~ 61 ~
Dala sharoitida tog‘ jambil ning urug‘lari mart oyining oxirgi dekadasida ekildi. 0,5-1
sm chuqurlikda. ekilgan urug‘lar 8-kundan keyin er yuziga o‘sib chiqa boshlaydi. Bu
paytda nozikkina urug‘pallabarglarning bo‘yi 1 mm, eni 1,1 mm ni tashkil etadi.
Urug‘larning unishi er ustki ekanligi aniqlangan.
Urug‘ unib chiqqandan 4-6 kun o‘tib maysalarda chinbarg hosil bo‘la boshladi. 10-12
kunlik maysalarda 2-juft barglar shakllanib bo‘ldi. 1 oylik maysalarda 12-15 juftdan barg
va I-tartibli novdalar hosil bo‘ldi. Bu paytda maysalarning bo‘yi 4-6 sm ga yetdi.
Urug‘pallabarglar 35-40 kundan so‘ng tushib ketdi. 2 oylik nihollarda 20-30 juftdan barg
va II tartibli novdalar hosil bo‘ldi. Iyul-avgust oylarida o‘simlikda o‘sish kuzatilmadi.
Maysalar avgust oyining uchinchi o‘n kunligidan o‘sa boshladi. Vegetatsiya oxirida
asosiy poyaning bo‘yi 34,1 sm, I tartibli novdalar uzunligi 12,7 sm, II tartibli novdalar
uzunligi 4,9 sm ga yetdi. Mart oyida urug‘idan ekilgan nihollar keyingi yili aprel oyining
ikkinchi o‘n kunligidan gulga kirdi. Generativ davrida o‘simlikning balandligi 60-55 sm
bo‘ldi.
Shunday qilib, tog‘ jambil ni ekib, ko‘paytirish orqali dorivor o‘simliklar sonini
oshirishga erishish ularning shifobaxshlik xususiyatlaridan
xalq tabobatida foydala-
nishning istiqbolini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: