~ 34 ~
Tukli erva ekinzorlari mavsum davomida 9-10 marta (may - avgust 2 tadan,
setabr -1, oktabr -1(0) sug‗oriladi. Har 2-3 sug‗orilgandan keyin kultivatsiya o‗tkaziladi,
qatorlar ketmon yordamida o‗toq va yagona qilinadi, bir- biridan 10 sm oraliqda har bir
uyada 12 tadan o‗simlik qoldiriladi. Ervani vegetatsiya davomida o‗suv, shonalash
va gullash davrlarida o‗g‗itlash yaxshi natija beradi. O‗rtacha gektariga 110-120 kg
azot, 80-85 kg fosfor va 60-65 kg kaliy o‗g‗iti berish maqsadga muvofiq bo‗ladi.
O‗simlikning er ustki qismi qiyg‗os gullash, urug‘ pishish davrida o‗roq o‗rish
uskunalari, silos yig‗gich agregatlari yordamida yig‗ib olinadi. Yig‗ilgan xomashyo ho‗l
holatda 1- 1,5 sm uzunlikda qirqiladi. Yog‗ochga aylana boshlagan poya va novdalari
quriganida ancha qattiq bo‗ladi. Maydalab qirqilgan xomashyo shiyponda 3-4 sm
qalinlikda yoyiladi, bir tekis ko‗rishi uchun vaqti-vaqti bilan ag‗darilib turiladi. Qurigan
xomashyo ichiga oq qog‗oz to‗shalgan faner qutilarga joylashtirilib uni saqlash
sharoitlari va muddatini bildiruvchi yorliq yopishtiriladi.
Tukli erva o‗simligining urug‗i qiyg‗os pishgan davrida, ya‘ni noyabr oyining
boshlarida o‗riladi, xomashyo xirmoniga olib boriladi, brezent ustiga yoyib, bir-ikki
hafta quritiladi va yanchiladi. Tozalangan urug‗lar bo‗z qopchalarga joylanib, ustiga
yorliq yopishtiriladi. Urug‗lami boshoqdan ajratib olishda elektr kofe tuygich yoki
elektr go‗sht maydalagich uskunalaridan foydalanish mumkin. Urug‗larni saqlash
muddati va sharoitlari belgilanmagan. Tukli erva xomashyosi poya qismlaridan, yaproq
ildiz, boshoq va urug‗lardan iborat. Rangi kulrang, hidsiz, ta‘mi mavhum. Tukli ervani
agrotexnikasiga rioya qilinib parvarish qilinsa, gektariga o‗rtacha 2 tonna xomashyo va
100-120 kg urug‗ olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: