Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti


Sulfanil kislota va a-naftilamin



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə105/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   135
12 Cифat анализ

7. Sulfanil kislota va a-naftilamin (Griss-Ilosvay reaktivi) nitrit ioni bilan ta'sirlashganda qizil rangli azobo`yoq hosil bo`ladi.
Reaksiyani bajarish uchun bir tomchi nitritning soat oynasidagi neytral eritmasiga bir tomchidan sulfanil kislota va a-naflilamin eritmalari tomiziladi. Ushbu reaksiya juda seziluvchan reaksiyadir.
Atsetat anionining reaksiyalari
Ko`pchilik atsetatlar suvda yaxshi eriydi, ishqoriy va ishqoriy-yer metallari atsetatlarining eritmalari ishqoriy muhitga ega. Kumush va simobning atsetatlari suvda kam eriydi.
1. Sulfat kislota atsetatlarga ta'sir etganda sirka kislota hosil bo`ladi. Qizdirilganda uchib chiqayotgan sirka kislotani hididan bilib olish mumkin:
CH3COO-+H2SO4→ CHCOOH↑+HSO4-
2. Etil yoki amil spirt konsentlangan sulfat kislota ishtirokida atsetatlarga ta'sir ettirilganda etiltatsetat hosil bo`ladi:
CH3COO- + C2H5OH→CH3COOC2H5+H2O
Reaksiyani bajarish uchun atsetat eritmasining bir necha tomchisiga, yaxshisi, bir necha kristaliga 3-4 tomchi konsentrlangan H2SO4 va 3-4 tomchi etil spirt qo`shib. aralashma 1-2 daqiqa davomida suv hammomida qizdiriladi.
Ajraiib chiqayotgan etilatsetat yoki amilatsetat (nok hidi) yoqimli hididan bilib olinishi mumkin.
Birinchi analitik guruh anionlari aralashmasining analizi
Anionlar aralashmasining analizi kamdan-kam hollarda sistematik analiz sxemasiga asosan bajariladi. Buning qator sabablari bor. Ulardan biri turli tabiiy va sanoat obyektlaridagi anionlar soni ko`pincha cheklangan bo`ladi. Shuning uchun ham anionlar analizi eritmani bo`lib-bo`lib tekshirish usuli yordamida bajariladi. Biroq ayrim hollarda sistemalik analiz sxemasi anionlarni guruhlar va guruhchalarga bo`lishda ishlatiladi. Barcha hollarda ham analizni taxminiy sinashlardan boshlash maqsadga muvofiq, bunda ayrim ionlarning ishtiroki aniqlangandan so`ng analiz sxemasi soddalashishi mumkin. Shuni unulmaslik kerakki. katiy, natriy va ammoniydan ko`pchilik kationlar qator anionlar bilan cho`kmalar hosil qilganlig iuchun analizni qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham boshqa kationlar natriy karbonat bilan qaynatib eritmadan yo`qotilishi kerak. Anionlar aralashmasida oksidlovchi va qaytaruvchi xossalarini namoyon qiladigan anionlar ham bo`lishi mumkin. Ular analizni juda murakkablashtirib yuboradi. Bunday anionlarning o`zaro ta'sirlashishi oqibatida bir ko`rinishdagi anion boshqa ko`rmishga o`tib qolishi inumkin.
Ushbu darslikda tabiiy va ayrim ishlab chiqarish obyektlarida ko`p uchraydigan anionlar aralashmalarini analiz qilish tartiblari bayon qilingan, Anionlar aralashmasining analizini quyidagi ketma-ketlik asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin