Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

O’stirish texnologiyasi.
Tirnoqgul o‗q ildizli bo‗lib, u 40 sm ga yetadi, tuproqning 
5-25 sm li qavatida yotiq tarzda yaxshi tarmoqlangan. U unumdor tuproqni yoqtiradi. 
O‗simlikni yaxshi rivojlantirish uchun fosforli va azotli o‗g‗itlar solish lozim. Kuzda er 
haydash oldidan har gektar erga 30-40 tonnadan go‗ng va 60 kg fosforli o‗g‗itlar 
solinadi. Begona o‗tlardan xoli bo‗lgan unumdor tuproqlarda tirnoqgul ekinzorini 2-3 


~ 36 ~ 
yil saqlash mumkin. Bunda qayta ekish talab etilmaydi, har yili urug‗ to'kilishidan unib 
chiqib, qish va bahorda ko‗plab o‗sib yotadigan ko‗chatlardan foydalaniladi. 
Tirnoqgul kech kuzda, oktabr oxirida ekiladi. Urug‗ 2-3 sm chuqurga qadaladi. 
Gektariga 10-12 kg dan urug‗ ekiladi, qator oralari 60 sm. Urug1 uskuna yordamida 
ekiladi. Aprelda maysalar hosil bo‗ladi. har tup ko‗chatda 3-4 ta barg chiqqanida egat 
olinadi. Iliq kuz cho‗zilib ketganida urug‗laming bir qismi ko‗karadi va 
to‗pbarg tarzida qishni o‗tadi, ko‗pincha uni sovuq urmaydi, qishdan chiqqan ko‗chatlar 
35-40 kunda aprel oxiri may oyining boshlarida gullaydi.
Sug‗oriladigan bo‗z tuproqlarda namgarchilik ko‗p boisa qatqaloq hosil bo‗ladi. 
Bu esa ekinning siyraklashuviga olib keladi. Agar urug‗ ekilayotganda 1:3 nisbatda 
chirigan go‗ng aralashtirilsa, qatqaloq hosil bo‘lmaydi. Qatqaloqni buzish uchun 
aylanma motiga, mayda mola, ignali g‗altaklar qo‘llaniladi. Nihollar paydo bo‗lganda 
qatqaloq ignali g‗altak yordamida ko‗chiriladi, chunki unda nihollar zararlanmaydi. 
Parvarish dastlabki ko‗chat hosil bo‗lishi bilanoq boshlanadi. Tirnoqgul o‗toq va 
yagana ham qilinib, qator oralari 15-20 sm masofada har bir uyada 1-2 ta dan o‗simlik 
qoldiriladi. Qatordagi begona o‗tlar motiga yoki ketmon yordamida tozalab 
tashlanadi, qator oralarida esa traktorli kultivator qo‘llaniladi. 
Mavsum davomida tirnoqgul ekinzori 8-10 marta sug‗oriladi. Har bir sug‗orishdan 
keyin qator oralari yumshatiladi. Begona o‗tlar yo‗qotiladi. O‗simlik yaxshi rivojlanib 
shox-shabbalari baland bo‗lishi, to‗pgullardan yuqori hosil yetishtirish uchun 
gektariga 50 kg hisobida ikki marta azotli o‗g‗itlar beriladi: birinchi o‗g‗itlash maysa 
hosil bo‘lganidan 15 kun keyin, ikkinchisi gullashning boshlanishida o‗tkaziladi. 
Xo‗jaliklarda maxsus urug‗chilik ekinzorlari barpo etilganida tekis, suv ta‘minoti 
yaxshi va hosildor tuproqli alohida er ajratiladi. Vegetatsiya davomida uning guli 4-5 
marta terib olinadi. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin