Fanga kirish. Issiqlik energiyasining iste'moli ta'minoti tizimlari reja: Texnik-iqtisodiy aspektlari


Ekologiya va estetika bilan bog’liq masalalar



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə10/17
tarix26.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#198366
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
FANGA KIRISH. ISSIQLIK ENERGIYASINING ISTE\'MOLI TA\'MINOTI TIZIMLARI

Ekologiya va estetika bilan bog’liq masalalar

Umuman olganda, soz holatdagi gelioenergetik tizimni ekologik jihatdan mutlaqo zararsiz ob`ekt deb hisoblash mumkin.


Birinchi navbatda, bunday tizimlarning an`anaviy energetik qurilmalarga nisbatan afzalligi zararli moddalar (SO2, SO va hokazo) ni atmosferaga, suvga va tuproqqa chiqarmasligidir.
Ikkinchidan, gelioenergetik qurilma amalda shovqinsiz ishlaydi. Bu ham katta ahamiyatga ega bo’lgan omil hisoblanadi.
Uchinchidan, gelioenergetik qurilma ish jarayoni davomida, avariya vaziyati yuzaga kelganda atrof-muhit ifloslanish xavfi yuzaga kelmaydi. Portlashlar, zaharli chiqindilar chiqarilishi va hokazolar sodir bo’lmaydi.
Estetika nuqtai nazaridan qaraganda, yagona muammo kollektor tashqi ko’rinishi hisoblanadi. Chunki, u bino ustiga o’rnatilganligi bois, uning tashqi ko’rinishini o’zgartiradi. Lekin, bu muammoni osongina hal qilish mumkin. Bitta yechim bu binoning me`morchilik yechimini shunday hal qilish kerakki, kollektorlar me`morchilik unsuri sifatida qabul qilinsin. Masalani, hal qilishning boshqa yo’li-bino ustida joylashtirilgan kollektorlarni me`morchilik usullari bilan niqoblash.

Moliyaviy qo’llab-quvvatlash masalalari

Ko’pgina mamlakatlarda jumladan Yevropa ittifoqi mamlakatlarida quyosh energiyasidan issiqlik olish uchun foydalanish, moliyaviy qo’llab-quvvatlash orqali rivojlantiriladi. Shu maqsadda, Yevropa Hamjamiyati darajasida, misol uchun TERMI, shuningdek milliy regional yoki mahalliy darajada (Germaniyada, xususan,


Federal erlar jamg’armasi) da turli dasturlar o’tkaziladi.
Misol uchun Yevropa Hamjamiyati mamlakatlari tomonidan TERMI dasturi doirasida 1979 yildan 1991 yilgacha bo’lgan davrda turli maqsadlarda quyosh energiyasidan issiqlik olish maqsadida foydalanish bo’yicha umumiy summasi 87,3 mlng. yaqin bo’lgan 154 ta loyiha amalga oshirildi.
Bunday qo’llab-quvvatlash turli xalqaro, milliy va mahalliy dasturlar, foizsiz yoki kam foiz qarzlar, mahalliy yoqilg’i energiya manbalaridan foydalanish varianti bilan solishtiriganda harajatlar ortishini qoplovchi moliyalashtirish tomonidan beriladigan grant shaklini olishi mumkin. Bunda, ko’p hollarda, moliyaviy ko’mak olish uchun gelioenergetik tizimning ma’lum bir sertifikatlash talablarini bajarish lozim. Shu narsani eslatib o’tish kerakki, Markaziy Osiyo regioni mamlakatlarida quyosh issiqlik energiyasidan foydalanish bo’yicha davlat darajasidagi yagona me`yoriy hujjat GOST 28310-89 «quyosh kollektori»: Umumiy texnik sharoitlar bo’lib, uning asosida hozirgi vaqtda milliy standartlarga tayyorlanmoqda. Quyosh energiyasidan foydalanuvchi korxonalarga moliyaviy yoki boshqa turdagi ko’mak berish region mamlakatlarida hozircha amalga oshirilayotgani yo’q.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin