Fan va inovatsiyalar vazirligi tmc instituti


Suv bo‘yicha islohotlar va huquqiy himoya



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə4/4
tarix22.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#147400
1   2   3   4
Suvni taqsimlash tizimlari

Suv bo‘yicha islohotlar va huquqiy himoya.

O‘zbekiston Respublikasining suv xo‘jaligi majmuyi (SXM) o‘z ichiga murakkab tashkiliy-texnik va iqtisodiy mexanizmni birlashtiradi. Mamlakatning barcha hududiga suv olib kelish va olib ketish tizimining me’yoriy ishlashini ta’minlaydi hamda yuz minglab suv iste’molchilari va suvdan foydalanuvchilarga xizmat qiladi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektoridagi asosiy mahsulot ishlab chiqaruvchi, eng katta suv iste’molchisi sug‘oriladigan dehqonchilikdir.
Suv resurslari. Amudaryo va Sirdaryo havzalaridagi o‘rtacha ko‘p yillik suv resurslari hajmi 133,6 km kubni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining ustki suv resurslari

Ko‘rsatilgan hajmdan O‘zbekistonga to‘g‘ri keladigani 72,4 km kub, shundan 61,1 km kub sug‘orishga va 11,3 km kub boshqa iste’molchilarga sarflanmoqda. O‘zbekiston Respublikasining bor suv resurslari qayta tiklanadigan tabiiy yerosti va yerusti hamda antropogen asosli qaytib keluvchi suvlardan iborat.
Suv resurslari ikki guruhga bo‘linadi:
– milliy suv resurslari;
– transchegaraviy suvlar.
Hozirgi paytda respublikada, asosan, irrigatsiya maqsadida 51 ta suv omboridan foydalaniladi. Ularning to‘liq loyihaviy hajmi 18,8 km3 , foydali hajmi 14,8 km3 ni tashkil etadi. Eng yiriklari Tuyamuyun, Chorvoq, To‘dako‘l, Kattaqo‘rg‘on suv omborlaridir. O‘zbekistonning eng yirik suv omborlari kompleks ishlatiladi va asosan, irrigatsiya, energetika va sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan. Suv omborlaridan uzoq muddat foydalanish va ular tarkibida ro‘y bergan o‘zgarishlar keskin loyqalanishga olib keldi. Hozirgi paytda 11 ta milliy suv ombori loyqalanishdan tozalanishga muhtoj, 5 ta suv omborida loyqa darajasi chiqish chegarasiga yetib qoldi.
Gidrosfera shartli ravishda yerusti va yerosti suvlariga bo‘linadi. Yerusti suvlariga okean, dengiz, daryo suvlari kirsa, yerosti suvlariga buloq suvlari, termal suvlar, minerallashgan yerosti suvlari kiradi. Bunday chuchuk yerosti suvlarining 1 litri tarkibida 1 grammdan kam bo‘lgan turli erigan moddalar bo‘lishi mumkin. Bu suvlar yer sathidan o‘rtacha 10-50 metr, ba’zan 200- 500 metrgacha, juda kam hollarda ichimlik suvi sifatida ham sug‘orish ishlari uchun foydalaniladi.
Termal yerosti suvlarining harorati 40-60 OC gacha bo‘ladi. Ba’zan 60-100 OC gacha bo‘lishi ham mumkin. Bunday suvlardan inshootlar, issiqxonalar, uylarni isitishda foydalaniladi. Bunday suvlar, odatda, 1000 metrdan chuqurda, chuchuk suvli qatlamlar orasida joylashgan bo‘ladi. Masalan, Kuril orollari va Kamchatka yarimorolidagi suvlar gidrotermal suvlar hisoblanadi.
Siz suvni atrofingizda har kuni ko‘l, daryo, muz, qor yoki yomg‘ir shaklida ko‘rasiz. Shu bilan bir vaqtda suvning juda katta hajmi borki, u ko‘zga ko‘rinmaydi, bu yerostida mavjud bo‘lgan va yerda harakatlanayotgan suv.
Odamlar ming yillar mobaynida yerosti suvlaridan, asosan, ichimlik maqsadida hamda sug‘orish uchun foydalanib kelganlar va hozir ham foydalanishmoqda. Yerdagi hayot uchun yerusti suvi qanchalik muhim bo‘lsa, yerosti suvi ham shunchalik muhim. Yerustiga tushuvchi yog‘inning bir qismi tuproqqa infiltratsiyalanib, yerosti suviga aylanadi.
Tuproq ichidagi bu suvning bir qismi yer sirtiga yaqinlashib, tezda o‘zanlardagi suvga qo‘shilsa, asosiy qismi gravitatsiya hisobiga pastga chuqurroq singib borishda davom etadi. Diagrammaning ko‘rsatishicha, yerosti suvi harakatining yo‘nalishi va tezligi suvli qatlamning turli ko‘rsatkichlariga va qatlamlar joylashishiga bog‘liq (qattiq qatlam orqali suvning sizib o‘tishi qiyin kechadi). Suvning yer sathidan pastda harakatlanishi jinslarning o‘tkazuvchanligi (suvning harakatlanishi qanchalik oson yoki qiyinligi) va g‘ovakliligiga (jinsda mavjud bo‘lgan ochiq hajmning kattaligiga) bog‘liq.
Agar jinslar o‘z ichidan suvning nisbatan oson oqib o‘tishiga imkon bersa, u holda suv bir necha kun mobaynida uzoq masofalarga yetib borishi mumkin. Shu bilan birga, suv shunchalik chuqur qatlamlarga singib ketishi mumkinki, uning yana tabiatga qaytib chiqishi uchun ming yillar zarur bo‘ladi.
Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin