Nazorat savollari 1.Tirnoqgul o‗simligining
biologik tasnifi?
2.Tirnoqgul o‗simligi necha marta sug‗oriladi?
3.Tirnoqgul o‗simligini tibbiyotda qaysi kasalliklarai davolashda ishlatiladi?
4.
Qora ziraning biologik tasnifi?
5. Qora ziraning kimyoviy tarkibi qanday?
6. Qora ziraning o‗stirish texnologiyasini gapirib bering?
7. Qora ziraning o ‗g‗itlash va sug‗orish tizimi nimalardan iborat?
8. Qora ziraning tibbiyotda ishlatilishi?
8-amaliy mashg’ulot Mavzu: Ko’p yillik dorivor o‘simlikar (valeriana, arslonquyruq, tog’ rayxon, dalachoy) va ularni dala sharoitida ekish chuqurligi, meyori va urug’ unuvchanligini o’rganish Mashg'ulotning maqsadi: talabalar dars davomida bir yillik dorivor o‗simliklar
va ularning agrotexnikasi bilan (valeriana, arslonquyruq, tog‘ rayxon, dalachoy
misolida) tanishish.
Zarur narsalar: yuqorida keltirilgan dorivor o'simliklarga doir gerbariylarr,
plakatlar, urug‘lari, xomashyo namunalari.
Nazariy tushuncha Tog'rayxon -
Origanum vulgare - yasnotkadoshlar (Lamiaceae) oilasiga
mansub ko‗p yillik o‗tsimon o'simlik. Poyalari 60 sm gacha balandlikda, mayin tukli.
Ildiz poyasi sertarmoq o‗rmalovchi, tuproqning 0,5 sm dan to 8 sm gacha bo‗lgan
qismida joylashadi. Yaproqlari cho‗zinchoq yoki cho‗zinchoq tuxumsimon,
chekkalari mavhum ko‗ngurali, bandli. Uzunligi 2-4, kengligi 1-2,5 sm. Gullari pushti
rangda, mayda boshoqqa yig'ilgan bo‗lib, ro‘vaksimon to‗pgullar hosil qiladi, bir va ikki
jinsli. Mevasi 4 ta tuxumsimon, tumtoq- uchburchaksimon, jigarrang, tuksiz 0,5 mm
uzunlikda, tushib ketmaydigan kosachaga joylashgan.
Tog'rayxon yevropada, Kavkaz, Janubiy Sibir, va 0 ‗rta Osiyo
tog‗larida tarqalgan. 0 ‗rmon dasht mintaqasidagi quruq o‗zanlarda, qayir va o‗rmon
o‗tloqlarida, siyrak ignabargli va yaproqli o‗rmonlarda, o‗rmon etagida, butazorlarda
o‗sadi, tog‗larda, asosan o‗rmon mintaqasida uchraydi.
~ 39 ~
Ishlatilishi . Ilmiy
tibbiyotda
uning
qiyg‗os
gullagan
davrida
o‗rib olingan er ustki qismi oshqozon-ichak kasalliklarida va balg‗am ko‗chiruvchi
vosita sifatida ishlatiladi. U yurak kasalliklarida, terlatuvchi va shamollashga qarshi,
shuningdek,
tomoqchayishda
ishlatiladigan
vositalar
turkumiga
kiradi.
tog‗rayxonning suyuq shirasidan ham foydalanishga ruxsat etilgan. Ushbu o‗simlik
xalq tabobatida keng ko‗lamda ishlatiladi.