Fanga kirish. Issiqlik energiyasining iste'moli ta'minoti tizimlari reja: Texnik-iqtisodiy aspektlari



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə1/17
tarix26.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#198366
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
FANGA KIRISH. ISSIQLIK ENERGIYASINING ISTE\'MOLI TA\'MINOTI TIZIMLARI

FANGA KIRISH. ISSIQLIK ENERGIYASINING ISTE'MOLI TA'MINOTI TIZIMLARI



Reja:

  1. Texnik-iqtisodiy aspektlari

  2. Energiya iste`moli kattaligi va shaklidan kelib chiqgan holda tizim turini tanlash

Texnik-iqtisodiy aspektlari

Hozirda quyosh suv isitgichlari tizimi turli va mahsuldorligini tanlash qandaydir umumiy universal uslubini tavsiya qilish juda qiyin. Shuning uchun maqbul qurilmani tanlash haqida so’z ketganda konkret iste`molchi uchun maqbul qurilmani tanlashni tushunish kerak.


Eng maqbul yaroqli qurilmani iste`molchi uchun tanlash qanday omillar asosida amalga oshiriladi?
Har qanday holatda ham to’rtta shunday omil mavjud:

  1. Energiya iste`molining miqdori ifodasi va uning sutka, mavsum, yil davomida o’zgarish dinamikasini hisobga olish;

  2. Iste`molchining moliyaviy natijalari;

  3. Qurilma joylashgan hudud tabiiy-iqlimiy tavsifnomalari;

  4. Qurilmani ishlatishdan keladigan foyda;

Qurilmani tanlashda, bir qator ba`zan qarama-qarshi, shartlarni qoniqtirish zarur (misol uchun, yuqori ko’rsatkichli mahsuldorlikka va qurilma mustahkamligiga erishish uchun qilingan ishlar uning bahosini oshishiga olib keladi). Iste`molchi uchun eng maqqul gelio suv isitgich turini aniqlash jarayonini, ko’p oqimli klassik masala barcha shartlarni to’liq qondirish imkoniyati bo’lmaganda maqbul yechimni topish kabilarni hal qilish talab qilinadi. Bunday masalani yechish usuli ma’lum, bu bir yoki bir necha asosiy kriteriylar bo’yicha maqbullashtirish, bundan tashqarilarga bo’lgan e’tibor cheklanadi. Boshqacha qilib aytganda, yuqorida sanab o’tilgan omillardan ba`zi birlari asosiy qolganlari uchun, agar iste`molchining moliyaviy imkoniyatlari cheklangan bo’lsa, avvalambor qurilmani tanlash uning bahosiga asosan amalga oshiriladi, unumdorlik esa talab qilinayotganidan kam bo’lishi mumkin. Shunga mos ravishda undan foydalanishdan olinadigan tejam yuqori unumli tizimlarni qo’llashdan olinadigan tejamdan kam bo`lishi mumkin.
Qurilmani tanlashda asosiy kriteriyni aniqlash butunicha va to’liq iste`molchining yoki maslahatchining vazifasi hisoblanadi. Bu erda asosiy masala oddiygina yechim bo’lmay, ahamiyatli joyi shundaki, o’zingizning talablaringiz va istaklaringizni raqamlarda to’g’ri ifodalay olishdan iborat.
Energiya iste`moli kattaligi va shaklidan kelib chiqqan holda tizim turini tanlash. Ob`ekt issiqlik energiyasi iste`moli kattaligidan kelib chiqqan holda, hamma undan foydalanish vazifasiga ko’ra iste`molchi hozirda bozorda mavjud bo’lgan quyosh suv isitgichlari tizimlarini tahlil qilish mumkin.
Bu erda ikkita yo’l mavjud. Birinchi shunday qurilmani tanlash kerakki, u yordamida gelioenergetik yo’l tizimidan foydalanish nuqtai nazaridan qaraganda eng qulay metrologik davr davomida energiya iste`molini to’liq qondirishni ta`minlash mumkin bo’lsin.
Bunday yo’lning ijobiy tomoni qurilma tomonidan ortiqcha energiya ishlab chiqarilmaydi (ya`ni yilning ma’lum bir davri uchun qurilmaning unumdorligini aniq tanlash), hamda kichik kapital qo’yilma. Ammo, butun yil davomida bunday qurilmaning ishlashi asosan qo’shimcha energiya ta’minotiga bog’liq, bunday qurilmadan foydalanishda eksplutatsion harajatlar katta bo’ladi.
Ikkinchi yo’l bu yo’l davomida ma’lum bir iste`mol foizini qoplash layoqatiga ega bo’lgan, tizimdan foydalan ish. Uning ijobiy tomoni an`anaviy energiya resurslarining kam darajada ekanligi salbiy tomoni-qurilma tomonidan ortiqcha energiyaning ishlab chiqilishi (yana ortiqcha ishlab chiqarilgan energiyaning saqlash imkoniyati yo’qligi) va boshlang’ich kapital qo’yilmalarning katta hajmi.
Tizim talab qilayotgan o’lchamlarni quyidagicha baholash mumkin:

  1. Quyosh suv isitgichi kichik xo’jalik tizimlari;

  2. Qurilmani tanlash uchun quyidagi jadvaldan foydalanish mumkin:

jadval

Binoda yashovchilar soni

Yig’uvchi yuza maydoni, m

Akkumullyator sig’imi, litr

janub

shimol




1-3
4-6
>6

1.52.0
2.04.0
8.0

2.0-4.0
4.0-6.0



150-200
200-400
>500


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin