Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

uglerod, kislorod va 
vodorod 
bo'lib, o'simlik quruq massasining 90 % ni tashkil etadi; ulardan eng asosiysi 
uglerod kislorod va vodorod bo'lib o'simlik umumiy massasining 
90%
ni tashkil etadi; 
8—9%
o'simlik massasini esa 
azot fosfor, kaliy, magniy, oltingugurt, natriy, kalsiy 
tashkil etadi. Bu o'nta element 
makro-elementlar 
deyiladi. Qolgan 1—2 % i 
bor, temir, 
mis, marganes, rux, molibden, kobalt 
va boshqalardan iboratdir. Bular o'simliklarga 
juda 
kam 
miqdorda 
(0,001—0,0001%) 
kerak 
bo'ladi. 
Shuning 
uchun
 
ularni 
mikroelementlar 
deyiladi (8-rasm). 
8-rasm.
 Mineral o’g’itlar 
O'simliklar bu elementlardan uglerod, kislorod va vodorodning ko'p qismini havo 
va suvdan olsa, qolganlarini tuproqdan oladi. O'simlik olgan elementlarining ko'pgina 
qismi tuproqqa qaytmaydi, hosil bilan olib chiqib ketiladi. Masalan, 1 tonna 
makkajo'xori 14 kg azot, 2,5 kg fosfor, 3,5 kg kaliy, 1,5 kg oltingugurtni tuproqdan o'zi 
bilan birga olib ketadi. Tuproq elementlarining ancha qismi suv bilan yuvilib ketadi va 
tuproq komponentlari bilan o'zaro ta'sirlashib o'simlik o'zlashtira olmaydigan holatga 
keladi. Natijada ekiladigan erlarda o'simlik ozuqasi taqchilligi paydo bo'ladi, tuproq 
unumdorligi kamayib ketadi. Agar ana shu yo'qotilgan elemenetlar o'rni tuproqqa o'g'it 
solish bilan to'ldirib turilmasa, hosildorlik keskin kamayib ketadi

Shuning uchun ham o'g'it ishlab chiqarishga katta e'tibor beriladi. O'g'it ishlatish 
tufayli qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligini 50-60 % gacha oshirish mumkin 
bo'ladi. Masalan, sayyoramizda olinadigan oziq-ovqatning taxminan chorak qismi, 
paxtaning esa teng "yarmi faqat o'g'itlar evaziga olinmoqda. O'g'itlar tarkibidagi oziqa 
elementlari, ayniqsa, azot, o'simliklarni mineral oziqlanishida katta rol o'ynaydi (1-
jadval). U oqsil va nuklein kislotalari tarkibiga kiradi. Azot o'simliklarda fotosintez 
jarayonini amalga oshiradigan modda — xlorofill tarkibiga ham kiradi. Qaysiki, 
o'simliklar uning yordamida anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlaydi. 
Fosfor
 
o'simliklarning nafas olishi va ko'payishida katta rol o'ynaydi. U 
o'simlikning hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan moddalar (fermentlar, vitaminlar 
va boshqalar) tarkibiga kiradi. Ayniqsa, u urug'larda uchrovchi murakkab oqsil-


~ 23 ~ 
nukleoproteidlar tarkibiga kiradi. Nasliy belgilarni saqlovchi va nasldan-naslga 
o'tkazuvchi xromosomalar nukleoproteidlardan tashkil topgan bo'ladi. Fosfor donli 
ekinlarning don miqdorining ko'p bo'lishida asosiy rol o'ynaydi. U o'simliklarni 
sovuqqa, qurg'oqchilikka chidamlligini oshiradi va asosiy moddalarni ko'payishiga 
ijobiy ta'sir qiladi. Masalan, kartoshkada kraxmalni, qand lavlagida saxarozani ortishiga 
olib keladi (9-rasm). 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin