Integrativ bilimlarni shakllantirish jarayoni yo’nalishlari
Kognitiv
Kontseptual
Integrativ
Interoektsiya
- o’quvchi
individual imkoniyatlari asosida
o’zlashtirayotgan bilimlarini o’z
ichki dunyosiga integrative
motivlar bilan qabul qilishi.
Sinektika
- turli fanlar bo’yicha
amalga oshirilayotgan o’quv-bilish
faoliyatining
kontseptual
xususiyatlarini umumlashtirish.
Kogerentlik
- integrativ va
moslashuvchan didaktik
jarayonlarni asosan texnologik
turkum fanlaridagi barcha
elementar printsiplarning bir-biri
bilan ketma-ketlikda ilmiy-
kognitiv jihatdan joylashtirish.
Fanning kontseptual-
tarixiy
aspektlari,
evolyutsion
rivojlanish
bosqichlari,
tajribalar, zamonaviy
rivojlanish
tendentsiyalari
Gorizontal
- fanlar aro
(fizika, kimyo,
geografiya, biyalogiya).
Diagonal
- fan ichida
(fizika, bialogiya, kimyo
va x.k.).
Vertikal
texnologik:
pedagogik, axborot-
kommunikatsiya
tarmoqlararo:
nonotexnologiya,
kibernetika, biofizika,
biokimyo.
Interoektsiya
- o’quvchining individual imkoniyatlari asosida o’zlashtirayotgan
bilimlarini o’z ichki dunyosiga integrativ motivlar bilan qabul qilishi sanaladi. Bu
jarayonda o’quvchilarning tafakkuri muhim o’rin tutadi.
O’quvchilarda tayanch va fanga oid kompetentsiyalarni shakllantirishda
shaxsning tafakkuri muhim asos bo’lib xizmat qiladi. Tafakkurning sofistik, eklektik,
metafizik-dogmatik, dialektik usullari mavjud bo’lib, inson tafakkuri faoliyatning turli
qirralari sifatida bir- biriga qarama-qarshi, ayni vaqtda bir-birlarini to’ldiradi.
Tafakkur - inson aqliy faoliyati, aql-zakovati, ongli xatti- harakatining yuksak
shakli hisoblanib, mazkur jarayonda insonda fikr, mulohaza, g’oya, faraz kabilar
vujudga keladi va uning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi.
Tafakkur xotirada yig’ilgan axborotni qayta ishlashi, umumlashtirishi natijasida
voqealarning rivojlanishi, takomillashishi to’g’risida taxmin qilish, oldindan aytib
WWW.HUMOSCIENCE.COM
1824
berish uchun shart-sharoitlar tug’iladi. Texnologiya fanini o’qitishda integrativ
yondashuv orqali tayanch va fanga oid kompetentsiyalarni shakllantirishda
texnologiya fani ta’lim- tarbiya jarayonida muammoli o’quv vaziyatlarini hal qilishda
tafakkur operatsiyalaridan foydalanish orqali o’quvchilarning aqliy faoliyati, aql-
zakovatini rivojlantirish, ongli xatti-harakatga yo’naltirish ilmiy dunyoqarashini
rivojlantirishga zamin tayyorlaydi.
Texnologiya fanini o’qitishda foydalanilgan keys-stadi, amal va hato, aqliy
hujum, o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalari, fanga oid
kompetentsiyalarni baholash maqsadida shakllantirilgan test topshiriqlari axborotni
qayta ishlash, tahlil, sintez, qiyoslash, abstraktsiyalash orqali umumlashtirish,
xulosalash, o’quv muammosining echimini topish yangi g’oyalarni ilgari surish
imkonini berdi.
Sinektika - turli fanlar bo’yicha amalga oshirilayotgan o’quv-bilish faoliyatining
kontseptual xususiyatlarini umumlashtirish[45; 48-b.]. Ayrim faoliyat turlarida bu
jarayon “integratsiya” ham deb ataladi. 5-7- sinflarda texnologiya fanini o’rganishda
turli bilimlar majmui bir ilmiy-kognitiv yo’nalishga birlashadi. Sinektika - turli rejali
(turli sifatli va turli modallikdagi) bilimlarni yangi sifatli sintezlash qobiliyati. U inson
qobiliyatlarining hech qanday umumiy bog’liqlikka ega bo’lmagan (daryolar oqimi,
insonlar oqimi, axborotlar oqimi va h.k.) turli-tuman jarayonlarda simultan fikrlashiga
asoslanadi. Psixologiyada an’anaviy bilish faoliyatini faollashtirish mexanizmi,
o’qitishning faol metodlari (masalan, M.A.Granovskaya “aqliy hujum” metodining
sinektik modifikyatsiyalashni tavsiflaydi) sifatida qo’llanadi. O’quv jarayonini
sinektik integratsiyalash sifatida o’zaro yaqin bo’lmagan ta’lim sohalari va bloklarini
integratsiyalash ko’rib chiqiladi. Bunday tipdagi integratsiyalashgan kurslar an’anaviy
sohaviy o’qitishda (“Texnologiya va fizika”, “Matematika va san’at” va h.k.) ma’lum
metodik chegaralarda bilish to’siqlarini bartaraf qilishga yo’naltirilgan.
Texnologiya fanini o’qitishda o’rganilayotgan mavzu mazmunidan kelib chiqqan
holda tabiiy fanlar: fizika,informatika, kimyo, biologiya, geografiya sohalarida o’zaro
WWW.HUMOSCIENCE.COM
1825
aloqador tabiiy-ilmiy g’oya, qonuniyat va tushunchalar, protsedura va ilmiy bilish
metodlaridan foydalaniladi. Masalan, yog’ochga ishlov berish texnologiyasi mavzusini
o’rganishda o’quvchilarning kimyo, uning funktsiyasini o’rganishda esa fizika fanida
o’rganilgan qonuniyatlardan foydalaniladi. O’quvchilarning tabiiy fanlardan
o’rgangan bilim, ko’nikma va malakalarini yangi vaziyatda foydalanish sinektika
qoidalariga mos keladi.
Kogerentlik integrativ va moslashuvchan didaktik jarayonlar asosan biologiya
fanlaridagi barcha elementar printsiplarning bir-biri bilan ketma-ketlikda ilmiy-
kognitiv jihatdan joylanishini taqozo qiladi. 5-7- sinflardada texnologiya fanini
o’qitishda yakkalik, xususiylik va umumiylik kabi falsafiy tushunchalar haqida
dastlabki tasavvur hosil qilinadi. Masalan, texnologik jarayondagi bajarilishi kerak
bo’lgan va rioya qilinishi kerak bo’lgan texnik xavfsizlik qoidalari bid umumiylikni
aks ettiradi.
Shuningdek, amaliy fanlarning rivojlanishi, fanlar o’rtasida differentsiatsiya va
integratsiya jarayonlarining vujudga kelishi ob’ektiv qonuniyat sifatida texnologiya,
biologiya, kimyo va fizika kabi fanlar o’rtasida fanlararo bog’lanishni amalga
oshirishni talab qiladi.
Kogerentlik -yangi tizimlarning strukturalarini chidamli, tartibli yaratish
jarayonida kichik tizimlarning o’zaro muvofiqlikdagi harakati. O’qitishda kogerent
integratsiya hozirgi davrda o’quv jarayonida integratsiyalashning eng ko’p tarqalgan
turi hisoblanadi. Kogerent model umumiy o’rta ta’limda: texnologiya va fizika, fizika
va biologiya, fizika va kimyo kabi integratsiyalashgan kurslarda taqdim qilinadi.
Bunday integratsiyalash asosida, bir tomondan, tabiat, madaniyat va fan olami haqida
yaxlit tasavvurlarning shakllanishiga erishilsa, boshqa tomondan, o’quv vaqti tejaladi.
Bunday integratsiya nafaqat texnologik fanlariaro (vertikal), balki fanlararo
(gorizontal) muhim tabiiy-ilmiy va madaniy hodisalarni sinxronlashgan o’rganish,
pedagogik jarayonni yuqori darajada intensifikatsiyalash, mazmunli fanlararo
aloqalarni o’rnatish, o’quv materialini ko’chirmaslik imkonini beradi. Kogerent
WWW.HUMOSCIENCE.COM
1826
modelni
amalga
oshirishning
quyidagi
texnologiyalaridan
foydalaniladi:
integratsiyalashgan kurs bir ta’lim sohasiga kiradigan fanlar mazmuniga muvofiq
yaratiladi. Shuning uchun bir fan mazmuniga tushadigan og’irlik boshqa fan
mazmuniga tushmaydi va “teng” taqsimlanadi.
Bu integrativ jarayon tashkiliy uslubiy jihatdan, o’zlarining didaktik va metodik
talablar asosidagi xususiyatiga ko’ra uch yo’nalishda mavjud bo’lishi integrativ
didaktikani tahlil qilishda namoyon bo’ldi. Bular gorizontal, diagonal va vertikal
integratsiya shaklida mavjud bo’ladi. Ayrim manbalarda integrativ metodika va
integrativ didaktika masalasini o’rganish o’zbek tilidagi “uyg’unlashtirish” atamasiga
tenglashtirib tavsiflash, ular asosida xulosa chiqarish holatlari mavjud. Integrativ
didaktika va integrativ metodika bo’yicha rivojlangan mamlakatlarda olib borilgan
tadqiqotlarning mazmuni va mohiyati ta’limning integratsiyalashgan texnologiyalarini
ta’lim jarayoniga qo’llashda muhim omildir, bu didaktik va metodik integrativ
modellarining ilmiy tahlili esa maktabda texnologiya fani yuzasidan olib borilgan
ilmiy-metodik ishlarning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib amalga oshirilishi
ko’zda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: |