~ 37 ~
Kimyoviy tarkibi.
Meva tarkibida 3-7%
efir moyi, 14- 22% yog‗, 20-23% oqsil
moddalar, flavonoidlar (kversetin va kemferol) hamda oshlovchi moddalar bo‗ladi.
Meva tarkibidagi efir moyining miqdori 2% dan kam bo‗lmasligi lozim.
Efir moyi
maydalangan mevadan suv bug‗i yordamida haydab olinadi.
Qora ziraning efir moyi sarg‗ish suyuqlik bo‗lib, zichligi 0,905-0,915; refraksiya
soni 1,4840-1,4890. Moy tarkibida 50-60% karvon, 40-50% limonen, 40-70%
karvakrol, digidrokarvon va digidrokarveol birikmalari bo‗ladi.
Ishlatilishi
.
Qora zira mevasining preparati
ichak atoniyasini davolashda, og‗riq
qoldiruvchi hamda ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun, mevasi ba‘zan boshqa dorivor
o‗simliklar bilan birga siydik va
yel haydovchi vosita sifatida, shuningdek, me‘da
kasalliklarida, meva suvi esa ichak sanchishida (ayniqsa, bolalarda), tish og‗rig‗ida va
miozitda ishlatiladi (badanning yallig‗langan joyiga surtiladi).
Qora zira mevasi oziq-
ovqat, parfyumeriya sanoati va boshqalarda ham katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: