Vegetativ kо’paytirish Tog‘ jambilni vegetativ ko‘paytirishda qalamchadan yoki ona
o‘simlikdan tuplarga ajratib olingan yosh o‘simlik kuzda (oktabr) ekiladi. O‘simlikni
ko‘chatdan ko‘paytirishning qulay muddati oktabr-noyabr oyi hisoblanib, bu vaqtda
ekilgan ko‘chatlar erta bahorda – fevralning oxiri, mart oyining boshlarida jadal o‘sadi.
Ekilgan maysalar ko‘karuvchanligi ikkala turda ham yuqori bo‘lib, 80-90 % ni va
saqlanish ko‘rsatkichi 75-80 % ni tashkil etadi.
Tabiatda o‘simliklar qalamchasini oson yoki qiyinchilik bilan ildiz hosil qilishi
birinchi navbatda o‘simlikning kelib chiqishiga bog‘liq. Oson ildiz hosil qiladigan
o‘simliklar yog‘in miqdori yuqori bo‘lgan subtropik mintaqaga mansub bo‘lsa, qiyin ildiz
hosil qiladigan o‘simliklar kelib chiqishiga ko‘ra quruq iqlimli mintaqaga mansub.
Tog‘ jambilning qalamchalari ekiladigan maydonchani ekishga tayyorlab olish uchun
kul, qum, unumdor tuproq va mahalliy o‘g‘it aralashtirib erga solindi. Qalamchalar
o‘simlikning novdalaridan uzunligi 4-6 sm qilib tayyorlandi va ekiladigan maydonchaga
o‘tqazildi. Qalamchalar tuproqqa 3-4 sm gacha chuqurlikda, oralig‘i 5-6 sm kenglikda
qilib ko‘miladi. Qalamchalarni ikkinchi yili doimiy joyiga ko‘chirdik. Ko‘chatlarni
ko‘chirishni erta bahorda, fevral oxiri-mart oyining boshida amalga oshiriladi.
Ko‘chatlarning yuqori darajada tutib ketishi maxsus agrotexnik qoidalarga rioya
etishimizga bog‘liqdir. Ko‘chatlarni ko‘chirib o‘tkazish murakkab jarayon bo‘lib, uni
kovlab olayotganda ildiz sistemasining zararlanishi mumkin. Shuning uchun
kovlayotganda ildizni ehtiyotlash va qurib qolishdan saqlash kerak. Tog‘ jambilining
vegetativ ko‘paytirishda, uni bir necha tuplarga bo‘lib yoki vegetativ novlalaridan ham
foydalaniladi. Vegetativ novdasidan foydalanishda o‘simlikning yoshiga e‘tibor qaratish
kerak. Chunki, vegetativ novda hosil qilishi yoshiga qarab o‘zgarib boradi. Masalan, tog‘
jambil 1 yoshli, 2 yoshli va 3 yoshli o‘simliklarini tuplarga ajratiladi va 2-3 yoshli
o‘simliklardan 45-60 tagacha, 1 yoshli o‘simliklardan esa 2-5 tagacha yangi o‘simlik
ajratib olish mumkin.
Tog’ jambilning yoshiga ko’ra tuplarga ajratib ko’paytirish