WWW.HUMOSCIENCE.COM
1821
maqsadga erishiladi.
Metodik Dunyoda fan, texnologiya, muhandislik, san’at, matematika fanlarini
chuqur o’rganishga asoslangan (STEAM) ta’limni keng joriy etish asosida tabiiy
fanlar, jumladan, texnologiya fanini o’qitish jarayoniga kompetentsiyaviy yondashuvni
tatbiq qilish, o’quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishga doir xalqaro
baholash dasturlarini ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish, “kompyuterli ta’lim”ni
ta’lim amaliyotiga joriy qilish biologiya fanini o’qitishda pedagogik va axborot
texnologiyalarini integratsiyalash, axborot-ta’lim muhitida integrativ yondashuvni
amalga oshirish vazifasini qo’ymoqda.
Integratsiyalashgan texnologik yondashuvlar barcha ijtimoiy jarayonlarni
umumiy tavsifini yoritish hamda ularning istiqbollarini belgilashga xizmat qiladi.
Ayrim manbalarda ishlab chiqarish texnologiyasi muayyan mahsulotni xomashyo
tanlashdan iste’molchiga etkazib berishgacha bo’lgan jarayonlarni o’z ichiga oladigan
davr bilan belgilanadigan butun bir bosqich ekani tushuntiriladi [19;336-b.]. Lekin
ijtimoy hayotdagi texnologik jarayonlar bilan ta’lim jarayonidagi texnologiyalarning
integrativ va differentsial xususiyatlari bor. Tadqiqot olib borish jarayonida ta’lim
texnologiyalarining integrativ xususiyatlari bir qancha omillarga bog’liq ekani ma’lum
bo’ldi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya fanini o’qitish jarayoni
o’quvchilarning fan asoslarini o’rganishida uzviylik printsipiga amal qilish, ta’lim
jarayonini tashkil qilish va o’tkazishda pedagogik va axborot texnologiyalarini
integratsiyalash, shuningdek, mazkur fan asoslarining tarbiyaviy, ma’naviy,
umuminsoniy qadriyatlarga bog’liq ekanini har tomonlama tahlil qilish zarurati
tug’ildi. Ta’limdagi integrativ texnologik jarayonlarning asosiy mazmunini yaratilgan
ilmiy manbalarga tayanib, quyidagicha izohlash mumkin:
-
Dostları ilə paylaş: