Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

tabiiy ma’danlar
(bentonit, glaukonit, il 
va x.k.) zahirasi mavjud bo‘lib, ularning tarkibida N, P, K dan tashqari turli 
mikroelementlar ham mavjud. Ularni tuproqning tarkibi, hossa hususiyatlarini hisobga 
olib qo‘llanilganda tuproq unumdorligini oshiradi (Qo‘ziyev, 2002). 
O‘zPITI Markaziy tajriba stansiyasida 2003-2005 yillarda qoramol go‘ngiga, 
tarkibida 12-14% fosfor bo‘lgan Qizilqum fosforitlarini qo‘shib (10:2 nisbatda) 
tayyorlangan kompostlarni, qadimdan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida 
qo‘llash tuproqdagi harakatchan fosfor miqdorini oshiradi. Oddiy go‘ng qo‘llaganga 
nisbatan o‘simliklarning oziqlanishi uchun makbo‘l sharoit yaratiladi. Bunda g‘o‘zaning 
o‘sishi, rivojlanishi avj olib, paxtadan 2,7-3,4 s/ga qo‘shimcha hosil olishga erishilgan. 
(Niyozaliyev B. 2005) 
B.Niyozaliyev, B. Ibroximov (1993) tajribalaridan ma‘lum bo‘lishicha Toshkent 
viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida har gektar erga 40 t/ga 
organik o‘g‘it qo‘llash eng samarali usul hisoblanib unda g‘o‘za hosildorligi 3,5 
sentnerdan oshadi. 
A.Qashqarov (1991) ma‘lumoti bo‘yicha erga solinadigan go‘ng va ayniqsa 
shahar chiqindilari normasini oshirgan sari tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori ham 
keskin oshadi. 
Go‘ngdagi fosfor va kaliy azotga nisbatan yaxshiroq o‘zlashtiriladi. Shuning 
uchun ham go‘ng holida solinadigan fosforli o‘g‘itlar normasi turli mineral o‘g‘itga 
nisbatan kam bo‘ladi (Skryabin, 1965). 
Vegetasiya davrida 500-700 kg qo‘ritilgan go‘ngni mineral o‘g‘itlar bilan birga 
tuproqqa solish paxta hisoldorligini gektariga o‘rta hisobda 2 s/ga oshirishga imkon 
beradi (Skryabin, 1965). 
G.Sultonova (1997,1998) ma‘lumotlariga ko‘ra 20 t/ga go‘ng bilan 
N
150 
R
100
K
50 
kg solinganda chanoqdagi paxta og‘irligi sezilarli darajada oshgan. 
Ayniqsa, 40 t/ga go‘ngni ekishdan oldin berilganda chigitning unib chiqishi 10-20 % na 
yuqori bo‘lgan. Shuningdek paxta navlari bo‘yicha ochilishi ham yuqori bo‘lgan. 
Qishloq xo‘jaligida go‘ngdan tashqari organik o‘g‘it sifatida 
kompostdan
ham 
foydalaniladi. U turli xil aralashmalardan iborat bo‘lib asosan 
go’ng, torf, fikaley, 
o’simlik 
va 
chorva mollarining organik qoldiqlari

chiqindilar

tuproqqa aralashgan 
xonadon chiqindilari

fosforli o’g’itlar
va boshka turli xil chiqindilardan tayyorlanadi. 
Tuproqda organik moddaning davomli va barqaror yig‘ilib borishi tuproqning 
xossa va hususiyatlarini yaxshilaydi, 
jumladan buferligini oshiradi
, pirovard natijada 
tuproqning 
potensial 
unumdorligi 
turg‘un 
oshirib 
borishga 
erishiladi. 
(Ziyomuxammedova, Boirov, 2005). 


~ 20 ~ 
Tuproqda gumus va organik moddalar qancha ko‘p bo‘lsa, mikroorganizmlarning 
faoliyati yuqori bo‘lib tuproq unumdorligi ortadi (Qo‘rbonbayev, Raimboyeva, 2005). 
To‘rsunxo‘jayev va boshqalar (1977) mineral va organik o‘g‘it solish fermentlar 
faolligini o‘zgartirishni aniqdashdilar: invertaza faolligi mineral o‘g‘itlar ta‘sirida 1,3 
baravar, ureazaniqi-1,8 
baravar oshgan
, biroq go‘ng solinganda bu fermentlar tuproqda 
ayniqsa faol bo‘lishi aniqlangan. 
Bir qancha tadqiqotchilarning fikrlaricha intensiv dexqonchilikda gumus 
balansiga organik o‘g‘itlarni ko‘llamasdan erishib bo‘lmasligi aniqlangan 
(F.A.Skryabin, 1970, D.N.Priyanishnikov, 1965, Ye.N. Jorikov, 1950, A.P.Machigin, 
1957, M.A.Belousov, 1959). 
Ko‘pgina olimlar tuproqda gumus to‘planishida o‘g‘itlarning foydali ta‘sirini, 
uglerodning o‘simlik qoldiqdari va organik modda holatida tuproqqa tushishining 
oshishi bilan bog‘liq, deb ko‘rsatmoqda (Vaynberg, 1983, Kalinovskiy, 1983, D.Orlov, 
1981, I.V.Siskovskaya, 1981.). 
Tuproq unumdorligini oshirishda azot, gumus zahiralarining sezilarli oshishida 
mineral va organik o‘g‘itlarning birgalikda qo‘llanilishining ahamiyati shundaki, ular 
gumus to‘planishi jarayonida bir-birini tuldirishi aniqlangan (G.I.Roychenko, A.M., 
Gluщuq 1981). 
Tuproq unumdorligi bevosita uning biologik aktivligiga bog‘liqdir. Organik va 
mineral o‘g‘itlar tuproq unumdorligini oshiruvchi asosiy omillardan biri bo‘lib, ular 
qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish samarasini beradi. Tuproqka organik 
o‘g‘itlar qo‘llanilganda uning mineralizasiya jarayoni va karbonat 
angidrid gazining 
ajralishi
, harakatchan shakldagi azot va kul elementlarining o‘simlik tomonidan 
o‘zlashtirilishi kuchayadi. 
Organik o‘g‘itlarni gumus xolida (chirigan xolda) tuproqqa qo‘llash, tuproq 
unumdorligining pasayishini oldini olib, uning fizik-kimyoviy xossalarini, strukturasini 
hamda suv-havo rejimiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi (7-rasm). 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin