Fanga kirish. Qadimgi dunyo iqtisodiy g‘oyalari. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmeti va uslubi «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q»



Yüklə 53,55 Kb.
səhifə5/11
tarix20.11.2023
ölçüsü53,55 Kb.
#165716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-мавзу

6. Keynschilik — iqtisodiyot nazariyasidagi yetakchi yoʻnalishlardan biri, jamiyat hayotida bir qator makroiqtisodiy hodisalarning oʻzaro taʼsir koʻrsatishini tahlil qilish asosida bozor xoʻjaligi faoliyati mexanizmlarini sharhlaydi va davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi amaliyotini asoslab beradi. 20-asrning 30-y.larida paydo boʻldi. Asoschisi ingliz iqtisodchisi John Maynard Keynes. Keynschilikning asosiy tamoyillari uning „Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi“ (1936) asarida bayon etilgan.
20-asrning boshlariga kelib iqtisodiyotning beqarorligini bartaraf etish, chuqur iktisodiy tangliklardan chiqish yoʻllarini izlash tarzida maydonga keldi. Bu davrga kelib klassik siyosiy iqtisod maktablari va ulardan keyingi iqtisodchilarning bozorning toʻla samaradorligi va oʻz-oʻzini tartibga solish gʻoyalari amalda toʻla oʻz tasdigʻini topmadi. Keynschilikning asosiy gʻoyasi — bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi nomukammal, shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy oʻsishni faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi taʼminlay oladi. Keyns bozor iqtisodiyotidagi inqiroz va tangliklarning asosiy sababini shaxsiy isteʼmol buyumlari va i.ch. maqsadlaridagi mahsulotlarga „samarali talab“ (tadbirkorlarning eng yuqori foyda olinishini taʼminlaydigan talab)ning yetarli hajmda boʻlmasligida koʻradi va umumiy talab hajmini oshirish zarurligini koʻrsatadi. „Samarali talab“ 2 omillar guruhiga — isteʼmol tovarlari bozori va i.ch. vositalari bozoriga bogʻliq. Isteʼmol talabi hajmi „isteʼmolga moyillik“ va „asosiy ruhiyat qonuni“ bilan aniqlanadi. Bu qonunga koʻra, jamiyatning ruhiyati shundayki, umumiy real daromad ortishi bilan umumiy isteʼmol ortadi, ammo bu oʻsish daromadlar oʻsishidan past boʻlgani sababli iqtisodiy oʻsishga yordam beradigan jamgʻarmalar hosil boʻladi.
8. Monetarizm (lot. moneta — tanga, pul) — davlatni iqtisodiy boshqarishga oid iqtisodiy nazariya va amaliy konsepsiya. 20-asr ning 50-yillarida Milton Fridmen asos solgan. M. M. Fridmen, G. Xaberler (AQSH), O. Fayt (GFR), J. Ryuyeff (Fransiya) va boshqa asarlarida rivojlantirilgan. Fridmen va uning safdoshlari J. M. AGeynsning pulsiz omillar (mas, investitsiyalar) oʻrniga aynan pulli omillarni afzal koʻradilar. Monetarizm iqtisodiyot nazariyasidagi neoliberalizm oqimiga kiradi, taʼminlash va iktisodiy oʻsish mexanizmini yaratish muammolari bilan shugʻullanadi va bu mexanizmda asosiy eʼti-borni pulga qaratadi.
Monetarizm ga koʻra, iqtisodiy jarayonlarda, xoʻjalik yuritishda muomaladagi pul miqdori va pul massasi bilan tovar massasi oʻrtasidagi aloqalar belgilovchi oʻrinda turadi. Monetaristlar pul emissiyasini tartibga solish, milliy pul birligining valyuta kursi, kredit foizi, soliq stavkalari va boj tariflarini iqtisodiyotga taʼsir koʻrsatishning asosiy usullari deb biladilar. Fiskal siyosat oʻrniga faol pul-kredit siyosatini qoʻllash taklif etiladi. 1963-yil Fridmen tomonidan"AQShning 1867—1960-yillarda pul tarixi" kitobi (Anna Shvars bilan hammualliflikda) bosilib chikdi. Bu kitobda M. konsepsiyasi uzining ishonchli tasdigʻini topdi. Mazkur kitobda AQShdagi Buyuk depressiyaning asosiy sababchisi Markaziy bank ekanligi kursatilgan. Monetar konsepsiya AQSH amaliyotida yaxshi natija berdi. M. gʻoyalari 20-asrning 80-yillaridan Gʻarb mamlakatlarida davlat iqtisodiy si-yosatiga singdirildi, uning tavsiyalari amaliyotga joriy qilindi.

Yüklə 53,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin