Identiv o`quv maqsadi:
1.Talaba II guruh anionlari xususiy reaksiyalarini o`rganadi.
2. II guruh anionlari aralashmasini laboratoriya sharoitida mustaqil tahlil qila oladi.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi: II guruh anionlariga SO3+va x.k. kabi anionlar kiradi, guruh reagenti bariyning eruvchan tuzlaridir.
Ikkinchi analitik guruh anionlarining reaksivalari
Ikkinchi analitik guruh anionlariga F-, SO32-, S2O32-, SO42-, CO32-, PO43-, CrO42-, Cr2O72-, AsO33-, AsO43-, BO33-, BO2-, SiO32-, C2O42-, VO3-, MoO42-, WO42-, GeO32-, JO3-, JO4-, C4H4O62-, SiF62-, SeO32-, SeO42-, TeO32- va TeO42- ionlar kiradi. Bu anionlar bariyning eruvchan tuzlari ta'siridan cho`kadi. BaSO4 va BaSiF6 dan tashqari barcha cho`kmalar sirka, xlorid va nitrat kislotalarda eriydi. Ikkinchi guruh anionlarining ishqoriy metallar bilan hosil qilgan birikmalaridan tashqari ko`pchilik tuzlari ham erimaydi.
Ikkinchi guruh anionlari turli reagentlarga bo`lgan munosabatiga ko`ra quyidagi uch guruhga bo`linadi:
1) magniyli tuzlari suvda erimaydigan anionlar: F-, CO3,2-, C2O42-, PO43-, SiO32-, AsO43-;
2) bariyli tuzlari mineral kislotalarda erimaydigan anionlar: SO42-, SiF62-
3) magniyli tuzlari suvda, bariyli tuzlari esa mineral kislotalarda eriydigan anionlar: SO32-, S2O32-, CrO42-, Cr2O72-, AsO33-, AsO43-, BO33-, BO2-, VO3-, MoO42-, WO42-, JO3-, JO4-, C4H4O62-, SeO32-, SeO42-, TeO32- va TeO42
Volfram, molibden va vanadiyning eng ko`p tarqalgan birikmalari ularning yuqori oksidlanish darajalariga to`g`ri keladi va ular ammoniy sulfid ta'siridan cho`kmasdan tiotuzlar-WS42-, MoS42-, VS3,2- hosil qiladi. Bu tiotuzlaro`z xossalariga ko`ra mishyak., surma va qalay tiotuzlarini eslatadi. Kislotalar ta'siridan bu tiotuzlar parchalanlb, tegishli sulfidlarga – WS3,. MoS3, V2S5 aylanadi. Bu suifidlar ammoniy sulfidda eriydi. Ularni bu xossalariga ko`ra kationlarga kiritish kerakday tuyuladi, biroq kislotali muhitda vodorod sulfld ta'siridan WS3, va V2S5 mutlaqo cho`kmaydi. MoS3 esa qisman cho`kadi. Shuning uchun hain ularni kationlar gurhlariga kiritish maqsadga muvofiq emas.
II analitik guruh anionlarining Ag+ ioni bilan hosil qilgan tuzlari esa suyultirilgan kislotalarda va ba'zilari (Ag2SO4, AgF) hatto suvda ham eriydi. Bu guruuh anionlaridan AsO43-, AsO33- ionlarning reaksiyalari 2.1.4.6 bandda ko`rib chiqilgan edi. Shuning ucliun bu anionlar analiziga to`xtalmasdan, qolgan ko`p tarqalgan II analitik guruh anionlarining xususiy reaksiyalarini ko`rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |