Fanga kirish. Qadimgi dunyo iqtisodiy g‘oyalari. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmeti va uslubi «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q»



Yüklə 53,55 Kb.
səhifə1/11
tarix20.11.2023
ölçüsü53,55 Kb.
#165716
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-мавзу


    1. FANGA KIRISH. QADIMGI DUNYO IQTISODIY G‘OYALARI.



Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmeti va uslubi
«Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» degan edi O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti, akademik I.A.Karimov. Har qanday tarixni o‘rganish avvalo hozirgi kun va kelajak uchun ahamiyatlidir. Taniqli yozuvchi va adibimiz Abdulla Qodiriy aytganidek: «Moziyga qarab ish tutish xayrlidir». Shu sababli iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganish katta nazariy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyot tarixi (xalq xo‘jaligi tarixi) va iqtisodiy ta’limotlar tarixi iqtisodiyot fanining faktologiya va metodologiya asoslarini ta’minlovchi va yaratuvchi asos sifatida ahamiyatlidir. Shu sababli bu fanlar iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiy qismidir. Bizningcha, bu ishni, shifokor davolanuvchini tuzatishni uning kasallik tarixidan boshlagani kabi, tarixdan boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi kun muammolarini to‘la hal etishda o‘tgan asr iqtisodchilaridan barcha savollarga tayyor javob topish qiyinligi aniq, ammo o‘tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirgi va kelajak to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun yaxshi imkoniyat beradi. aniqrog‘i, velosipedni qayta kashf qilishga xojat qolmaydi, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir.
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani iqtisodiy fanlar tizimida alohida o‘rin tutadi. U mustaqil fan sifatida iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda, ularning iqtisodiy bilim, mala-kasini oshirishda katta rol o‘ynaydi. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining o‘rganish predmeti – iqtisodiy jarayonlarga bo‘lgan iqtisodiy qarashlar evolyusiyasi, iqtisodiy g‘oya va nazariyalarning shakllanish, rivojlanish qonuniyatlari va ularning almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi. Iqtisodiy ta’limotlarning vujudga kelishi va rivoj-lanishi tahlili yozuv ixtiro qilingan quldorlik davrdan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha tarixiy jarayonlarini, barcha tarixiy davrlarni o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy ta’limotlar bilan jamiyat iqtisodiyoti bevosita bog‘liq. Jamiyatning rivojlanishida uning ahamiyati juda katta. Iqtisodiy ta’limotlar iqtisodiy jarayonlarni to‘g‘ri aks ettirish, ularga faol ta’sir ko‘rsatish orqali ijtimoiy taraqqiyotning tezlashishiga ta’sir ko‘rsatadi. Hammaga ma’lumki, ko‘pchilik konsepsiyalar (masalan, yangi klassik yoki keynschilik) davlatlar-ning iqtisodiy dasturlari asosi hisoblanib kelindi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixiy rivojlanish jarayoniga muvofiq tarzda o‘rganiladi. Shu bilan birga, bir narsani qayd qi-lib o‘tish kerakki, iqtisodiy ta’limotlar tarixi zamonaviylikka yo‘naltirilgan. Bu ko‘rib chiqilayotgan muammolarning hozirgi kundagi dolzarbligi bilan ifodalanadi. O‘tgan davr iqtisodiy ta’li-motlari tahlili ehtiyojlarni to‘la qondira olmaydi, qolaversa, bunday tahlillar faqat tarixiy jarayonlarni o‘rganish uchun amalga oshirilmaydi. Albatta, bugungi kunning dolzarb muammo-larini to‘la hal etishda o‘tgan davr iqtisodchilaridan tayyor javob topish qiyin, ammo o‘tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirda va kelajak to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqarish va yangi g‘oyalarni yaratish uchun imkon beradi. Zero, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir.
Tarixiy o‘tmishni bilish hozirgi davr ibtidosini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanini o‘rgangach, iqtisodchi mutaxassislar, eng avvalo, jahon iqtisodiyoti va milliy iqti-sodiyot rivojlanishining ob’ektiv qonunlarining mohiyatini ochib berish, muqobil xo‘jalik qarorlarini asoslab berish va keyinchalik ularni amalga oshirishda ijobiy yondashish uchun zarur bo‘lgan o‘zlarining tadqiqot mahoratlarini oshiradilar.Demak, iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda zarur bo‘lgan fanlarning biri sifatida, iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganish, bir tomondan, ularda umuminsoniy va professional madaniyatni shakllantirish maqsadida zarur bo‘lsa, ikkinchi tomon-dan, turli davrlardagi nazariy maktab, oqim va iqtisodiy yo‘na-lish vakillarining nazariy meroslarini yaqin zamondagi tarixi-mizga xos bo‘lgan noto‘g‘ri talqin qilishdan holi bo‘lishda sotsio-logiya va politologiya bilan birga yana tarixiy iqtisodiy bilim-larni egallash uchun ham zarur.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi quyidagi bir qator progressiv uslublarga asoslanadi:

  • har qanday tadqiqotning asosi uslubi sifatidagi dialektika, induksiya va deduksiya, analiz va sintez;

  • o‘tmishdagi iqtisodiy qarashlarni o‘rganishda abstrakt va konkretlikni ajratish;

  • iqtisodiy nazariya va amaliyot o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik-ning tahlili, iqtisodiy ta’limotlardagi umumiylik, yagona va alohidalikni aniqlash.

Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganishda umumiylik, yagona va alohidalik uslubini tovar tahlili misolida ko‘rish mumkin:
umumiylik – tovar iste’mol qiymat va almashuv qiymatga ega ekanligi;
yagona – tovar konkret foydalikka ega ekanligi;
alohidalik – tovar ne’matlarning maxsus ko‘rinishi ekanligi.
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani boshqa iqtisodiy fanlar, ayniqsa, “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bilan bevosita bog‘liq. “Iqtisodiyot nazariyasi”da, asosan, eng muhim iqtisodiy katego-riyalarning so‘nggi davr uchun tahlili beriladi. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida ilgari surilgan iqtisodiy qarash, g‘oya, nazariya va ta’limotlarni, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini va umumiy tomonlarini tarixiy nuqtai nazardan tadqiq etadi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi maktablari.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi deyarli to‘rt ming yillik rivoji davomida bir qancha bosqichlarni bosib o‘tdi. Ularning turli yo‘nalishlari va maktablari mavjud. Quyidagi jadvalda eng asosiy 8 ta maktab keltiligan (1-jadval)
1-jadval

Yüklə 53,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin