Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti


Ayrim oksidlovchi va qaytaruvchi anionlarning birga



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə107/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   135
12 Cифat анализ

4. Ayrim oksidlovchi va qaytaruvchi anionlarning birga bo`lishini tekshirish. Eritmaga sirka kislota qo`shib. muhitni kislotali qilganda nitrit va yodid, yodat va yodid juftliklarining o`zaro ta'sirlashishi natijasida erkin yod hosil bo`ladi. Agar uslibu tajriba natijasida yod ajralmasa, eritmaga 2 N HCl eritmasi qo`shib, muhitni kislotali qilish mumkin. Bunda yodid va xlorat, yodid va arsenat bo`lganda erkin yod chiqadi. Agar eritma loyqalansa, tiosulfat borligi haqida xulosa qilinadi.
5. Qaytaruvchi unionlarni tekshirish. 3-4 tomchi tekshiriladigan eritmaga 1-2 tomchi H2SO4 va 1-2 tomchi 0,01 N KMnO4 tomizilganda eritma rangsizlansa, NO2-, J-, Br- va Cl- kabi qaytaruvchi anionlar borligini taxmin qilinadi. Reaksiyani ishqoriy muhitda o`tkazganda J-, SCN- va boshqa anionlar borligini topiladi. Bunda mazkur anionlarning borligini hosil bo`ladigan qo`ng`ir rangli MnO(OH)2 cho`kmasi ko`rsatadi. Reaksiyaning aniqligini oshirish ucbun aralashma 1-2 daqiqa qizdiriladi.
6. Oksidlovchi anionlarni tekshirish. Tekshirilayotgan eritma H2SO4 yoki CH3COOH yordamida kislotali muhilga keltirilib, uning 2-3 tomchisiga l-2tomchi KJ eritmasi va kraxmal kleysteri qo`shiladi. Yod ajralib kraxmal kleysteri ko`karsa, oksidlovchi anionlar borligi ma'lum bo`ladi.
7. NO2-, NO3-, S2- va CH3COO- ionlari borligini tekshirish uchun eritmaga suyultirilgan va konsentrlangan sulfat kislota eritmalari ta'sir ettiriladi va aralashmalar qizdiriladi. Agar NO2,. H2S chiqsa, erilmada NO2-, NO3-, S2- ionlari bo`ladi. Ularni tegishli reaksiyalar yordamida topish mumkin. Sirka kislota hidi kelsa, CH3COO- ning borligi haqida xulosa qilinadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin