Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə106/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   135
12 Cифat анализ

Taxminiy sinashlar.
1. Eritma pH qiymatini aniqlash Tekshiriladigan eritmaning kislotali muhiti unda erkin kistotalarning mavjudligidan dalolat beradi. Erkin kislotalar tekshiriladigan eritmaga qo`shilgan bo`lishi yoki tuzlarning gidrolizi mahsuloti bo`lishi mumkin. Agar pH<2 bo`lsa. eritmada NO2- kabi uchuvchan va beqaror kislotalar anionlari bo`lmaydi. Bunday sharoitda bir vaqtning o`zida oksidlovchi va qaytaruvchilar bo`lishi ham mumkin emas, ya'ni, kislotali muhitda J-NO2-, J--C1O3-, J--.JO3-, J--AsO43-, NO2--C1O3- anionlar juftliklari eritmada mavjud bo`lolmaydi. Agar eritmaning muhiti ishqoriy bo`lsa, unda erkin ishqorlar bo`ladi. ular eritmaga qo`shilgan yoki kuchli asos kationi va kuchsiz kislota anionidan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizlanishidan hosil bo`lgan bo`lishi mumkin. Neytral muhit erkin kislota va ishqorlarning yo`qligidan dalolat beradi.
2, Gazlar ajralishini tekshirish. Tekshiriladigan eritmaning bir necha tomchisi yoki qattiq namunasining bir necha kristallarga 2 N H2SO4 eritmasidan bir necha tomchi qo`shib, probirka sekin chayqatilganda nitrit anioni bo`lganda, NO2 gaz ajralib chiqadi. Agar gaz ajralishi sezilarli bo`lmasa, aralashmani sekin qizdirib ko`rish kerak. Qizdirganda gaz ajralib chiqishi kuzatilishi mumkin. Agar gaz ajralishi kuzatilsa, uning qaysi gazligini topish muhim. NO2 qo`ng`ir rangli gaz bo`lib, KJ eritmasidan o`tkazilsa, erkin yodning ajralishiga olib keladi.
3, Xloridlar guruhi anioinlari borligini tekshirish. Tekshiriladigan eritmaning 2-3 tomchisi AgNO3 eritmasidan 3-4 tomchi qo`shgand acho`kma hosil bo`lsa, unga bir necha tomchi HNO3 eritmasi tomiziladi. AgCl, AgBr, AgJ, AgJO3, AgSCN, Ag2S cho`kmalari HNO3 eritmasida erimaydi. Cho`kmaning rangi muhim ahamiyatga ega. Agar cho'kma oq bo'lsa, unda yodid va sulfid ionlari bo'lmaydi.Xloridlar guruhi anionlarining borligini Pb(CH3COO)2 bilan. (2,17-jadval), sulfid ionining borligini NiSO4 eritmasi yordamida tekshirib ko`riladi (NiS - qora rangli).

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin