Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə24/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   135
12 Cифat анализ

3. Ammoniy sulfid - (NH4)2S gidrolizlanib, NH4HS va NH4OH
hosil qiladi. Gidroliz reaksiyasi natijasida hosil bo'lgan NH4OH alyuminiyni gidroksid shaklida cho'ktiradi:
A13++ 3(NH4)2S + 3H2O→A1(OH)3↓+ 3NH4HS + 3NH+
4. Natriy, kaliy karbonat tuzlari suvli eritmalarda ishqorli gidrolizlangani uchun alyuminiy ioniga ta'sir ettirilganda alyuminiy gidroksid hosil bo'ladi:
CO32- +H2O → HCO3- + OH-
A13+ + 3OH-→Al(OH)3
5. Natriy atsetat - CH3COONa alyuminiy tuzlari eritmalari bilan oq rangli pag'asimon (bodroqsimon) cho'kma hosil qiladi:
A13++ 3CH3COO-+ 2H2O →Al(OH)2CH3COO↓ + 2CH3COOH
Hosil bo'lgan oksiatsetat sirka va mineral kislotalarda eriydi. Reaksiya ancha suyultirilgan eritmalarda yuqori haroratda tez boradi.
6. Natriy gidrofosfat - Na2HPO4alyuminiy ioniga ta'sir etganda oq rangli A1PO4cho'kma hosil bo'ladi:
A13+ + 2HPO42- → AlPO4↓ + H2PO4-
Ma'lum bo'lishicha, gidrofosfat eritmasida amalda fosfatli bufer aralashma (Na2HPO4+NaH2PO4) hosil bo'lib, uning pH qiymati 6,6 atrofida bo'ladi. Fosfat tuzi quyidagi reaksiya natijasida hosil bo'ladi:
2HPO42- → PO43- + H2PO4-
7. Alizarin (dioksiantraxinon) - C14H6O2(OH)2alyuminiy tuzi va ammiak eritmasi bilan qaynatilganda, to'q sariq-qizil rangli ichki kompleks birikma - «alyuminiyli alizarin loki»ni hosil qiladi:
Alyuminiyli lok sirka kislotada erimaydi. Eritma sovigach, cho'kmaga biroz sirka kislotasi qo'shilsa, rang intensivligining pasayishini kuzatish mumkin.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin