6.1. Sulfat anionining reaksiyalari Sulfat ioni bilan ko`pchilik kationlar hosil qilgan tuzlar suvda yaxshi eriydi. BaSO4, SrSO4, CaSO,. PbSO4, Hg2SO4 tuzlar suvda kam eriydi. Ko`pchilik sulfatlar rangsiz, kuchsiz asoslar kationlarining eruvchan sulfatlari suvda kislotali muhitga ega.
l. Qo`rg`oshin nitrat – Pb(NO3)2 SO42- bilan CH3COONH4 va NaOH da eriydigan oq chkma - PbSO4 liosil qiladi:
Pb(NO3)2 + H2SO4 →PbSO4↓ + 2HNO3 Pb2++SO42-→PbSO4↓
PbSO4cho'kmasi konsentrlangan H2SO4da Pb(NSO4)2 hosil qilib eriydi:
PbSO4+ H2SO4→ Pb(NSO4)2 2. Kumosh nitratning 3-4 tomchi eritmasiga konsentrlangan H2SO4 dan 4-5 tomchi qo`shilsa. oq rangli Ag2SO4 cho`kadi:
2AgNO3+ H2SO4→ Ag,SO4↓ + 2HNO3 Ag2SO4suvda ozbo`lsa-da eriganligi sababli, uni suyultirilgan H2SO4ta'siridan cho`ktirib bo`lmaydi.
3. Bariy karbonat - BaCO3 suv hammomida sulfat ioni bilan qizdirilganda almashinish reaksiyasi tufayli bariy sulfat hosil bo`ladi:
BaCO3 + SO42-→ BaSO4↓ + CO32- Reaksiyani bajarishuchun tigelga neytral tekshiriladigan eritmadan 2-3 tomchi va kimyoviy toza BaCO3 suspenziyasidan 3-4 tomchi solib, suv hammomida quruq qoldiqqacha bug`latiladi. Quruq qoldiqqa bir tomchi fenolftalein eritmasi tomizilganda, qizil rang paydo bo`ladi. Indikator rangining o`zgarishi erkin shaklga o`tgan karbonat ionning gidrolizi bilan tushuntiriladi:
CO32- + HOH ↔ HCO3- + OH-
HCO3- + HOH↔H2CO3 + OH-