Fanidan Amaliy mashg’ulotlar


Tuproq xossalariga organik o’g’itlar qo’llashning ta’siri



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Tuproq xossalariga organik o’g’itlar qo’llashning ta’siri.
 
Dehqonchilikning eng 
asosiy vazifalaridan biri mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va tuproq 
unumdorligini oshirishdir. Bu vazifalarni amalga oshirish bevosita tuproqda organik va 
mineral o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llash bilan bog‘liqdir.
Organik o‘g‘itlardan go‘ng va maliy jihatdan eng muhim hisoblanadi. Chunki 
uning tarkibida o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishi uchun zarur bo‘ladigan barcha 
oziq elementlari: N, P, K, Ca, S, Mg, va boshqa elementlar bo‘lib, bundan tashqari 
go‘ngning organik moddalari ta‘sirida tuproqning suv-fizik hossalari (suv 
o‘tkazuvchanligi, nam sig‘imi, hajm massasi) va biologik aktivligi yaxshilanadi. 
Uning 
tarkibida N
,P,K dan tashqari uglerod bo‘lgani uchun ham qimmatli organik o‘g‘it 
hisoblanadi.
Tuproqqa organik o‘g‘itlar qo‘llanilganda organik o‘g‘itlar ta‘sirida tuproqni 
agrokimyoviy, biologik fizik — suv, mikrobiologik va boshqa hususiyatlari 
yaxshilanadi. Organik o‘g‘itlar bilan birga tuproqda asosan organik moddalar, ko‘p 
miqdorda makro va mikrounsurlar, shuningdek juda ko‘p miqdorda mikroorganizmlar 
(mikroflora) qo‘shiladi. Organik moddalar tuproqda kechadigan gumifikasiya 
jarayonida oziqdanish tartibini saqlaydi. mikrobiologik va biokimyoviy jarayonlar 
sonini, yunalishini, jadalligini oshiradi. Buning natijasida tuproqda fosforni kimyoviy 
birikishi pasayadi, azotni biologik singdirilishi ortadi. Organik o‘g‘itlar ta‘sirida 
tuproqda ular tarkibidagi chirindi moddalari ortadi, g‘o‘zani ularga bo‘lgan talabi 
ta‘minlanadi, shuningdek o‘simlik to‘qimalarini singdirishi va modda almashuvi ortadi. 
Organik moddalarni parchalanishidan tuproqqa og‘ir singadigan birikmalarni 
erivchan holatga keltiradigan karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. Bunda tuproq usti 
havosi karbonat angidrid bilan boyib, bu o‘simlikda kechadigan fotosintez jarayonini 
aktivlashtiradi. Tuproqda go‘ng bilan birga juda ko‘p miqdorda mikroorganizmlar 
tushib, ular tuproqdagi oziq elementlarni o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilishini 
tezlashtiradi, ya‘ni o‘simlikning mineral oziqlanishini kuchaytiradi. Shunga ko‘ra 
birgalikda ishlatish tavsiya etiladi. 
Fiziolog va agrokimyogar olimlar tomonidan olib borilayotgan kuzatishlarida 
aniqlanishicha tuproqdagi oziq. elementlarning bir qismi, ya‘ni 5 % chasi organik 
birikmalar holatida o‘zlashtiriladi. Ular hujayralarning, ionlar uchun kirishni oshiradi va 
o‘simlikning oziqlanishini kuchaytiradi. Shunga ko‘ra go‘ng va boshqa organik 
o‘g‘itlarga 
faqat oziq manba sifatida emas
, balki o‘simlikning oziqlanishini 
rag‘batlantiruvchi vosita deb ham qarash kerak. 
Respublikamizda uzoq muddatli statsionar tajribalarda organik o‘g‘itlarni 
sistemali ravishda qo‘llash tufayli to‘plangan katta amaliy va nazariy ishlar shundan 
dalolat beradiki, tuproq, unumdorligini oshirish, gumus zahirasini boyitishda organik 
o‘g‘itlarning roli beqiyos katta ekanligi va uning g‘o‘za hosildorligiga ijobiy ta‘sirini 
I.Ziyomuhammedov, S.Rijov (1975), Z.To‘rsunxo‘jayev, M. Sorokin, M. Tropkina 
(1977), F.Xoshimov, I.Sulaymonov, B.Sattarov(1990) R.O.Oripov, A.Buriyev; 2006, 
Sh.T.Xoliqulov, T.Q.Ortiqovlar o‘tkazgan tajribalardan ham bilsa bo‘ladi. 


~ 19 ~ 
Tuproqlarga mineral o‘g‘itlarni emas balki organik o‘g‘itlarni solishni qanchalik 
kuchaytirsak tuproqlar shuncha yaxshilanadi va hosil ko‘payadi. Eng avvalo tuproqni 
meliorativ va ekologik holatini yaxshilash zarur undan keyin ularga organik o‘g‘itlarni 
berish kerak. Shu bilan birga organik o‘g‘itlar zahirasini ko‘paytirish muammosini 
yechish uchun o‘simliq chorva mollari qishloq tuman, shahar chiqindilaridan 
kompostlar tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega (J.Sattarov, 
1995). 
Tuproq unumdorligini oshirish uchun mineral va organik o‘g‘itlarni birgalikda 
qo‘llash katta ahamiyatga ega. O‘zbekistonda 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin