Taxminiy sinashlar. 1.Eritma pH qiymatini aniqlash Tekshiriladigan eritmaning kislotali muhiti unda erkin kistotalarning mavjudligidan dalolat beradi. Erkin kislotalar tekshiriladigan eritmaga qo`shilgan bo`lishi yoki tuzlarning gidrolizi mahsuloti bo`lishi mumkin. Agar pH<2 bo`lsa. eritmada NO2- kabi uchuvchan va beqaror kislotalar anionlari bo`lmaydi. Bunday sharoitda bir vaqtning o`zida oksidlovchi va qaytaruvchilar bo`lishi ham mumkin emas, ya'ni, kislotali muhitda J-NO2-, J--C1O3-, J--.JO3-, J--AsO43-, NO2--C1O3- anionlar juftliklari eritmada mavjud bo`lolmaydi. Agar eritmaning muhiti ishqoriy bo`lsa, unda erkin ishqorlar bo`ladi. ular eritmaga qo`shilgan yoki kuchli asos kationi va kuchsiz kislota anionidan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizlanishidan hosil bo`lgan bo`lishi mumkin. Neytral muhit erkin kislota va ishqorlarning yo`qligidan dalolat beradi.
2, Gazlar ajralishini tekshirish.Tekshiriladigan eritmaning bir necha tomchisi yoki qattiq namunasining bir necha kristallarga 2 N H2SO4 eritmasidan bir necha tomchi qo`shib, probirka sekin chayqatilganda nitrit anioni bo`lganda, NO2 gaz ajralib chiqadi. Agar gaz ajralishi sezilarli bo`lmasa, aralashmani sekin qizdirib ko`rish kerak. Qizdirganda gaz ajralib chiqishi kuzatilishi mumkin. Agar gaz ajralishi kuzatilsa, uning qaysi gazligini topish muhim. NO2 qo`ng`ir rangli gaz bo`lib, KJ eritmasidan o`tkazilsa, erkin yodning ajralishiga olib keladi.
3, Xloridlar guruhi anioinlari borligini tekshirish. Tekshiriladigan eritmaning 2-3 tomchisi AgNO3 eritmasidan 3-4 tomchi qo`shgand acho`kma hosil bo`lsa, unga bir necha tomchi HNO3 eritmasi tomiziladi. AgCl, AgBr, AgJ, AgJO3, AgSCN, Ag2S cho`kmalari HNO3 eritmasida erimaydi. Cho`kmaning rangi muhim ahamiyatga ega. Agar cho'kma oq bo'lsa, unda yodid va sulfid ionlari bo'lmaydi.Xloridlar guruhi anionlarining borligini Pb(CH3COO)2 bilan. (2,17-jadval), sulfid ionining borligini NiSO4 eritmasi yordamida tekshirib ko`riladi (NiS - qora rangli).
2>