8. [Fe(CN)6]4- va [Fe(CN)6]3-'iortlarnitopishuchun eritmaning ayrim ulushlariga Fel3+ va Fe 2+ ta'sir ettiriladi (5.22 va 5-23).
2. Moddani analizga tayyorlash.Tekshiriladigan modda eritma bo`lsa. u analizga tayyor hisoblanadi. Agar u qattiq yoki cho`kmasi bo`lgan eritma bo`lsa, uni analizga tayyorlash talab etiladi. Qattiq moddaning suvda eruvchanligi tekshirib ko`riladi. Agar u suvda erisa. uning eritmasi hosil qilinadi. Agar modda suvda qisman erisa, uning suvda eruvchan qismi eritma holida qolgan qismidan ajratiladi (cho`kmali eritma bo`lganda ham shunday qilinadi). Og`ir metallar ionlarini ajratishda aralashmaga Na2CO3 ning 2 N eritmasidan qo`shib, aralashma qaynaguncha qizdiriladi. Agar bunda ammiak hidi kelsa, qizdirish ammoniy tuzlari to`liq parchalanib ketmaguncha davom ettiriladi. Cho`kkan karbonat, oksikarbonat, gidroksid va oksidlar filtrlab yoki sentrifugalab ajratiladi. Bu amal natijasida natriy va kaliy kationlari tuzlari hamda amfoterlik natijasida anionlar shakliga o`tgan kationlargina (Al3+, Cr3+, Sn2+, Zn2+, As3+, As5+ va boshqa) qoladi. Alyuminiy, xrom, rux, qalay kabi kationlar birikmalarini olingan erllmani neytrallab (aniq) cho`ktirish mumkin. Organik oksibirikmalar ishtirokida temir, kobalt, xrom va mis kabi ionlar ishqor-karbonat eritmasiga o`tadi. Shu sababli eritmada nitrat ion borligi tekshirilgandan keyin aralashmaga nitrat kislota ta'sir ettirib, organik oksibirikmalarni parchalab yuborish kerak bo`ladi.
3. Eritmadagi anionlarni yarimsistcmatik analiz qilish. Taxminiy sinash amallari tugagandan so`ng yarimsistematik analizga o`tiladi. Bunda taxminiy sinash reaksiyalari natijalari analizning sxemalarini tanlashga yordam beradi.