Energiya iste`moli kattaligi va shaklidan kelib chiqgan holda tizim turini tanlash
O’rta mahsuldor quyosh suv isitgichlari tizimlari
Agar foydalanuvchi issiq suv iste`moli kattaligi ma’lum bo’lsa, foydalanuvchilar o’rtacha sutkali iste`moli 40 l odam kun issiq suv harorati 50 s, qurilmaga tushayotgan sovuq suv xarorati 10 s deb faraz qilish mumkin. Shunday qilib, qurilma asosiy elementlari taxminan quyidagicha baholanishi mumkin:
Shimoliy regionlar: 1 odamga-1,5 m2 (panel) va 50 l (bak hajmi)
Janubiy regionlar: 1 odamga-1 m2 (panel) va 50 l (bak hajmi)
Agar energiya iste`moli mavsumiy xarakterga ega bo’lsa yoki undan foydalanish spetsifik bo’lsa, energiya iste`moli hajmi va dinamikasini sinchiklab hisoblash tumandagi quyosh nurlanishiga mos keluvchi ko’rsatkichlar bilan solishtirish zarur.
Isitish tizimlari
Taxminan kollektor panelining 1m2 yuzasidan foydalanish hisobiga olinadigan samara, bir yil davomida issiq iqlimga ega bo’lgan zonalarda 500 l, sovuq iqlimga ega bo’lgan zonalarda 700 l suyuq yoqilg`ini yoqish hisobiga olinadigan samaraga teng bo’ladi. Lekin, shunga qaramasdan isitish tizimining eng ko’p ishlaydigan vaqti kuzqish davriga to’g’ri keladi. Bu vaqtda geliy suv isitgichlari eng samaradorlik bilan ishlaydi.
Suzish havzalari suv isitish tizimlari
Bunday tizimning yig’uvchi yuzasi maydoni ochiq havzalar uchun issiq iqlimli regionlarda havza suv yuzasi maydoning 30 dan 50% gacha, sovuq iqlimli regionlarda 50% dan ko’p qismini tashkil qilishi kerak. Yopiq suv havzalari suv isitish tizimlarini, baholash murakkabroq. Uni uzatish uchun obg’ekt joylashgan tuman iqlimi, haroratning o’zgarish dinamikasi haqidagi ma’lumotlar, ob`ektda bug’lanish natijasida suv yuzasidan yo’qolayotgan energiyani qaytarish imkonyatlari va hokazalar o’rganilishi lozim.
Kapital qo’yilmalar boshlang’ich hajmini baholash
Shu dalilni ta`kidlash kerakki, tizim tannarxi region bozoridagi vaziyatga qarab sezilarli o’zgaradi. Harorat kattaligini baholash uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin:
-kichik tuzimlar (yig’uvchi yuza maydoni 50 m2 dan kam):
-240 dan 640 AQSH dollorigacha (1m2 bahosi), bundan;
-40% -kollektor qiymati;
-40%-bak-akkumulyator qiymati;
-20%-tizimning qolgan qismi;
-o’rtacha katta tizimlar (50 m2 dan katta);
-1 m2 qiymati 200 dan 400 AQSH dollorigacha, bundan:
-50%- kollektor qiymati;
-30%- bak-akkumulyator qiymati;
-20%-tizimning qolgan qismi;
Ikkinchi holda yig’uvchi yuza maydoni birligiga bo’ladigan harajatlar va umumiy maydon o’rtasida teskari bog’liklik mavjud. Shuning uchun tizimning maqbul o’lchamlarini va o’z navbatida yig’uvchi yuza maydonini aniqlash zarur.
Dostları ilə paylaş: |