4. Bariy sulfatning kaliy permanganatni adsorbilashi natijasida cho`kma to`q binafsha-qizil rangga kiradi. Agar shu aralashmaga H2O2 qo`shilsa, eritma rangsizlanib. Cho`kma rangsizlanmaydi.
Reaksiyani bajarishuchun probirkaga sirka bilan kislotali muhitga keltirilgan tekshiriladigan eritmadan bir tomchi va bir tomchidatn kaliy permanganat va bariy nitrat eritmalari qo`shiladi.
Natijada hosil bo`lgan BaSO4 cho`kmasi kaliy permanganatni adsorbilashi natijasida cho`kma to`q binafsha-qizil rangga kiradi. Cho`kmani eritmadan sentrifugalab ajratib, unga 1-2 tomchi H2O2 tomizilsa, cho`kma rangsizlaninaydi. Eritmada qolgan permanganat esa rangsizlanadi. BaSiF6 cho`kmasi ham kislotali muhitda hosil bo`lsa-da, kaliy permanganatni adsorbilamaydi.
6.2. Sulfit anionining reaksiyalari SO32- anioni kuchsiz sulfit kislotaga (Ka1=1,7∙10-2; Ka2=6,2∙ 10-8) tegishli bo`lib, bu kislota faqat suvdagina ma'lum. Sulfit kislota va sulfit tuzlari rangsiz va beqaror bo`lib, suvdagi eritmalarida SO42- ionigacha oson oksidlanadi. Sulfitning oksidlanishi kislotali, ishqoriy va neytral muhitlarda kechishi mumkin. Ko`pchilik sulfitlar suvda erimaydi, ishqoriy metallar, ammoniy va magniy sulfitlari suvda eriydi. Suvdagi eritmalarda ular ishqoriy (pH=9) muhitga ega. Ularning nordon tuzlari kuchsiz kislotali (pH=4-5) muhitli. Sulfitlar komplekslar hosil qilishi mumkin:
2Ag+ + SO32- →Ag2SO3 Ag2SO3+ SO32- →2[AgSO3]- 1. Bariy xlorid sulfit ion bilan kislotalarda eriydigan oq BaSO3 cho`kma hosil qiladi:
Ba2+ + SO32- → BaSO3 ↓
BaSO3 + 2HC1 → BaCl2 + SO2↑ + H2O
2. Stronsiy xlorid sullit ioni bilan kislotalarda eriydigan oq SrSO3 chkma hosil qiladi:
Sr2++SO32-→ SrSO3 ↓
SrSO3 + 2HC1→ SrCl2 + SO2↑ + H2O
Cho`kmaning SrSO3 ekanligiga ishonch hosil qilish uchun, uni 2-3 marta 0,5 ml distillangan suv bilan yuvib, 2 N HC1 ning 2-3tomchi eritmasida eriting. Hosil qilingan eritmaga 2-3 tomchi vodorod peroksid yoki xlorli suv eritmasi qo`shilganda, kislotalarda erimaydigan SrSO3 cho`kma hosil bo`ladi. Shunday sharoitda tiosulfat ion stronsiy bilan cho`kma hosil qilmaydi, shuning uchun ham bu reaksiya sulfit ionni tiosulfat iondan ajratish uchun ishlatilishi mumkin.