Fan va inovatsiyalar vazirligi tmc instituti


Suvni taqsimlash tizimlari



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə3/4
tarix22.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#147400
1   2   3   4
Suvni taqsimlash tizimlari

Suvni taqsimlash tizimlari.

Yer yuzida yashovchi har qanday mavjudot massasining asosiy qismini suv tashkil qiladi. Masalan, balog‘at yoshiga yetgan kishilar tanasining yarmidan ko‘p qismini suv tashkil qiladi. Badanda yog‘ to‘planishi bilan suvning hissasi kamayadi. Inson 50 yoshdan o‘tgach, uning badanidagi suvning miqdori kamayib boradi. Organizmdagi suvning asosiy qismi (70 %) protoplazmalar to‘qimasida, 7 % suv qon plazmasini hosil qiladi, 23 %ga yaqini to‘qimalarni yuvib turishga sarf bo‘ladi.
Inson organizmi uchun ham, hayvonlar uchun ham suvning ahamiyati beqiyosdir. Ovqat hazm qilish jarayoni organizmning muhim suv muhitida kechadigan funksiyasidan biridir. Suv har qanday oziq-ovqat mahsulotini erituvchi muhim eritma hamdir. Suv bilan birgalikda ozuqa moddalar (oqsil, uglevodlar, yog‘lar, mineral tuzlar) oshqozonga va ichakka so‘riladi va qon tarkibiga o‘tadi. Qon bilan esa organizm bo‘ylab teng tarqaladi.


Suvning inson uchun qadrlilik darajasi

Suvni organizmdan chiqaruvchi muhim a’zo buyrak hisoblanadi. Aynan buyrak orqali odam organizmidagi suvning yarmiga yaqini o‘tadi. Shu bilan birga, buyrakdan bir sutka davomida 100 litr qon ham o‘tadi. Bu yerda qon keraksiz moddalardan tozalanadi. Bu keraksiz moddalarni esa organizmning turli a’zolaridan suv olib keladi. Odam organizmida ro‘y beradigan murakkab jarayonlardan so‘ng bir qismi siydik orqali chiqib ketadi. Shuning uchun ham ichimlik suvining toza bo‘lishi muhim ahamiyatga egadir.
Mabodo suv yetishmasa, buyraklarga yordam kerak bo‘ladi va u jigarga murojaat qiladi. Agar jigar tez-tez buyrakning vazifasini bajarishiga to‘g‘ri kelsa, u samarali ravishda ishlay olmaydi. Insonda 1 % suv yo‘qotilishi chanqoqni qo‘zg‘atadi; 2 %i bardoshlilikni pasaytiradi; 3 %i kuchni kamaytiradi; 5 %i so‘lak va siydik ajralib chiqishini kamaytiradi, nafas olishni tezlashtiradi, loqaydlik, mushak zaifligi, ko‘ngil aynishini keltirib chiqaradi. Buyuk tibbiyot ulamosi Buqrot (Gippokrat) ko‘p miqdorda suv ichib, siydik hajmini ko‘paytirish va bu bilan siydik yo‘lida toshlar paydo bo‘lishining oldini olishni tavsiya etgan. Bugungi kunda taxminan 12-15 % aholining buyragida tosh hosil bo‘lmoqda.
Inson tanasi og‘irligining 6-8 % namligi yo‘qolsa, insonning tana harorati ko‘tariladi, terisi qizaradi, yurak urishi tezlashadi, nafas olishi susayadi, bo‘g‘inlar kuchsizlanadi, bosh aylanadi, bosh og‘riydi, hushini yo‘qotsa, odam o‘ladi.


  1. Yüklə 0,87 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin