Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

konsentrlangan
 
deyiladi. 
Yuqorida aytib o'tilgan 10 element bilan birga juda oz miqdorlarda 
(mikromiqdorlarda) B, Cu, Co, Mn, Zn, Mo, I kabi kimyoviy elementlar ham zarur. 
Ular 
mikroelementlar, 
tarkibida 
shunday 
elementlar 
bor 
o'g'itlar 
esa 
mikroo'g'itlar 
deyiladi. Hozir mikro-o'g'itlarsiz ish yuritib bo'lmaydi, chunki 
ulardan foydalanish qishloq xo'jaligida qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi. 


~ 24 ~ 
Mikroo'g'itlar o'simliklarning hosildorligini oshirish bilan bir qatorda, ularni 
kasalliklarga chidamliligini oshiradi. Mikroo'g'itlar o'simlik organizmidagi biokimyoviy 
jarayonlarni tezlashtiradi, fermentlar aktivligini oshiradi. Oqsil va nuklein kislotalar 
sintezi, vitaminlar, qand moddalari va kraxmal sintezini ko'paytiradi. Mikroo'g'itlar har 
1 ga erga 1 kg gacha solinadi. 
Agregat holatiga qarab o'g'itlar qattiq, suyuq (masalan, ammiakning suvdagi 
eritmasi va suspenziyasi) va gazsimon (masalan, karbonat angidrid) o'g'itlarga bo'linadi. 
O'g'itlar erish darajasiga qarab, suvda eruvchi va tuproq kislotalarida eruvchi o'g'itlarga 
bo'linadi. Barcha azotli va kaliyli o'g'itlar suvda eruvchi o'g'itlarga kiradi. O'simliklar 
ularni tez o'zlashtiradi. Ammo ular tez tuproq suvlarida erib, yuvilib ketadi. Tuproq 
kislotalarida eruvchi o'g'itlarga ko'pchilik fosfatlar kiradi. Ular sekinlik bilan eriydigan 
holatlarga o'tadilar, biroq, tuproqda uzoq muddat saqlanadilar. 
O'g'it solish nafaqat tuproqda o'simlik o'zlashtiradigan oziq moddalarni 
ko'paytiradi, balki uning fizik-kimyoviy va biologik xossalariga ham ta'sir etadi, 
tuproqning unumdorligini oshiradi. Solinadigan o'g'itning kislotali yoki ishqoriyligi 
tuproq muhitiga ta'sir etadi. Masalan, tuproqda sistemali ravishda (NH
4
)
2
SO
4
va
NH
4
C1 
kabi o'g'itlar solinsa, tuproq reaksiyasini kislotali qilib qo'yadi. Chunki o'simlik 
kationlarni o'zlashtiradi, natijada uning o'rniga vodorod ionlari ko'paydi (tuproq 
tarkibidagi suv hisobiga) va tuproqda erkin kislotalar (xlorid va sulfat kislotalari) 
to'planadi. Tuproqning pH i o'zgaradi. Aksincha NaNO
3
kabi o'g'itlar ko'p solinsa, 
tuproqda OH- ionlari to'planadi. Tuproq reaksiyasi ishqoriy bo'lib qoladi. Shuning 
uchun ham o'g'itlarga faqat kimyoviy jihatdangina tavsif berish yetarli emas. Ular 
fiziologik xossalari bilan ham ya'ni kation va anionlar bir xil darajada 
foydalanmasliklari bilan ham farq qilishi kerak. Mana shu belgilariga qarab o'g'itlar 
fiziologik kislotali, fiziologik ishqoriy va fiziologik neytral o'g'itlarga bo'linadi. 
Keyingisi tuproq reaksiyasini o'zgartirmaydi. 
Mineral o'g'it saqlanganda bir-biriga yopishib toshga aylanib qolmasligi kerak, 
namni o'ziga tortib olmasligi kam gidroskopik bo'lishi, tuproqqa solganda sochilib 
ketish xossasiga ega bo'lishi kerak. Shuning uchun ham qattiq o'g'itlar uch xilda: 
kukunsimon (zarrachalarning kattaligi 1 mm dan kichik), kristall (kristallarning kattaligi 
0,5mm dan katta), donador — sharcha shaklida (sharchalarning kattaligi 1 mm dan 
katta) ishlab chiqariladi. 
Keyingi yillarda o'g'itlarning tarkibidagi o'simlik o'zlashtiradigan oziqa 
elementlari tuproqqa erib o'tish tezligini to'g'rilash, ya'ni uzoq vaqt mobaynida ozuqa 
elementlarini bir me'yorda tuproqqa o'tib turishini ta'minlash hamda uni ta'sir samarasini 
oshirish muammosiga katta e'tibor berilmoqda. Masalan, 1985- yildan boshlab 
Rossiyada yangi tur konsentrlangan o'g'it Rost-1 ishlab chiqarilmoqda. Uning tarkibi 
azot, fosfor, kaliy, magniy (1:1:1:0,1) nisbatda makro- va bor, rux, molibden, mis 
mikroelementlaridan iboratdir. 
Shuningdek
, Stimul-1 ishlab chiqarilmoqda. Bu xlorsiz 
kompleks o'g'it bo'lib, tarkibida N, P, K, Mg (1:1:1:0,1) nisbatda makro- va bor, mis, 
marganes, rux, molibden, mikroelementlarini saqlaydi. 
Kelajakda istiqbolli yuqori konsentratsiyali kompleks o'g'itlardan yana biri 
triamidfosforil-fosfortriamid oksididir. PO(NH
2
)

(44,l% N
2
, 74,06% P
2
O
5
) diamido — 
va monoamidofosfatlari orqali ammoniy ortofosfat gidrolizlanganligi uchun ham uzoq 
muddatda va sekinlik bilan ta'sir etadi. Har qanday suvda eruvchi moddani tuproq 


~ 25 ~ 
eritmasiga sekinlik bilan o'tishini ta'minlash o'g'it dokachalari sirtini yuqori molekular 
moddalar bilan qoplash orqali amalga oshirilishi mumkjn. O'g'itlarni kapsulalash ishlari 
yaxshi natijalar bermoqda. Bunda suvda yaxshi eruvchi o'g'it donachalari, ustidan suvda 
sekin eruvchi o'g'it bilan qoplanadi, qoplama qavatning qalinligi, g'ovakliligiga qarab 
o'g'itning tuproq eritmasiga o'tish tezligi har xil bo'ladi. 
Keyingi yillarda N
2
:P
2
O
5
:K
2
O- 10:34:10 markali suyuq kompleksli o'g'itlar 
(SKO') olish tez rivojlandi. Tuproqning ichki qavatidagi oziq moddalarni yomg'ir va 
sug'orish suvlarida yuvilib ketmasligi uchun uzoq muddatda, sekin-asta ta'sir etuvchi 
fosfatli o‘g'itlardan — superfos, azotli o'g'itlardan-ureoform yoki mochivi-
noformaldegidli o'g'itlar (MFO‘), shuningdek, mochivinoformaldegidli birikmalar 
hamda ammofos asosidagi polimer o'g'itlar sanoat miqyosida ishlab chiqarila 
boshlanadi: 
Ammoniy polifosfat — (NH
4
)nH
2
PnO
3
n+l 
Karbamid polifosfat - [CO(NH
4
)
2
HPO
3

Kaliy polifosfat - (KPO
3
)n 
Kalsiy polifosfat - Ca(PO
3
)n va boshqa fosfatlar olish istiqbollidir (10-rasm). 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin