Fanga kirish. Issiqlik energiyasining iste'moli ta'minoti tizimlari reja: Texnik-iqtisodiy aspektlari



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə9/17
tarix26.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#198366
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
FANGA KIRISH. ISSIQLIK ENERGIYASINING ISTE\'MOLI TA\'MINOTI TIZIMLARI

Qurilmani o’rnatish

Qurilma sotib olingandan keyin tabiiyki, uni o’rnatish zarur. Tizimning murakkabligiga bog’liq ravishda uni o’rnatish uchun kerakli vaqt turlicha bo’ladi. Lekin, o’rnatish jarayoni bir necha kundan oshmasligi kerak. O’rta va katta tizimli qurilmalarni o’rnatishda qiyinchiliklar mavjud, qurilma va kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishdan paydo bo’lishi mumkin.


Katta bo’lmagan tizimlarni o’rnatishda butun binoni yoki alohida olingan kvartirani suv ta’minoti tizimga ulash, shuningdek santexnik kommunikatsiyalar tarmog’iga zaruriy o’zgartirishlar kiritish eng muammoli jihatlar hisoblanadi.
Bundan tashqari to’g’ri joylashtirish, mo’ljalni to’g’ri olish va bino qutisiga kollektorlarni mustahkamlash, maydonning salqin bo’laklari mavjudligi va boshqalarni unutmaslik lozim. Umuman olganda shuni ta`kidlash kerakki, quyosh issiq suv va issiqlik ta’minoti qurilmalarni mavjud binolarga joylashtirishda paydo bo’ladigan muammolar, agar quyosh qurilmasi, ya`ni ko’rilayotgan binoning bir qismi sifatida loyihalangan bo’lsa, ularni o’rnatish uchun sarflanadigan harajatlar sezilarli kamayadi.

Ba`zi qo’shimcha tavsiyalar

Yuqorida ta`kidlab o’tilganidek, hozirgi vaqtda bozor - sotib oluvchiga gelioenergetik tizimlarning katta tanlovini taklif qilmoqda. Tizimlarning unumdorligi, bahosi va iqlimiy sharoitlariga mos kelishini hisobga olib tanlashdan tashqari tayyorlovchi va maslahatchini to’g’ri tanlash katta ahamiyatga ega. Bu erda nima nazarda tutiladi?


-tanlov: nima maqbul-kerakli tizimni shaxsiy kuchlar bilan tanlash kerakmi yoki bunday tizimni tanlashda ishlab chiqaruvchilar yoki maslahatchilar xizmatidan foydalanish kerakmi?
-tanlov: nima maqbul-tizimni bitta tayyorlovchidan to’liq sotib olishmi yoki uni har xil tayyolovchilardan qismlarni alohida sotib olishmi?
-tanlov: nima maqbul-tizimni o’zingizning kuchlariningiz bilan o’rnatishmi yoki tayyorlovchi tashkilot (ixtisoslashgan qurilish tashkiloti) xizmatidan foydalanish kerakmi?
-e’tiborni tizimni sotib olish shartlariga qaratish kerak, kafolatli xizmat ko’rsatish va tayyorlov tashkilotida mos keluvchi servis xizmatining mavjudligi, tayyorlovchi tomonidan kafolat muddati tugagandan keyingi xizmat ko’rsatish va kuzatuvni ta`minlash.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin