Reaksiyuni bajarishuchun 1-2 tomchi HNO3 qo`shilgan va 50-60°C gacha qizdirilgan (NH4)2MoO4 eritmasiga 1-2 tomchi Na2HPO4 eritmasi tomiziladi.
3. Tcmir (III)tuzlari fosfat ion bilan sirka kislotada erimaydigan sarg`ish tcmir fosfat cho`kma hosil qiladi:
PO43- + Fe3+ →FePO4↓
Fosfat ionni aniqlash uchun samarasi yuqori reaksiya sifatida temir (III) rodanid bilan bo`lgan reaksiyani keltirish mumkin. Bu reaksiyada faqatgina cho`kma tushib qolmasdan, qizil-qon rangli eritma rangsizlanadi ham:
PO43-+Fe(SCN)3→ FePO4↓+3SCN- 6.6. Xromat aniunining reaksiyalari Xromat, dixromat ionlar va xromat kislota kuchli oksidlovchilar hisoblanadi. Xromat va dixromatlar qaytarilganda ularning sariq va to`q sariq ranglari yashil yoki binafshaga o`tadi. Bu ionlar Fe2+, Sn2+, AsO33-, SO32-, J-, S2-, C2O4-, SCN-,CN-, [Fe(CN)6]4- va boshqa ionlarni yuqori oksidlanish darajasigacha oksidlaydi.
Eritmada CrO42- ioni sariq rangli bo`lib, kislotali muhitda to`q sariq rangli Cr2O72- ioniga aylanadi:
2CrO42- + 2H+→ Cr2O72+ H2O
Shuning uchun ham xromat va bixromat kislotalarni eritmadan toza holda ajratib bo`lmaydi, chunki ular parchalanib CrO va H,O hosil qiladi.
I, Qo`rg`oshin atsetat eritmasining 4-5 tomchisi K2CrO4 ning 3-4 tomchi eritmasiga ta'sir ettirilganda, PbCrO4ning sariq cho'kmasi tushadi:
Pb(CH3COO)3 PbCrO4 + 2CH3COOK
Cho`kma HNO3 va ishqorlarda eriydi. CH3COOH da esa erimaydi.
2. Vodorod peroksid eritmasidan 2-3 tomchisi va 2-3 tomchi HCl eritmasi 4-5 tomchi K2CrO4 eritmasiga tomizilganda, CrO42- oksidlanib perxromat kislotaga – H2CrO6 aylanadi va eritma ko`k rangga kiradi:
K2CrO4+ 2H2O2+ 2HClH2CrO6 + 2KCI + 2H2O
Reaksiyaning sezuvchanligini oshirish uchun eritmaga 0,2-0,3 ml amil spirti qo`shish mumkin. Bunda amil spirti qavati ko`karadi.