3. Kumush nitrat sulfitlar bilan ta'sirlashganda oq rangli cho`kma hosil qiladi. Eritmada oldin ortiqcha sulfit ion ishlirokida kompleks ion hosil bo`lib, so`ngra oq cho`kma tushadi:
SO32-+ Ag+ →[AgSO3]- [AgSO3]-+Ag+ →Ag2SO3↓
Cho`kma HNO3 va NH4OH da eriydi. Agar kompleks birikma eritmasi qaynatilsa, Ag metali ajraladi:
2Na[AgSO3]→2Ag + Na2SO4 + SO2 4. Mineral kislotalar suvda eriydigan va erimaydigan barcha sulfitlarni parchalab, sulfit angidrid hosil qiladi:
Na2SO3+2HCl→SO2 + H2O + 2NaCl
Ajralib chiqayotgan SO2 ni topish uchun uning yodni yoki kaliy permanganat eritmasini rangsizlantirishidan foydalaniladi:
SO2+ J2+ 2H2O→2HJ+H2SO4 4SO2 + 2MnO4-+ 2H2O→2MnSO4 + 2H+ + H2S2O6 Reaksiyani bajarishuchun og`zi tiqin bilan bilan berkitiladigan simon ikki tirsakli idishning bir tirsagiga kraxmal eritmasi qo`shib ko`kartirilgan, juda suyullirilgan yod eritmasi, ikkinchisiga bir necha tomchi sulfit erilmasidan solib, unga xlorid yoki sulfat kislota entmasidan qo`shing. Asbobni tiqin bilan darhol yopib, yod eritmasi rangining yo`qolishini kuzatiladi. Reaksiyani tezlashlirish uchun sulfitli tirsakni sekin qizdirish mumkin. Bunday idish bo`lmasa, ikkita probirka olib, ularning og`zini nay o`tkazilgan tiqinlar bilan bcrkiting. Tiqinlardagi naylarni shlang yordamida bir-biriga ulang. Birinchi probirkaga kraxmalli yod eritmasidan solib, tiqinni yoping. Ikkinchi prabirkaga sulfit va kislota erilmalari solib, tiqinni berkiting.
5. Oksidlovchilar ta'siridan sulfit ion qaytarilib. oksidlovchi rangsizlanadi. Masalan, KMnO4kislotali muhitda:
5SO3-+2MnO4-+6H+→5SO42-+2Mn2++3H2O
ishqoriy muhitda:
3SO32- + 2MnO4-+ 3H2O→3SO42- + 2MnO(OH)2↓ + 2OH- ta'sirlashadi. Yod esa
SO32- + J2 +3 H2O→ SO43- + 2J- + 2H+ ta'sirlashadi.