5. Neoklassik iqtisodiy nazariyasi Neoklassiklar bozor iqtisodiyotini o‘zini-o‘zi boshqara oladigan (A.Smit fikri) sistema deb qarasalar (sof iqtisodiyot fani), institutsionalizm tarafdorlari iqtisodiyot rivojlinishining harakatlantiruvchi kuchlari moddiy omillar bilan birga tarixiy kontekstda qaraladigan ma’naviy, ahloqiy, huquqiy va boshqa omillarga ham bog‘liqdir deb o‘ylaydilar.
Demak, bu yangi yo‘nalishning tadqiqot predmeti sifatida ijtimoiy-iqtisodiy, shu bilan birga noiqtisodiy muammolarni tahlil etish ilgari suriladi. Shu bilan birga, tadqiqot ob’ektlari, ya’ni institutlar birinchi yoki ikkinchi darajali deb Qaralmaydi va bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilmaydi.
Bu yo‘nalishning tadqiqot usulida ayrim olimlar fikricha Germaniyada vujudga kelgan tarixiy maktabga katta o‘xshashlik bor.
Tarixiy va ijtimoiy muxit omillarining hisobga olinishi tarixiy maktab bilan yaqinlikni anglatsa ham, ammo to‘la yakdillik yo‘q. Yangi yo‘nalish neoklassiklarning marjinalizm g‘oyalariga asoslangan matematik va ekonometrik prinsiplarini keng qo‘llaydilar.
Institutsionalizmga xos bo‘lgan uslubiy xususiyatlar Quyidagilardir:
1)neoklassikaga xos abstraksiyaning yuqori darajasi va ayniqsa baho nazariyasining ortodoksal statik harakteridan qoniqmaslik;
2)iqtisodiy nazariyani boshqa ijtimoiy fanlar bilan integratsiyaga intilish yoki fanlararo yondoshuv ustuvorligiga ishonch;
3)klassik va neoklassik nazariyalarda empirizm (tajribaga suyanish) yetishmasligidan norozilik, chuqur miqdoriy tadqiqotlar o‘tkazishga chorlash.
Bu yo‘nalishning vujudga kelish, shakllanishi va evolyusiyasining ma’lum tarixi bor. Uning mafkurachilari T.Veblen, J.Kommons, U.Mitchell asarlarida iqtisodiy sikl va inqirozlar tarixi bo‘yicha faktik materiallar jamlangan. Bu olimlar jamiyat a’zolari uchun xos bo‘lgan urf-odat, an’ana, odob-ahloq, instinktlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadilar. Ularda nazariy tadqiqotdan ko‘ra, yozib borish, qayd etish uslubi ortiqroqdir.
Institutsionalizm evolyusiyasi (rivoji)ni uch davrga bo‘lish mumkin:
1. 20-30 yillarda institutsionalizmning keng tarqalishi. Bu davrning bosh mafkurachisi T.Veblendir (1857-1920), uni J.R.Kommons (1862-1945), U.Mitchell(1874-1948), J.Gobson (1858-1940), U.Gamiltonlar faol himoya qildilar.
2. Urushdan keyingi kechki institutsionalizm. Bu davr mafkurachilari iqtisodiyotdagi qarama-qarshiliklarni izohlab berish bilan birga F.Ro‘zvelt tomonidan ilgari surilgan «Yangi kurs» islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyanomalarni ham ilgari surdilar. Ular demografiya va antropologiyani o‘rgandilar, ishchilar harakatining kasaba uyushmalari nazariyalarini ishlab chiqdilar. 50 yillarda J.M.Klark «Iqtisodiy institutlar va insonlar farovonligi», A.Berli «Mulksiz hoqimiyat» va «XX asr kapitalistik inqilobi» kitoblarini chop etdilar, G.Minz o‘zining maqolalarida aksionerlar soni ortishi, kapital mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayonini qayd etdi.