. Temir (II) sulfat kristali soat oynasidagi bir tomchi nitrat tuzi eritmasiga kiritilib, aralashmaga bir tomchi konsentrtangan sulfat kislota tomizilsa, kristall atrofida qo`ng`ir rangli halqa hosil bo`ladi:
6Fe2++2NO3-+8H+ →6Fe3++ 2NO ↑ + 4H2O
NO+Fe3++ SO42- → FeNOSO4 Eritmada J-, Br-, CrO42-, MnO4-, [ Fe(CN )6]4-, [Fe(CN)6]3-, SCN-, S2O32-, SO32-, NO2-ionlar bolsa, analizga xalaqit beradi.
3. Alyuminiy yokirux metallari ta'siridan ishqoriy muhitda nitrat ion ammiakkacha qaytariladi:
3NO3- + 8Al + 5OH- + 2H2O → 3NH3 ↑ + 8A1O2- Reaksiyani bajarishuchun probirkaga 3-5 tomchi kaliy yoki natriy nitrat eritmasidan tomizib, unga 5-10 tomchi NaOH yoki KOH eritmasi qo`shiladi. So`ngra aralashmaga 20-30 mg rux yoki alyuminiy kuknni yoki 1 dona metall parchasi tashlanadi. Reaksiyani qizdirish bilan tezlatish mumkin. Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan ammiakni lakmus yoki fenolftalein bilan ho`llangan filtr qog`oz yordamida bilib olish mumkin. Lakmus ko`karadi, fenolftalein esa qizaradi. Eritmadagi NH4+ ioni nitratni topishga xalaqit berganligi uchun analizdan oldin ajratilishi kerak.
Rux bilan qaytarish konsentrlangan ishqor, alyuminiy bilan qaytarish suyultirilgan ishqor eritmasi ishtirokida o`tkaziladi. Nitrit, sianid, rodanid, ferrosianid va ferrisianid singari tarkibida azot bo`lgan ionlar analizga xalaqit beradi.