|
|
səhifə | 104/135 | tarix | 22.09.2023 | ölçüsü | 1,2 Mb. | | #147047 |
| 12 Cифat анализ
3. Kaliy permanganat kislotali muhitda nitrit ioni eritmasiga
tomchilab qo`shilib, eritma qizdirilsa. nitritni nitratgacha oksidlaydi va eritma rangsizlanadi:
5NO2- + 2MnO4- + 6H+ → 5NO3- + 2Mn2++ 3H2O
Reaksiyaga sulfid, sulfit, tiosulfat, oksalat, rodanid, arsenit,
ferrosianid, yodid, bromid singari qaytaruvchilar xalaqit beradi.
4. Temir (II) sulfat sirka kislotaning suyultirilgan eritmasi muhitida nitrit ioni bilan ta'sirlashib, temir (III) gacha oksidlanadi:
NO2- + Fe2+ + 2H+ → Fe-3+ + NO ↑ + H2O
Kuchli kislotali muhitda mazkur reaksiyada nitrat ioni ham qatnashadi.
5. Ammoniy xlorid yoki amraoniy sulfat (qattiq) bilan nitrit ioni eritmasi sekin qizdirilsa, hosil bo`lgan ammoniy nitrit parchalanib ketadi:
NO2- + NH4+ → NH4NO2
NH4NO2 →N2+2H2O
Shunday reaksiyaga kislotali muhitda mochevina ham kirishadi:
2NO2- + 2H+ + CO(NH2) → 2N2 ↑ + CO2 ↑ + 3H2O
6. Kaliy geksanitritokobaltat (III) ning hosil bo`lishi. Probirkaga 4-5 tomchi nitrit eritmasi, 3-5 tomchi Co(NO3)2 eritmasi, 2-3 tomchi suyultirilgan sirka kislota eritmasi va 3 tomchi KCl eritmasi kiritsa, sariq rangli K3[Co(NO2)6] kompleksi hosil bo`ladi:
Co(NO3)2+7KNO2+2CH3COOH → K3[Co(NO2)6]+2KNO3+2CH3COOK+ NO ↑+H2O
Co2+ + 7NO2- + 3K+ + 2H+→ K3[Co(NO2)6] ↓ + NO- + H2O
Dostları ilə paylaş: |
|
|