Fanga oid kompetentsiyalarini rivojlantirishning asosi



Yüklə 93,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü93,13 Kb.
#208638
1   2   3   4   5   6
1817-1829

Muhokama:
Texnologiya fanini o’qitish jarayoniga integrativ yondashuv 
o’quvchilarning tayanch va fanga oid kompetentsiyalarini shakllantirishning metodik 
ta’minotini takomillashtirish, uning elektron darslik va axborot-kommunikatsion 
texnologiyalariga asoslangan resurs manbalar bilan ta’minlash zaruratini keltirib 
chiqardi. O’quvchilarning tayanch va fanga oid kompetentsiyalarini shakllantirish 
maqsadida olib borilgan izlanishlarimiz natijasida ta’lim texnologiyalari va axborot- 
kommunikatsiya texnologiyalarini uyg’unlashtirish printsipi asosida “Texnologiya” 
nomli elektron ta’lim resursi ishlab chiqildi. Mazkur elektron resurs yuqorida biz 
tavsiflayotgan va ta’limiy texnologik jarayonlarni takomillashtirishga qaratilgan 
texnologiya fanining metodik tizimidagi innovatsion jarayon hisoblanadi. Tahlil 
ob’ektidagi elektron darslik dissertatsiyaning elektron variantiga ilova qilingan. 
Insoniyat tsivilizatsiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga ta’lim 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
1827 
berishga yo’naltirilgan faoliyat sohasi juda oddiy talablar asosida tashkil qilingan 
bo’lsa, bugungi kunga kelib, ta’lim jarayonini tashkil qilishga nisbatan o’ta qat’iy 
hamda murakkab talablar qo’yilmoqda. Chunonchi, murakkab texnika bilan ishlay 
oladigan, 
ishlab 
chiqarish 
jarayonining 
mohiyatini 
to’laqonli 
anglash 
kompetentsiyasiga ega, favqulodda ro’y beruvchi vaziyatlarda ham yuzaga kelgan 
muammolarni ijobiy hal qila oluvchi malakali mutaxassisni tayyorlashga bo’lgan 
ijtimoiy ehtiyoj ta’lim jarayonini integrativ texnologik yondashuv asosida tashkil 
qilishni taqozo etadi [53; 14-17- b.]. 
Ijtimoiy texnik taraqqiyot nuqtai nazaridan o’quvchilarning itellektual salohiyati, 
tayanch va fanga oid kompetentsiyalarining shakllanishi texnologiya fani sohasidagi 
texnika va texnologik jarayonlarning takomillashuviga mos kelishi zarur. Demak, qayd 
qilingan ijtimoiy talab va ijtimoiy buyurtma nafaqat ishlab chiqarish jarayonida ilg’or 
texnologiyalarni qo’llash, balki kadrlar tayyorlashga bo’lgan talab asosida ta’limda 
integrativ yondashuvni takomillashtirish masalasini qo’yadi [26;-49-b.]. 
Ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya va ta’limiy texnologiyalarni 
integrativ yondashuv aosida qo’llashdan oldin, ularning nazariy va amaliy 
xususiyatlarini «sub’ekt-sub’ekt» jamlanmasidagi ahamiyatini o’rganish joiz bo’ladi. 
Pedagogik va axborot texnologiyalaridan integrativ yondashuv asosida foydalanish 
orqali o’quvchilarning tayanch va fanga oid kompetentsiyalarini shakllantirish 
muammosi bo’yicha keyingi paytlarda juda ham ko’p maqola va ilmiy manbalar 
yartilgan. Ularning barchasini to’g’ridan-to’g’ri ta’lim jarayoniga qo’llayverish yuqori 
samara bermasligi mumkin. Ta’limda integrativ yondashuv asosida pedagogik va 
axborot texnologiyalarni qo’llash uchun bu texnologiyadan foydalanuvchining kasbiy 
mahorati etarli bo’lishi lozim [17; 15-b.]. Axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, 
ularni tahlil qilish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda 
o’quvchiga etkazib berishni yo’lga qo’yish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb 
muammolardan biri hisoblanadi. 
Texnologiya fanini o’qitish jarayoniga ilg’or pedagogik va axborot 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
1828 
texnologiyalarini integrativ yondashuv asosida tatbiq qilish orqali o’quvchilarning 
tayanch va fanga oid kompetentsiyalarini shakllantirish yuqorida qayd qilingan dolzarb 
muammoning ijobiy yechimini topishga xizmat qiladi. 
Xulosa:
Demak, ta’lim jarayoniga integrativ yondashuv masalasi qandaydir 
umumiylik xususiyatiga ega. Chunki ta’lim jarayonida foydalanilayotgan integrativ 
yondashuv texnologiyalarini pedagogik va axborot-kommunitatsiya texnologiyalarga 
bo’lishni taqozo qiladi. Bu integratsiyalashgan texnologiyalarning yo’nalishlari har xil 
bo’lgani bilan, ularning uzviylashadigan umumiy tomonlari ham bor. Maktabda 
texnologiya fanini o’rganish, integrativ yondashuv asosida axborot-kommunikyatsiya 
texnologiyalarni qo’llashning optimal(samarali) yo’llarini belgilashda uzviylik 
printsiplarini tadqiq qilish hamda ularning aniq mezonlarini belgilash muhim vazifa 
sifatida sanaladi. 

Yüklə 93,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin